-rasm. AS-72M qurilmasining texnologik sxemasi




Download 1,06 Mb.
bet5/16
Sana24.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#104902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Diplam ish Xolmirzayeva

6-rasm. AS-72M qurilmasining texnologik sxemasi:
1 - ammiak gazini isitgich; 2 - nitrat kislotasini isitgich; 3 - NIF jihozi; 4,5 - qo‘shimcha neytrallagichlar; 6 - kombinatsiyalangan bug'latish jihozi; 7 - bug'-havo aralashmasini yuvgich; 8,18 - skrubberlar; 9 - gidroto‘sqich; 10 - suyuqlanm a filtri; 11 - suyuqlanma baki; 12 - nasos; 13 – markazdan qochm a nasos; 14 - ammoniy nitrat eritmasi uchun bak; 15 - bak.
Gaz holatidagi ammiak isitgich (li dan o‘tib, 120-160°C gacha qiziydi. Nitrat kislota (58-60% li) esa isitgich(2)dan o‘tib, harorati 80- 90°C gacha ko‘tariladi. Ular ikkita parallel ishlaydigan NIF jihoziga tushadi. Azotni bug‘-tomchi bilan (NH3, HNO3, NH4NO3, N 0 2 holida) yo‘qotilishini kamaytirish uchun nitrat kislota me’yoridan ortiqroq bo‘ladi.
Chunki ammoniy nitrat eritmasi yuzasida HNO3 bug' bosimi ammiaknikiga nisbatan kamroq bo'ladi. Jihozdan chiqayotgan HNO3 konsentratsiyasi (2-5 g/1) avtomatik boshqarib turiladi. Bu eritmaning harorati 150-170°C, NH4NO3 miqdori esa 89-92% bo'ladi. Bu eritma asosiy (4) va nazoratchi (5) neytrallagichlarda ammiak bilan neytrallanadi. Bularga 30-40% li Mg(N0 3)2 eritmasi beriladi. Konsentratsiyasi 0,1-0,5 g/1 ammiakli NH4NO3 eritasi kombinatsiyalangan bug'latgich jihozi (6) ga tushadi. Undan suyuqlanma gidroto'sqich - neytrallagich (9) va filtr (10) orqali yig'uvchi bak (11) ga tushadi. Bakdan nasos (12) yordamida bak (15) ga yuboriladi. Bu bak esa donadorlovchi minora (17) ustida joylashgan bo'ladi. Yuqoridagi bak (15) dan suyuqlanma uchta vibroakustik (tebranma akustik) donadorlagich (16) orqali minoraga sochiladi (bundan tashqari, yana uchta donadorlagich zaxirada – navbatda turadi). Donadorlovchi minora (17) kesimi to'g'ri burchakli 11x8 m, qalinligi 2 mm li 08X17T markadagi po'Iatdan yasalgan va uning balandligi 63,5 m ga teng. Minoraning tashqi tomoni uglerodli polat bog'lamlar bilan mahkamlangan.
Hosil qilingan suyuqlanma tebranma akustik donadorlagich (7- rasm) da plastika (3) ga o'rnatilgan soplodan tushadi va plastinkadan ostki teshikli tebratgichdan kelayotgan akustik tebranishni singdirib sochiladi.

7-rasm. Akustik donadorlagich: 1 - korpusi; 2 — soplo; 3 - plastinka; 4 - to ‘rli filtr, 5 - teshikli tebranuvchi taglik.
Selitra suyuqlanmasi 0,2% namlikda 167°C atrofidagi haroratda kristallana boshlaydi, 140°C haroratda esa to‘la qotadi. Minora ostidan berilayotgan havo miqdori yoz oylarida 500 ming m3/soat, qish faslida esa 300-400 ming m3/soat bo'ladi. Minoraning ostki konussimon qismidan donador mahsulot lentali transportyor (20) ga tushadi. Undan uch seksiyali sovutgich (21) ga tushadi va havo yordamida «qaynovchi qatlam»da sovutiladi. Sovutgichdan o'tgan mahsulotning harorati yoz faslida 40- 50°C, qish faslida esa 20-30°C bo‘ladi. Donadorlash va sovutish jarayonlarida selitraning namligi yana 0,1-0,15% ga kamayadi. Tayyor mahsulotda 99,8% NH4NO3 bo‘ladi. Agar atmosfera havosining namligi 60% dan yuqori bo'lsa, uni isitgichlar (23) orqali yuboriladi. Mahsulot polietilen yoki 3-4 qavatli qog'oz qoplarga joylashtirilib tikiladi va omborga yuboriladi.
Minoraning yuqori qismidan havo oltita skrubber (18) ga tushadi. Unda NH4NO3 changlari va ammiak 20% li ammoniy nitrat eritmasi bilan yuviladi va ventilator (19) yordamida atmosferaga chiqariladi. Bundan tashqari, bu skrubberlar orqali bug'latgich jihozidan yuvgich (7) orqali o‘tgan gazlar va neytralizator skrubberi (8) dan o'tgan gazlar ham o‘tadi. Minoradagi qotish jarayonida kristallar I shakldan II ga, sovutgichdagi qotish jarayonida esa II —> III —> IV o'tish yuz beradi.
Natijada mahsulotning solishtirma hajmi o'zgaradi (III da IV dan katta va donachalar mustahkam emas). Kristallaming II dan IV ga o'tishini ta’minlovchi eng samarali usul eritmaga magniy nitrat (0,3-0,6%) qo'shish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda suyuqlanmadagi namlik 0,25% dan oshmasligi lozim. Natijada 50,8°C haroratda II -» IV o'tishni ta’minlash mumkin. Bu o'tish tufayli mahsulotning solishtirma hajmi kichik bo'lib, donachalaming mustahkamligi oshadi. Jarayonning texnologik sharoiti material va issiqlik oqimlarini avtomatik boshqarish orqali yaratiladi. Bunda mahsuldorligi 56,8 t/sutka bo'lgan qurilmalarda 1 t donador ammiakli selitra (34,5% N) ishlab chiqarish uchun: 0,213 t ammiak (100% li), 0,793 t nitrat kislotasi (100% li), 0,96 gj bug' va28,3 kvt/soat elektr energiyasi sarf bo'ladi. Ko'pincha texnik maqsadlarda kristallik holatidagi ammiakli selitra ishlatiladi. Bunday kristallik holatidagi ammiakli selitra barabanli kristallizatorlarda hosil qilinadi. Buning uchun 97,5-98,5% li NH4NO3 suyuqlanmasi ichki qismi suv oqimida sovutiladigan barabanli kristallizator yuzasida quritilib, mahsulot qirg'ich yordamida qirib olinadi. Kristallik mahsulotning namligi 2% atrofida bo'ladi.

Download 1,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. AS-72M qurilmasining texnologik sxemasi

Download 1,06 Mb.