|
Kimyoviy texnologiya” fakulteti “kimyoviy texnologiya” kafedrasi
|
bet | 4/13 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #248217 |
Bog'liq Gossipol smolasini qizdirish uchun Quvur ichida quvur tipidagi issiqlik1.3. GOSSIPOL SMOLASI HAQIDA MAʼLUMOT
Umumiy
|
Sistematik nomi
|
1,7,8-trioksi-3-metil-6-izopropil-9-naftaldegid
|
Kimyoviy formula
|
C₃₀H₃₀O₈
|
Fizik xususiyatlari
|
Ranggi
|
jigarrang qattiq
|
Molyar massa
|
518,563 g/ mol
|
Zichlik
|
1,4 g/sm³
|
Termik xususiyatlari
|
Harorat
|
Erish
|
177–182 °C (parchalanish bilan)
|
Qaynash
|
707 °C
|
Xavfsizlik talabi
|
Toksiklik
|
zaharli
|
Gossipol, C₃₀H₃₀O₈ — (1,1ʼ6,6ʼ,7,7ʼ-geksagidroksi-5,5ʼ-di-izopropil-3,3ʼ-dimetil-(2,2ʼ-binaftalin)-8,8ʼ-dikarboksaldegid), sariq rangli zaharli, qattiq kristall modda. Polifenol birikmalarga kiradi. Gʻoʻza chigiti va iddiz poʻstlogʻida koʻp miqdorda (0,02—1,6%), boshqa qismlarida esa kam boʻladi. Gossipol va uning analoglari — gossipurpurin, gossiverdurin, gossifulvin chigit yadrosidagi maxsus bezchalarda joylashgan boʻlib, ular devori nihoyatda mustahkam va koʻpchilik organik erituvchilar taʼsiriga chidamli. Lekin past molekulyar spirtlar va suvda Gossipol bezchalari tezda yemiriladi. Gʻoʻzaning har xil tur va navlarida Gossipol miqdori turlicha. Ingichka tolali gʻoʻza navlari tarkibida Gossipol koʻp miqdorda (1,47—1,60%) boʻladi. Chorva mollari, ayniqsa qoramolga chigit kunjarasi va shroti meʼyordan ortiq berilganda mollar ozuqa tarkibidagi Gossipoldan zaharlanishi mumkin. Gossipol yogʻ sanoati chiqindilaridan olinadi. Gossipol antranalitlari, Gossipol smolasi va ularning mahsulotlari inson uchun foydali moddalar hisoblanadi. Ular xalq xoʻjaligining turli sohalarida: tibbiyot, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, metall quyish sanoati va boshqada ishlatiladi. Gossipol virusga faol taʼsir qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda Gossipoldan virusga qarshi ishlatiladigan interferon induktori preparatlari va boshqa moddalar ajratib olingan.
Gossipolning kimyosini tushunish uchun struktura, stereokimyo, tautomerizm va vodorod bogʻlanishini tushunish kerak. Gossipolning tuzilishi 2 va 2ʼ-uglerod atomlari orasidagi bitta internaftil bogʻi bilan birlashtirilgan ikkita naftalin halqasidan iborat. Ushbu dimerik naftalenik ramkaga oltita gidroksil guruhi biriktirilgan boʻlib, ulardan ikkitasi 1- va 1ʼ-pozitsiyalarda joylashgan (bu pozitsiyalar shuningdek, odatda peri pozitsiyalar sifatida belgilanadi). Ushbu ikkita 1 va 1ʼ-gidroksil guruhlar 6,6ʼ- va 7,7ʼ-pozitsiyalarda qolgan toʻrtta gidroksil guruhiga qaraganda koʻproq reaktivdir va ularning 8- va 8ʼ-da joylashgan aldegid guruhlariga yaqinligi bilan bogʻliq. Ikkala aldegid guruhi ham juda koʻp qiziqarli kimyoviy reaksiyalarga ega, gossipolning tautomer shakllarida rol oʻynaydi va gossipolning toksikligiga asosiy hissa qoʻshishi aniqlangan
Dunyo boʻyicha qurilishlar hajmining kundan-kunga ortib borayotgani eʼtiborga olinsa, imoratlar va inshootlarning uzoq muddatli mustahkamligini taʼminlash uchun zamonaviy izolyatsion materiallardan foydalanish talab etiladi. Tomni yopish va fundamentlarni agressiv muhitlardan himoyalashda mastikalarning neft asosidagi turli markalari ishlatiladi. Dunyo boʻyicha neft zaxiralarining kamayib borayotgani eʼtiborga olinsa, ushbu tur mahsulotlarni yaratishda alternativ xom ashyolarni izlash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatimizda kislotabardosh zangga qarshi qoplamalar yaratishga yaroqli xom ashyo va resurslar yetarli darajada mavjud.
