|
Labaratoriya ishini bajarish tartibi
|
bet | 15/16 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #104902 |
Bog'liq Diplam ish XolmirzayevaLabaratoriya ishini bajarish tartibi: Kuydirish.Keldal kolbasiga
konsentrlangan sulfat va nitrat kislota aralashmasidan 20-25 ml quyiladi
(reaktiv 1). So‘ng mo‘rili shkafga qo‘yilib, aralashma kuydiriladi.
70
Kolbadan qora tutun chiqa boshlashi azot oksidining ajralib chiqishidan
dalolat beradi. Bunda kolba qattiq qaynamasligi uchun asbest to‘ridan
foydalanish kerak. Kolbani qattiq qaynatmaslik zarur. Unga vaqti-vaqti
bilan 1-1,5 ml dan konsentrlangan nitrat kislota (reaktiv II) quyib turiladi.
Agar kuydirish vaqtida faqat sulfat kislota bo‘lsa, fosforli o‘g‘itning usti
qorayib, kuydirish muddati sekinlashadi. Har safar nitrat kislota quyishda
kolba biroz sovitiladi. Kolbadagi eritma rangsizlangach kuydirish
nihoyasiga etgan bo‘ladi. SHundan so‘ng kolbadagi aralashma sovitiladi,
ustiga 100 ml distillangan suv quyib qaynatiladi. Bu vaqtda eritmada
qolgan nitrat kislota havoga uchib ketadi. Eritma qaynagandan so‘ng
filtrlanadi. Filtrlanganda eritmadagi silikat kislota, gips, qum va boshqa
elementlar tozalanadi. Kolba tagida qolgan cho‘kma esa qaynoq
distillangan suv bilan bir necha marta yuviladi. Hosil bo‘lgan eritmaning
hammasi 250 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi va kolbaning belgisigacha
distillangan suv quyiladi. Eritmani aralashtirib, uning yarmisidan kaliyni
aniqlashda foydalanish mumkin.
Eritmani analiz qilishdan oldin 10 marta suyultirish kerak, buning
uchun tayyorlangan aralashmadan 25 ml olib, 250 ml li o‘lchov kolbasiga 167
solinadi va kolbaning belgisigacha distillangan suv quyiladi. Tayyorlangan
bu eritma kalorimetr yordamida aniqlanadi. Buning uchun yuqorida
tayyorlangan eritmadan 20 ml olib, 50 yoki 100 ml li o‘lchov kolbasiga
solinadi.
71
Uning ustiga 2 ml molibden reaktivi va 8-10 tomchi qalay
eritmasidan qo‘shib kalorimetrlanadi.
Kalorimetrlashda to‘lqin uzunligi 740 nm, qizil yorug‘lik filtridan
foydalaniladi. Kolorimetrning sezgirlik darajasi 3 ga teng bo‘lishi lozim.
|
| |