|
Kimyo texnologiya
|
bet | 2/16 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #104902 |
Bog'liq Diplam ish Xolmirzayeva27
2.1
|
Fasfor xossalari va tozalosh usullari amiakli sil;itra va undan tozalash texnalogiyasi……………………………………………
|
36
|
2.2
|
Oltingugurt xossalari va uni amiakli silitradan ajiratish texnalogiyasi……………………………………………………..
|
49
|
2.3
|
Umumiy taxlillarni amiakli silitrani aniq tadbiq qilgan holda qo’shimchalardan foydalanish…………………………………...
|
56
|
2.4
|
Fosforli va oltingugurtli o’g’itlar ishlab chiqarish texnologiyasi……………………………………………………..
|
61
|
III-BOB
|
Tajribalar o’tkazish va uni mohiyati……...…………………..
|
66
|
3.1
|
Xulosa……………………………………………………………
|
74
|
|
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati……………………………..
|
75
|
|
Ilovalar…...……………………………………………………...
|
76
|
Kirish
Azotli o’g’itlar qatoriga kiradigan ammoniyli silitra xossalari ular bilan bir qatorda qo’shimchalarini umumiy taxlil qilib chiqamiz. Tarkibida azot bo’lgan va o’simlikning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qo’llaniladigan organik xamda anarganik moddalar, o’simliklarni azot bilan oziqlanish manbai. 1941 – yilda amiak xavodagi azot va vodorodan sintezlash sanoat miqiyosida o’zlashtirilganidan keyin kimyo sanoatida ishlab chiqildi. O’zbekistonda birinchi bo’lib Chirchiq elektr kimyo kambinati ishlab chiqara boshladi. Xusan men bu borada azotli o’g’it ishlab chiqarishda “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ kanpanyasiga borib o’z tajribalarimni taxlil qildim va bu kanpanya xaqida ozmi ko’pmi tarixi bilan xam tanishdim. Respublikamizda dexqon va fermer xo’jaliklari shaxsiy tarmoqqa ega va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlariga o’simliklarni ximoya qilish vositalarini va o’g’itlari yetkazib berish xamda ularni qo’llash bo’yicha amaliy maxsulotlar berish faolyati bilan shug’illanib kelmoqda. O’zbekistonning eng yetakchi agro kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo’lmish “ IFODA Agro Kimyo Himoya “ mchj o’tgan davr mobaynida shiddatli rivojlanishdan bir zum to’xtamaganiga etbor berdim. Shu zayilda men xam tajribalarimdi shu yerdagi insonlar bilan birgalikda davom etirgim keldi. Eng kerakli materiallar bilan tanishib chiqdim va bu bituruv malakaviy ishimda eng muhim qisim amiakli silitra olish bo’yicha va undagi qo’shimchalar Fosfor va Oltingugurtni qanday qilib qo’shimcha sifatida kiritish va tozalash xaqida chuqur o’qib o’rgandim. Bituruv malaka ishimdi azotli o’g’itlar va ulardan olinadigan silitralarga qaratdim, qattiq va suyuq o’g’itlariga.
I-BOB Azotli organik birikmalarni olish amiakli silitra bilan va ulardi o’simliklarda o’zlashtirilishi
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguncha davr ichida faqatgina Chili selitrasi - NaN03 qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan. Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o‘g‘itlaming asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari - fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH4NO3), nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid - (NH2)2СO), kalsiy sianamid - CaCN2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar - ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlaming suvli eritmalari ishlatiladi. Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komponentli – azotli o‘g‘itlar haqida so‘z yuritiladi. Ammoniyli va nitratli tuzlaming ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, N03- ning tuproqda harakatchanligi yuqori boladi). Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xomashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. Ammoniy sulfat ishlab chiqarish Ammoniy sulfat Ammoniy sulfat (NH 4)2S04 - rangsiz kristall modda (zichligi 1769 kg/m3) bo‘lib, uning tarkibida 21,21% azot boladi. 350°C dan yuqori haroratda qizdirilganda ammiak va sulfat kislotaga parchalanadi. 100°C da nordon tuz hosil qilish bilan dissotsiyalanish boshlanadi; (NH4)2S04 ustidagi NH3 ning bosimi 205°C haroratda 0,067 KPa ni, 300°C da 6,772 KPa ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat suvda yaxshi eriydi.