Xatto ularni sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, hozirgi kunlarda gossipol smolasi Respublikamiz yogʻ-moy kombinatlari chiqindisi boʻlib, qoʻshimcha ekologik muammolarni tugʻdirmoqda. Gossipol smolasining prognoz miqdori mamlakatimiz boʻyicha yiliga 20 ming tonnadan ortiqni tashkil etadi. Ilmiy adabiyotlarda gossipol smolasidan turli yoʻnalishlarda foydalanish haqida maʼlumotlar yetarli darajada keltirilgan, ammo ularning koʻpchiligi laboratoriya-tajriba malumotlari boʻlib, ishlab chiqarish amaliyotida oʻz aksini topmagan.
Turli manbaalardan olingan gossipol smolasi tarkiblari kimyoviy, fizik-kimyoviy, spektroskopik tadqiqotlar orqali oʻrganish natijalariga koʻra gossipol smolasining asosini aromatik birikmalar tashkil etadi, hamda tarkibida fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi faol holatda boʻlmagan funksional guruhlar mavjud. Gossipol smolasini tashkil etuvchi molekulyar birikmalar radikallarini oksidlash, transformatsiyalash va polimerlash orqali faollashtirib, hozirgi kunda taqchil boʻlgan, import oʻrnini bosa oladigan, eksportga yoʻnaltirilgan yangi turdagi kislotabardosh vositalar olish va shu tariqa sanoat chiqindilaridan va mahalliy resurslardan yana ham samarali foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ekologik muhitni yaxshilash imkoniyati mavjud. Gossipol smolasi chiqindisidan yangi turdagi mahsulotlar olish borasida t. f.d., prof. M. J. Jumaniyazov qator ilmiy tadqiqodlar olib bormoqda. Ushbu chiqindidan neftsiz bitumlarning 5 ta turi, metallar zanglashiga qarshi qoplamalarning 7 ta yangi avlodlari yaratilgan.
Ilmiy adabiyotlarda mastikalarning zamonaviy turlarini yaratishga doir ilmiy ishlanmalar yetarli darajada keltirilgan. Tadqiqodlar mastikalarning elastikligini oshirish, agressiv muhitlarga chidamliligini kuchaytirish, suv oʻtkazuvchanligini kamaytirish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
Mazkur ishning maqsadi- qurilishda ishlatiladigan bitumli mastikalarining yangi turlarini gossipol smolasi asosida olish, neftsiz mastikalar olish texnologiyasini yaratish, tannarxni kamaytirish va sifatni yaxshilashga qaratilgan.Tadqiqot ishining vazifasiga -mahalliy mineral resurslar CaO, bazalt, talk, kaolin, asbest, karboksilmetilselliloza, shisha kukuni, ishlatilgan transformator moyi va yogʻ -moy kombinatlari chiqindisi gossipol smolasining taʼsirini oʻrganishdan iborat. Tadqiqot obʼektlari sifatida gossipol smolasi (TSh 86–38–2006), SaO (GOST 1387–80), bazalt tolasi (GOST 4640–93), asbest (GOST 12871–93) rezina qatroni (GOST 8407–89) transformator moyi (GOST 982–80) tanlandi.
Tadqiqotlarda kimyoviy va zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanildi.
Gossipol smolasi asosida olinadigan mastikaning issiqlikka bardoshligini, qattiqligini oshirish, moʻrtligini kamaytirish maqsadida gossipol smolasiga mineral toʻldiruvchilar va past haroratlarda elastikligini va egiluvchanligini oshiruvchi plastifikatorlar qoʻshish orqali mastikalar olish borasidagi tadqiqodlar natijalari quydagi jadvalda keltirilgan. Pojaluysta, ne zabudte pravilno oformit sitatu: Yuldasheva, X. Sh. Gossipol smolasi asosida mastikalarning yangi turlarini yaratish borasidagi tadqiqodlar natijalari natijalari keltirilgan
Gossipol smolasi tarkibiga mineral toʻldiruvchilar va plastifikatorlar kiritish orqali mastikalar olishning optimal sharoitlari
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan natijalarda sanoat chiqindilari va gossipol smolasi asosida olingan mastikali kompozitsiya issiqlikka bardoshligi, qattiqligining meʼyordaligi, moʻrtligining kamligi, past haroratlarda elastikligi va egiluvchanligi kabilar standart talablarga javob beradi. Shu bilan birga olingan tarkiblar neft asosidagi mastikalarning oʻrnini toʻla bosishi aniqlandi. Tannarxi arzon va sifatli mahsulot olishga erishildi.
|
| |