– rasm «Truba ichida truba» tipidagi isitkich




Download 0,73 Mb.
bet7/13
Sana21.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#248217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Gossipol smolasini qizdirish uchun Quvur ichida quvur tipidagi issiqlik

2.2.1 – rasm «Truba ichida truba» tipidagi isitkich



1

ichki truba

2

tashqi truba

3

kalach

4

birlashtiruvchi patrubka

I-II

issiqlik tashuvchi agentlar

Ajraluvchan konstruksiyali «truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarida temperatura ortishi bilan tashqi trubalarga bogʻliq boʻlmagan holda, ichki trubalar uzayishi mumkin (2.2.2-2.2.3-rasm). Qurilmaning konstruksiyasi issiqlik almashinish trubalarining ichki yuzasini ifloslik va quyqalardan muntazam ravishda mexanik tozalab turish imkonini beradi. Undan tashqari, bu qurilmalarda trubalarni almashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ularni yechib olish oson va tashqi yuzasini tozalash mumkin.
Koʻp oqimli issiqlik almashinish qurilmalaridagi (2.2.2-rasm) taqsimlash kamerasi 1 oqimlarni truba 6 larga boiib beradi. Truba-qobiq 4 va truba 2 larning teshikli panjarasi orasida taqsimlash kamerasi 3 joylashgan. Ushbu kamera trubalararo boʻshliqda harakatlanayotgan muhit uchun moʻljallangan. Koʻp oqimli qurilmalarning ichki va tashqi trubalari ikkita yoʻlli boʻladi.
Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning harakat tezligi “truba ichida truba” tipidagiqurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta boʻladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qilishini tashkil etish oson.
Bir va koʻp oqimli qurilmalarning turbalarida issiqlik eltkichlar tarkibidagi agressiv va mexanik iflosliklar kamroq oʻtirib qoladi. Koʻpchilik hollarda, «turba ichida truba» qurilmalarining issiqlik koʻrsatkichlari qobiq-turbali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori boʻladi.
Ayrim hollarda, qurilmaning ichki turbalarning tashqi yuzasi qirrali qilib yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4 — 5 marotaba ortadi. Odatda, bu usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish koeffitsiyentini oshirish qiyin boʻlganda (gaz, qovushoq suyuqlik harakatida yoki larninar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali turbalarni qoʻllash, uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.


Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– rasm «Truba ichida truba» tipidagi isitkich

Download 0,73 Mb.