U kristallogidratlar hosil qilmaydi va uning eruvchanligi harorat ortishi bilan sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniy sulfat gigroskopikligi va yopishqoqligi kam bo‘lgan o‘g‘it hisoblanib, uni ishlatishda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kamchiligi - o‘g‘itning tarkibida azot miqdorining ozligi va fiziologik kislotaliligining yuqoriligidadir. Uning qo‘llanilishi natijasida tuproqda sulfat kislotasining to‘planishi tufayli uni neytrallash uchun davriy ravishda ohaklash zarurati kelib chiqadi.
Sa'noatda ammoniy sulfat ishlab chiqarish usulining asosini sulfat
kislotasini ammiak bilan neytrallash tashkil etadi. Bu maqsadda toshko‘mimi kokslash jarayonida hosil bo‘ladigan gazlar aralashmasidan ajratib olingan ammiak gazi ishlatiladi. Koks gazini ammiak (va shu bilan bir vaqtda piridin asoslari) dan tozalash jarayoni ammoniy sulfat ishlab chiqarish bilan bogMangan. Sintetik ammiakdan esa boshqa turdagi yuqori konsentratsiyali azotli o‘g‘itlar: ammiakli selitra, karbamid ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chet ellarda, qisman ammoniy sulfat, gipsni ammoniy karbonat eritmasi bilan qayta ishlash natijasida konversiyalab ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, kaprolaktam ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqava suvlardan ammoniy sulfat ishlab chiqarish usullari ham mavjuddir.
Ammoniy sulfat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari. Sulfat kislotasini gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash quyidagi reaksiyaga asoslangan:
2NH3(g) + H2S04(c) = (NH4)2S0 4(q) + 274 kj
Bunda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan issiqlik
(saturator jarayonidagi) va tashqaridan gazlar bilan kiradigan issiqlik (saturatirsiz jarayonidagi) birgalikda sistemadagi suvni bug‘lanishiga sarf bo‘ladi va eritmaning to‘yinishi hisobiga kristall holatdagi mahsulot hosil bo'ladi. Qaynoq holdagi reaksiyada o‘rta tuz eritmasidan mahsulotni kristallantirishni taminlashi muhim ahamiyatga ega. Sulfat kislotasidagi qo‘shimchalar, ayniqsa, temir va aluminiy sulfatlari ammoniy sulfatning kristallanishin qiynlashtiradi. Kislotani neytrallash paytida kolloid holatda temir va aluminiy gidroksidlari cho‘kadi:
(Fe, Al)2 (S04)3+ 6NH3+ H20 = 2(Fe, AI)(OH)3+ 3(NH4)2S04
Bunda ammoniy sulfat kristallarining o‘sishi qiyinlashadi. Shu maqsadda neytrallash jarayonini davriy reaktorlarda bosqichli 0‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ammoniy sulfat ishlab chiqarish. Koks gazi ammiakidan ammoniy sulfat ishlab chiqarish. Koks gazi tarkibida 6-14 g/m3 gacha ammiak bo'ladi. Uni uch xil: biivosita, bevosita va yarimbevosita usullar bilan ammoniy sulfatga aylantirilishi mumkin. Bilvosita usulda koks gazi sovutiladi, bunda smola kondensatlanadi va ammiak bilan to‘yingan smola ustki suvi hosil bo‘ladi. Koks gazi tarkibida qolgan ammiak esa ammiakli skrubberlarda suvga