|
Ammiakli selitra ishlab chiqarish
|
bet | 3/16 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #104902 |
Bog'liq Diplam ish Xolmirzayeva1.1 Ammiakli selitra ishlab chiqarish
Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH4NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Uning ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish uchun avvalo, nitrat kislota hosil qilish kimyosi bilan biroz tanishmog‘imiz lozim. Ma’lumki, ammoniy nitrat - ammiak va nitrat kislotasining o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun awalo, nitrat kislota hosil bo'lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi:
N2+ 3H2 = 2NH3
Ammiak sintezi issiqlik effekti harorat va bosimga bog'liq bo‘ladi. Odatda past bosimli (10-15 MPa), o‘rta bosimli (25-60 MPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Harorat esa 400-500°C oralig‘ida bo‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi. Amaliy ishlab chiqarishda o‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A120 3, K20 va CaO lar hisoblanadi) ishtirokida olib boriladi. Kontakt jihozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bo'ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Hozirgi vaqtda quwati 150 dan 1500 t/kun bo‘lgan sintez kolonnalari ishlatilmoqda. Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi:
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi: 1. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi:
4NH3+ 502 = 4NO + 6H20 + 907,3 kj
2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi:
2NO + O2= 2N02+ 124 kj
3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi:
3N02+ H20 = 2HN03+ NO + 136,0 kj
Bu jarayonda platina va uning temir, marganes, kobalt va o‘z guruhidagi metallar oksidlari bilan qotishmalari ishlatiladi. Agar katalizator ishlatilmasa (harorat 900°C dan yuqorida), ammiak erkin holatdagi azotgacha oksidlanadi xolos: Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bo'lish unumini 98% gacha yetkazish mumkin. Jaiayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700- 800°C haroratda, yuqori bosim (7,3-105 Pa) da esa 800-900°C haroratda olib boriladi. Havo - ammiak aralashmasida 1,25 mol 0 2 ga 1 mol NH3 berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot oksidining miqdorini oshirish uchun amalda 0 2:NH3miqdoriy nisbati 1,7+2,0 oralig‘ida olinadi. Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3—4)-105 Pa bosimda, NO ni oksidlash va N 02 ni suv bilan absorbilash jarayonlari esa (8—12)-105 Pa bosimda va odatdagi haroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga ko‘tarish orqali 60-62% li nitrat kislotasi olish mumkin.
Ammiakli selitra (NHtN03) asosan o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va -50°C dan 169,6°C gacha harorat oralig‘ida besh xil kristallik shaklida bo'ladi. NFLtN03 - H20 politermik diagrammasida (3.3-rasm) ammoniy nitratning I-IV turg'oq kristall shakli uchun harorat oraliqlari ko'rsatilgan. U 169,6°C da suyuqlanadi va V-shakli esa -16,9°C dan quyi haroratdagina turg'oq bo'ladi. Kristall shakllarining o'zgarish chegarasi hamda harorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo'shimchalar miqdoriga bog'liq bo'ladi.
Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100°C haroratdagi eruvchanlik koeffitsiyenti 1000 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish haroratidan yuqoriroqda bug'latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U o'ta gigroskopik modda hisoblanadi. 30°C haroratda to'yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bug' bosimi 2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigroskopik nuqtasi esa 60% atrofida bo'ladi. Bunda havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo'lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni havodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo'shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo'shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8- 12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi. Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsiyenti yuqoriligi, gigroskopikligi va polimorf o'zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o'zaro yopishib, qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yo'qolib, uni ishlatish qiyinlashadi.
|
| |