ISSIQLIK ALMASHINISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA




Download 0,73 Mb.
bet2/13
Sana21.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#248217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gossipol smolasini qizdirish uchun Quvur ichida quvur tipidagi issiqlik

1.1. ISSIQLIK ALMASHINISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Temperaturasi yuqori boʻlgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning oʻz-oʻzidan, qaytmas оʼtish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali boʻlgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga oʻtadi.
Issiqlik (issiqlik miqdori)-bu issiqlik almashinish jarayonining energetik harakteristikasi boʻlib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi. Issiqlik oʻtkazish-issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensatsiyalash, bugʻlanish va bugʻlatishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi.
Maʼlumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. Oʻz issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhitissiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa-sovuqlik eltkich deb ataladi.
Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli boʻlishi, qurilmalarini yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, gʻovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlami tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qoʻllanish sohalari kabi koʻrsatkichlarga katta ahamiyat berish kerak.
Issiqlik asosan 3 xil usulda tarqaladi: issiqlik oʻtkazuvchanlik, issiqlik nurlanishi va konveksiya.
Issiqlik oʻtkazuvchanIik-bu bir-biriga bevosita tegib turuvchi mikrozarrachalarning tartibsiz (issiqlik) harakati tufayli issiqlik tarqalishiga aytiladi. Bu molekulalar (gazlar, tomchili suyuqliklar), yoki atomlar (qattiq jism kristallik panjaralarida), yoki erkin elektronlar diffuziyasi (metallarda) harakatlari boʻlishi mumkin. Qattiq jismlarda issiqiikning tarqalishi asosan issiqlik oʻtkazuvchanlik usulida amalga oshadi.
Issiqlik nurlanishi-bu nurlanuvchi jism atom yoki molekulalarining issiqlik harakati tufayli turli uzunliklardagi toʻlqinlaring elektromagnit tebranishi orqali tarqalishidir. Hamma jismlar energiya tarqatishi mumkin va uni boshqa jismlar yutib oladi va yana issiqlikka aylanadi. Nurlanish issiqligi nur tarqalanish va nur yutishlaring yigʻindisidan iboratdir.
Konveksiya-bu makroskopik hajmdagi gaz yoki suyuqliklaring harakati va aralashishi tufayli issiqlikning tarqalishidir. Issiqlik tarqalishi tabiiy yoki erkin konveksiya usulida, yaʼni suyuqlik yoki gazlaring turli nuqtalaridagi zichliklarning farqi tufayli sodir boʻladi. Ikkinchi usul, bu majburiy konveksiyadir, yaʼni butun suyuqlik hajmining majburiy harakati tufayli roʻy beradi.
Temperaturasi turli boʻlgan muhitlar orasida issiqlik oʻtkazish turgʻun va noturgʻun sharoitlarda amalga oshishi mumkin.
Turgʻun jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi. Noturgʻun jarayonlarda esa, vaqt oʻtishi bilan temperatura oʻzgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turgʻun boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa-jarayonlar noturgʻun boʻladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va toʻxtatish hamda ish rejimlari oʻzgargan hollarda noturgʻun jarayonlar sodir boʻladi.
Issiqlik oʻtkazish jarayonining asosiy kinetik harakteristikalari boʻlib, oʻrtacha temperaturalar farqi, issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi.
Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblashda quyidagi parametrlar topiladi:
1. Issiqlik oqimi (qurilmaning issiqlik yuklamasi), yaʼni issiqlik miqdori Q hisoblanadi. Issiqlik oqimini aniqlash uchun issiqlik balansi tuziladi va u Q ga nisbatan yechib topiladi.
2. Berilgan vaqt ichida zarur issiqlik miqdorini uzatishni taʼminlovchi qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi aniqlanadi.



Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISSIQLIK ALMASHINISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Download 0,73 Mb.