yuttiriladi. Hosil qilingan ammiakli suv va smola ustki suvidan distillatsiya kolonnalarida ammiak ajratib olinadi va uni sulfat kislotasiga yuttiriladi. Bu usulda katta hajmdagi jihozlar va ko‘p miqdordagi energiya talab etiladi. Bilvosita usul bo‘yicha ammiak gazining sulfat kislotasi eritmasida yutilishi hisobiga ammoniy sulfat hosil qilish bilan oldindan 68°C gacha sovutilgan va elektrofiltrlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy jihatdan maqbul va keng tarqalgan usul bu yarimbevosita usuldir. Bunda koks gazidagi smolani kondensatlash uchun 25-30°C gacha sovutiladi. Kondensat 2 qatlamga ajratiladi: quyi qatlamda smola va yuqori qatlamda smola ustki suvi bo‘lib, unda gaz tarkibidagi bir qism ammiak erigan bo'ladi. Smola ustki suvini distillatsiya kolonnasida ohakli suv bilan ishlanadi va hosil qilingan ammiak gazi elektrfiltrlarda smoladan tozalangan koks gazi bilan birgalikda sulfat kislotasiga yuttirish uchun yuboriladi.
Koks gazidagi ammiakni yuttirish barbotaj turidagi saturatorlarda (saturatorli usulda) yoki skrubberlarda (saturatorsiz usulda) amalga oshirilishi mumkin. Saturatorli usulda koks gazidagi ammiakning yuttirilishi va ammoniy sulfatning kristallantirishlishi birgina jihoz - saturatorda amalga oshiriladi. Bu texnologik rejimni tanlash imkoniyatini chegaralaydi, ya’ni bir vaqtda ikkala jarayon (yuttirish va kristallantirish) uchun bir xil optimal sharoit: ammiakning maksimal yutilishi va ammoniy sulfat kristallarini ajratib olish uchun yirik kristallar hosil bo‘lishini taminlovchi parametrlami belgilashni ko‘rsatadi. Ko’pgina zavodlarda qoMlanilayotgan saturatorsiz usul bo‘yicha yuqoridagi jarayonlar alohida-alohida: ammiakni yuttirish saturatorlarda, ammoniy sulfatni kristallantirish esa kristallizatorlarda amalga oshiriladi. 1-rasmda ammoniy sulfat ishlab chiqarishning saturatorli usuliga asoslangan tasvir keltirilgan.
1-sulfat kislotasi uchun bak; 2-koks gazi uchun qizdirgich; 3-saturator; 4—barbotyor; 5-aylanuvchi eritma uchun bak; 6-kislota tutgich; 7-kristaIl yig‘gich; 8-eritma yig'gich; 9-sentrafiiga; 10-«qaynovchi qatlam» li quritgich; 11-piridinsizlantirilgan eritma uchun rezervuar; 12—kislotali eritma uchun yig‘gich; 13-eritma uchun rezervuar; 14,15-markazdan qochma nasoslar.
2-rasmda ammoniy sulfat ishlab chiqarishning vakuum-bug‘latgich bilan saturatorsizli usulga asoslangan tasvir keltirilgan. 1 t ammoniy sulfat olish uchun: 0,73-0,75 t sulfat kislotasi (100% li), 0,26-0,271 ammiak (30-35 ming m3koks gazi tarkibida bo‘ladi), 100-108 Mj elektroenergiya, 8 m3 suv va 2,7-61 bug1 sarf bo'ladi
2-rasmda ammoniy sulfat ishlab chiqarishning vakuum-bug‘latgich bilan saturatorsizli usulga asoslangan tasvir keltirilgan. 1 t ammoniy sulfat olish uchun: 0,73-0,75 t sulfat kislotasi (100% li), 0,26-0,271 ammiak (30-35 ming m3koks gazi tarkibida bo‘ladi), 100-108 Mj elektroenergiya, 8 m3 suv va 2,7-61 bug1 sarf bo'ladi.
