Fosfor va uning xossalari. Amiakli siitra bilan tasiri




Download 1,06 Mb.
bet7/16
Sana24.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#104902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Diplam ish Xolmirzayeva

2.1Fosfor va uning xossalari. Amiakli siitra bilan tasiri
Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) fosforli oʻgʻitlar. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Ca(H2PO4)2H2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) Fosforli oʻgʻitlar; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — CaHPO4H2O yoki tetrakaltsiy fosfat — Ca4P2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kuchsiz kislotalarda erimaydigan (fosforit uni va suyak uni) fosforli oʻgʻitlar ularda fosfor kaltsiy fosfat — Ca3(PO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlarni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq. Suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar kukuni va dona dor holda limon kislota va ammoniy nitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mostlashib qolmaydi. Survoha tuproqlarda fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara beradi.
Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida toʻplanadi. Tuproqqa solingan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosforning 20—25% solingan yili, 40— 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. Fosforli oʻgʻitlar oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. Fosforli oʻgʻitlar ta’sirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagi tarkibidagi qand miqdori koʻpayadi fosfor yetishmaganda oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib oʻsadi. Fosfor hayot uchun eng muhim element boʻlganidan, azot va kaliy singari katta ahamiyatga egadir. Fosfor hujayralar protoplazmasi tarkibiga, xromosoma, va fermentlar tarkibiga kiradi, oʻsimlik va hayvonlar organizmida fosfor boʻladi. Fosfor – hayot va tafakkur elementi deb yuritiladi. Fosfor elementi noma’lum boʻlgan vaqtlarda yer goʻng va kul bilan oʻgʻitlangan, oʻsimlikning fosforga boʻlgan ehtiyoji shu yoʻl bilan bir qadar ta’min etilgan. Fosforli oʻgʻitlar masalasini rus olimlari A.N.Engelgardt, V.V. Dokuchayev P.A.Kostichev, D.N.Pryanishnikov hal qildilar va bu oʻgʻitlar mamlakatimizda keng ishlatila boshladi. Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi:
Fosforit talqoni Ca3(PO4)2 Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu oʻgʻit eng arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi. 2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2CaSO4×2H2O
Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + CaSO4
Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin. Oddiy superfosfatni tayyorlash uchun bir necha boʻlak hayvon suyagini olib, organic moddalari kuyub ketgunicha kuydiring. Kuygan, tozalangan suyakni bolgʻa bilan mayda – mayda boʻlaklarga boʻling va bu boʻlaklarni xovonchada kukunga aylanguncha maydalang. 50 gramm suyak kukuniga 3 – 5 gramm bor talqonini aralashtiring. Aralashmani kimyoviy stakanga solib, ustiga 20 gramm 70 % li sulfat kislotani sekin – asta qoʻshing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. Sodir boʻlgan kimyoviy jarayon natijasida aralashma isib ketadi. Aralashma sovuganda hosil boʻlgan kukun oddiy superfosfat ya’ni, CaSO4 aralashgan Ca(H2PO4)2 dir. Oddiy superfosfat nam taʻsirida qotib qolmasligi uchun hozirgi kunda grammlar, yaʻni, donador holda ishlab chiqarilmoqda. Oddiy superfosfatda 14 – 20 % P2O5 bo‘ladi. 3. Qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2 Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi.
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi.
4. Pretsipitat CaHPO4×2H2O.
Pretsipitat ham konsentrlangan mineral oʻgʻit boʻlib, suvda oz eriydi.
Ca(OH)2 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O
CaCO3 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O + 2CO2
Pretsipitatlarda 30 – 35 % P2O5 boʻladi.
5. Ammofos Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi.
Bu oʻgʻit kompleks oʻgʻitlarga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda yaxshi eriydi. Fosforli mineral oʻgʻitlar ichida eng koʻp ishlatiladi. Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi ozuqa elementi P2O5 koʻrinishida boʻladi.
6. Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit. Tarkibida fosfor organik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimliklarning ildiz atrofida rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan bir gektar yerga ekiladigan urugʻlikka 100 ml suyuq yoki 250 gramm kukunli fosforbakterin sarflanadi.Fosfororganik birikmalar tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita yoki geteratom – kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar sinfi.Fosfordan P2O5, H3PO4 olishda, organik sintezlarda, gugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qizil fosfor, surma (III)-sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy temir (III)-oksid va yelimdan aralashma tayyorlab, gugurt qutisining yon sirtlariga surtiladi. Gugurt kallagi asosan bertole tuzi, maydalangan shisha, oltingugurt va yelimdan tarkib topgan boʻladi. P, As, Sb, Bi qotishmalar tarkibiga kiradi.Fosfor birikmalari yuvuvchi vositalar (fosfatlar va polifos-fatlar), biologik faollikka ega boʻlgan elementorganik birikmalar sintez qilish uchun (PCl3, PCl5, POCl3, PH3), fosforli oʻgʻitlar: fosforit talqoni - Ca3(PO4)2 (tabiiy), bu suyaklarni kuydirib ham olinadi, oddiy superfosfat - Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4, qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2, presipitat - CaHPO4×2H2O, ammofos - NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4. Soʻngi yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan fosfor organik birikmalar asosida yangi murakkab oʻgʻitlar, defoliantlar va oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan monoetanolamin suvdagi eritmasining oʻzaro kimyoviy ta’siri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat stimulyatori shular jumlasidandir.Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish tarmogʻi kimyo sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetishtiruvchi asosiy mintaqa boʻlgani sababli, mineral oʻgʻitlarning paxtachilikdagi roli juda katta. Hosildorlikni oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Umuman, qishloq xoʻjaligini yalpisiga kimyolashtirishda asosiy rol oʻynaydi. [3] Ma’lumki oʻsimlik tarkibi, asosan 10 ta elementdan tashkil topgan boʻlib azot, fosfor, kislorod, kaliy, magniy, temir, oltingugurt, kalsiy, uglerod, vodorod ularning 90 % ini uglerod, vodorod, kislorod tashkil qiladi. Oʻsimlik oʻsish davrida bu elementlarni havodan va yerdan qabul qiladi. Shu sababli hosildorlik yuqori boʻlishi uchun shu elementlarning yerdagi miqdori yetarli boʻlishi kerak. Bu elementlardan ayniqsa kerakligi azot, fosfor va kaliy hisoblanadi, shu sababli bu elementlarni ozuqa moddasi yoki mineral oʻgʻitlar deb ataladi. Deyarli barcha mineral oʻgʻitlar agronomik rudalardan kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, natriyli selitra chili selitrasi, sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral o‘g‘itlar XIX-asrdan tarqalaboshlagan. XX-asr oʻrtalaridan mineral o‘g‘tlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral o‘g‘itlar tuproqqa uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlariga kuchli ta’sir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi,mikrobiologik jarayonlarga ta‘sir etadi va h.k. [2] Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utloqlarning umumiy mahsuldorligiga fa’ol ta’sir qiladi. Mineral o‘g‘tlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub tolali ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi.
Mineral o‘g‘itlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra mineral o‘g‘itlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʻni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash mineral o‘g‘itlar zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bevosita ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar (ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi, mineral o‘g‘itlar qattiq, yaʻni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi. Shunday qilib mineral oʻgʻitlarni 3 gruppaga boʻlish mumkin: fosforli, azotli va kaliy oʻgʻitlar. Oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan (ozgina miqdorda boʻlsa ham) elementlar (Mn, Ni, Co, Br, Zn) bor oʻgʻitlar mikro oʻgʻitlar deb ataladi.
Qishloq xoʻjaligida mineral oʻgʻitlar bilan bir qatorda organik oʻgʻitlar ham qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan kurashuvchi moddalar pestitsidlar deb ataladi. Yovvoyi oʻtlar bilan kurashuvchi moddalar esa gerbitsidlar deb ataladi.Fosfor oʻsimlik uchun asosiy ozuqa moddalaridan biri hisoblanadi. Fosfor oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan moddalar tarkibiga kiradi (fermentlar, vitaminlar va boshqalar). Ayniqsa oʻsimlik donida, urugʻida oqsil-nukleoprotein sifatida 1,6 % ga qadar P2O5 uchraydi. Fosfor bilan muntazam oziqlantirilgan donli oʻsimliklar hosildorligi oshadi, kraxmal va qand miqdori koʻpayadi. Respublikamizda, asosan suvda eruvchan oʻgʻitlar qoʻllaniladi, bular jumlasiga oddiy va qoʻshsuperfosfat kiradi. Fosforli oʻgʻitlar tabiiy minerallar - fosforit va apatitdan olinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida fosforitlar Janubiy Qozogʻistonda Kara-Tau konida uchraydi. Shu kunlarda Oʻzbekistonning Qizilqum fosforit konlaridan ham foydalanilmoqda. Hozirgi kunda deyarli hamma zavodlar fosforli oʻgʻitlarni Kara-Tau fosforitlaridan ishlab chiqarmoqdalar.
Oddiy superfosfat kulrang, mayda kukun yoki donalar holida boʻlib, tarkibida 14-18 % P2O5 ega boʻlgan suvda eruvchan oʻgʻitlardir. Oddiy superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzining oddiyligi va arzonligi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdagi fosforitlarni sulfat kislota bilan qayta ishlashga asoslangan:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4
Hosil boʻlgan aralashma, yaʻni monokalsiy fosfat va gipsdan tashkil topgan mahsulot oddiy superfosfat deb ataladi. Tabiatdagi fosforit tarkibida qator aralashmalar boʻlishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar oʻta sifatlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz vaqtida kerakli joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz samarasini bermasdan qolmaydi. Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga bogʻliq.
Tuproqning haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi kamayadi. Ular 10-12 ° C darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past haroratlarda ildizlar tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib oʻtmaydi va har bir madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi. Agar havo harorati tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan tashqari oziqlantirishda oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan hosildorlik bilan turli sabzavotlar fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi - 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorlio'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi.

Download 1,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 1,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fosfor va uning xossalari. Amiakli siitra bilan tasiri

Download 1,06 Mb.