Markazdan qochma nasos turlari




Download 2,81 Mb.
bet21/22
Sana19.02.2024
Hajmi2,81 Mb.
#158609
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2..Suyuqlik va gazlarni uzatish
Samarqan agroinnovatsiyalar va Tadqiqotlar Instituti
Markazdan qochma nasos turlari.Ish g`ildiragining charxiga qarab markazdan qochma nasoslar 5 guruhga bo`linadi.

Guruh

D1/D2

nS

Sekin yurar

2,5

40. . .80

O`rtacha tezlikli

2

80. . .150

Tez yurar

1,4

150. . .300

Yarim o`qli

1,1

300. . .600

O`qli

0,8

600. . .1200

Bir xil 2, 2, burchaklar va , g koeffistientlarga ega nasoslarning asosiy xarakateristiasini tez yurarlik kriteriysi ns ifodalaydi.


Tez yurish kriteriysi etalon nasosning aylanish chastotasi bo`lib, f.i.k. o`zaro teng bo`lib, 0,736 kVt quvvat bilan 1 m suv ust. teng bosim hosil qiladi.
Ishchi g`ildiragi D va DS diametrli 2 ta o`zaro mos bo`lgan, hamda aylanishlar chastotasi mos ravishda n va ns bo`lgan nasoslarni tekshirib ko`ramiz. Ularning bosimlari N va Ns , unumdorligi V va Vs bo`lsa, quvvatlar N va NS = 0,736 kVt bo`ladi.
(2.89) tenglamadan naporni aniqlash uchun (2.93) tenglamaga murojaat etsak:



(2.91) tenglamadan unumdorlikni aniqlash uchun (2.94) dan foydalanamiz:



Quvvatni nisbatini aniqlash uchun (2.95)ga ga murojaat qilsak:





Bu tenglamalardan HS = 1 m va NS = 0,736 kVt ni xisobga olib:




(2.99)

(2.99) tenglamadan ko`rinadiki, aniq aylanishlar chastotasida tez yurarlik koeffistienti unumdorlik yaxshilanishiga to`g`ri proporstional, naporga teskari proporstional. Shu sabab, sekin yurar nasoslar unumdorligi past bo`lib, bosimni yuqori qiymatga ko`tarishga xizmat qilsa, tez yurarlar esa, kichik bosim bilan katta unumdorlikni ta’minlab beradi.


Markazdan qochma nasoslarning afzalligi shundan iboratki, suyuqlik bir tekis uzatiladi, kichik o`lchamli, tez yurar, klapanlari yo`qligi, rostlash osonligi, plastmassadan tayyorlash va engil poydevor asosga o`rnatish mumkin.
Kamchiliklariga esa quyidagilar kiradi: bosim, unumdorlik va foydali ish koeffistienti, nasosning ish rejimiga bog`liq, suyuqlik qovushoqligi va napor ortishi bilan foydali ish koeffistienti kamayadi; past unumdorlida nasoslarning foydali ish koeffistienti kichik bo`ladi.
Bu turdagi nasoslar katta unumdorlik va kichik bosim kerak bo`lganda ishlatiladi.



Download 2,81 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 2,81 Mb.