Texnologik tasvirdagi kristallizator va sentrafuga o‘miga donadorlagichdan foydalanish orqali 40-45% li eritmadan donadorlangan ammoniy sulfat olish imkoniyatlari ham mavjud. Gipsdan ammoniy sulfat olish. Sulfat kislota sarflamasdan, tabiiy gips yoki ekstraksion fosfat kislotasi ishlab chiqarish chiqindisi -fosfogipsdan ammoniy sulfat olish ham mumkin.
Gipsni ammoniy sulfatga konversiyasi 50-55°C haroratda 32-33% li ammoniy karbonat eritmasi bilan suyuqlik usuli deb ataladigan quyidagi reaksiya yordamida amalga oshirilishi mumkin:
CaS04+ (КН4)гСОз = (NH))2S04 + СаСОз
Bu reaksiya kalsiy karbonatning eruvchanligi kalsiy sulfatning eruvchanligidan kamligi hisobiga amalga oshadi. CaC03 cho‘kmasi ajratilgandan so‘ng
[1 t(NN4)2804 hisobiga ~760 kg] 40% li ammoniy sulfat eritmasini bug‘latish va kristallantirish orqali qattiq mahsulotga aylantiriladi. 1 tonna ammoniy sulfat olish uchun: 1,13 t gips, 0,74 ammoniy karbonat, 1,4 t bug1, 225 m3 suv, 65 kvt/soat elektroenergiya, 71,5 kg shartli yoqilg‘i sarf bo‘ladi. Gipsdan ammoniy sulfat olishni ammoniy karbonat orniga ammiak va karbonat angidrid gazlaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin (gazli usul):
CaS04+ 2NH3+ CO2+ H20 = (N114)2804 + CaC03
Lekin bu usulda hosil bo‘ladigan СаСОз kristallari mayda, ignasimon bo‘lib, uni filtrlashda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Shuning uchun konversiya jarayonini uzoq vaqt o‘tkazish talab etiladi. Bundan tashqari, reaksiya issiqligini yo'qotish maqsadida reaktor ichiga sovutgich 0‘rnatish va yutilmagan gazni sulfat kislotasi eritmasidan o‘tkazish talab qilinadi. Kaprolaktam chiqindisidan ammoniy sulfat olish. Poliamid – kapron tayyorlash uchun ishlab chiqariladigan kaprolaktam olishdagi tugallanuvchi bosqich benzol va fenoldan olinadigan oraliq mahsulot - siklogeksanon
ni gidrooksidaminosulfat - (2NH20 H)-H2S04 bilan oksimirlashdan iborat. Gidroksiaminosulfatning ortiqcha miqdori ammiak ta’sirida parchalanadi: (NH20H)H 2S04+ 2NH3 = 2NH2OH +(NH4)2S04
Hosil bo‘lgan siklogeksanoksim suvli eritmadan ajratib olinib, konsentrlangan sulfat kislota (oleum) da ishlov beriladi. Natijada kaprolaktamga izomerlanadi:
Izomerlanish jarayoni tugagach, sulfat kislota ammiak bilan neytrallanadi. Laktam moyi va sulfatli aralashma ajratiladi. Oksimirlash va neytrallash natijasida 25-43% (NHi^SO^ 1-3% NH4NO3 va 0,1-0,5% organik moddalar eritmasi olinadi. Bu eritmalar esa ishlab chiqarish chiqindisi hisoblanadi. Uni bugMatish va kristallantirish orqali ammoniy sulfat olinadi. Toza kristall holatidagi mahsulot (organik moddalar qo‘shilmalari rangisiz) to‘yinmagan holda sekin kristallantirish orqali olinadi. 34% li bunday eritmadan 1 t ammoniy sufat olish uchun 2,3 2,5 MDI bug, 24-30 kvt\soat elektrenergiya va 56 m3 suv sariflaydi.
|
| |