|
X = A · K ·0,0014 ·100 ·100 / t - (100 - n)
|
bet | 14/16 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #104902 |
Bog'liq Diplam ish XolmirzayevaX = A · K ·0,0014 ·100 ·100 / t - (100 - n); bu yerda:
X - azotning miqdori, %; A - titrlash uchun sarflangan 0,1 n ishqor, ml; K
-0,1 ishqorniig titriga tuzatish koeffistienta; 0,0014 - 1 ml 0,1 ishqorga mos
keladigan azot, g, 100 - natijani % da ifodalash soni; 100/100-n - namlik
uchun tuzatish (n-o’g’itdagi namlik, %).
Bu usulda asosan ammoniy shakldagi azot miqdori aniqlanadi.
Ammiakli selitra tarkibidagi azotni aniqlash uchun hisoblab topilgan
raqamlar 2 ga ko’paytiriladi, chunki bu o’g’it tarkibida ammoniy shakldagi
azotga tent miqdorda nirat shakldagi azot mavjuddir.
Fosforli o’gitlar tarkibidagi fosfor miqdorini aniqlash
Ishning maqsadi:Fosforli o‘g‘it namunasini quruq yoki ho‘l usulda
kuydirib, uning tarkibidagi umumiy fosforni kalorimetrik yoki hajmiy
usullarda aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar, jihoz va reaktivlar: Analitik va
texnik tarozi toshlari bilan, fosforli o‘g‘it, alyuminiy yoki shisha
stakanchalar, termostat, eksikator, K’eldal kolbasi, asbest to‘r, konussimon
kolbalar, o‘lchov kolbasi (100-250 ml li), pipetka, menzurka, suv
hammomi, sulfat va nitrat kislota aralashmasi (1:1 nisbatda), sof nitrat
69
kislota (solish. og‘ir. 1,41), molibden reaktivi MoO3, qalay eritmasi,
distillangan suv, salitsil kislota eritmasi, kaliy sulfat eritmasi,
konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning nazariy asoslari: Fosforli o‘g‘it namunasini analizga
tayyorlash.Buning uchun oldindan yaxshilab aralashtirilgan va
maydalangan fosforli o‘g‘it olinadi. Agar fosforli o‘g‘it quruq bo‘lmasa,
uning namligi aniqlanadi. 166
Fosforli o‘g‘it tarkibidagi namlikni aniqlash.Buning uchun tarozida
3-5 g fosforli o‘g‘it tortib olinib, alyuminiy yoki shisha stakanchaga
solinadi va termostatda 100-105oC temperaturada 3-4 soat davomida
massasi o‘zgarmaguncha quritilib tortiladi. Namlikni quyidagi formula
yordamida hisoblanadi: U= (a-b) ∙ 100/a
Bunda:
a- fosforli o‘g‘itning qurimasdan oldingi massasi, g hisobida; bfosforli o‘g‘itning qurigandan keyingi massasi, g hisobida; 100- protsentga
aylantirish koeffitsienti.
Quruq fosforli o‘g‘itdan 5 g olib toza, quruq probirkaga solinadi va
tarozida tortiladi, so‘ng 500 ml li Keldal kolbasiga solinadi. Probirkani
qaytadan tortib, fosforli o‘g‘itning aniq massasi aniqlanadi.
|
| |