Markazdan qochma nasoslarni rostlash. Rostlash, masalan, nasos uzatishini o`zgartirishdan iborat bo`ladi. Bunga erishish uchun yoki tarmoq xarakteristikasi, yoki nasos xarakteristikasi o`zgartiriladi.
Tarmoq xarakteristikasini esa uzatish quvuridagi lo`kidonni ochish yoki yopish bilan o`zgartirish mumkin. So`rish quvuridagi uzatishni rostlash odatda nasos ishini uzilishiga olib keladi.
Nasos xarakteristikasini o`zgartirish uchun ishchi g`ildirak sonini oshirish yoki kurakchalarni burilish burchaklari 1 va 2 larni o`zgartirish bilan amalga oshirish mumkin. Burchakni o`zgartirganda nasos unumdorligini katta qiymatga oshirishga erishsa bo`ladi.
Proporstionallik qonuni. Markazdan qochma nasoslarning napori va unumdorligi nasos ishchi g`ildiragining aylanish chastotasi (soni)ga bog`liq bo`ladi. (2.89) tenglamaga muvofiq nasos napori aylanma tezlik kvadratiga bog`liq, ya’ni N c2u2.
Agar aylanishlar soni n1 da napor N1 bo`lsa, n2 N2 bo`ladi deb xulosa qilsak, unda:
, ya’ni (2.93)
(2.91) tenglamadan esa, nasos unumdorligi suyuqlik g`ildiragidan ajralishdagi absolyut tezligini radial tashkil etuvchisiga proporstional, ya’ni VCr2
(2.94)
Nasos talab etadigan quvvat esa, unumdorlik va naporning ko`paytmasiga proporstional (2.89) va (2.91) tenglamalarga binoan quyidagi ko`rinishni hosil qilamiz:
(2.95)
(2.93) - (2.95) tenglamalar proporstionallik qonuni tenglamalari deyiladi. Biroq bu tenglamalarni tahminiy hisoblar uchun ishlatish mumkin. Aniq hisoblar uchun esa, nasos ish g`ildiragini aylanishlar chastotasi bilan foydali ish koeffistienti inobatga olinishi kerak. Shuni qayd etib o`tish kerakki, proporstionallik qonunlari, aylanishlar soni bir-biridan 2 barobardan ortiq farq qilgandagina qo`llash mumkin.
|