|
ISSIQLIK ALAMASHINISH QURILMALARI VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI
|
bet | 5/13 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #248217 |
Bog'liq Gossipol smolasini qizdirish uchun Quvur ichida quvur tipidagi issiqlik2.1. ISSIQLIK ALAMASHINISH QURILMALARI VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI
K oʻp yoʻlli, “truba ichida truba” tipidagiissiqlik almashinish qurilmasi. 2.1.2-rasmda toʻrt yoʻlli qurilma tasvirlangan.
Trubalar boʻshligʻi seksiyalanishi tufayli, seksiyadagi trubalar soni butun qurilmanikiga qaraganda kamayadi. Bu esa, suyuqlik oqimi harakatlanadigan koʻndalang kesim yuzasi kamayishiga va issiqlik eltkich tezligining ortishiga olib keladi.
Masalan, toʻrt yoʻlli qurilmada bir yoilikka qaraganda suyuqlikning tezligi toʻrt marta koʻp boʻladi. Ushbu hoi esa, trubalar boʻshligʻida issiqlik berish koeffitsiyentini oʻsishiga sababchi boʻladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har doim termik qarshiligi yuqori issiqlik eltkichning tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Trubalararo boʻshliqda suyuqlik oqimi tezligini va harakat yoʻlini uzaytirish maqsadida segment toʻsiqlar oʻmatiladi (2.1.2-rasm).
Gorizontal issiqlik almashinish qurilmalarida ushbu segment toʻsiqlar truba oʻrami uchun oraliq tayanchlar vazifasini ham bajaradi. Odatda, gorizontal qurilmalar koʻp yoʻlli qilib yasaladi va ularda suyuqliklar tezligi yuqori boʻladi. Bunday qilishdan maqsad, temperatura va zichliklar farqi ostida suyuqliklarning qatlamlarga ajralib hamda harakatsiz zonalar hosil qilmasligini taʼminlashdir.
Agar issiqlik almashinish qurilmasi qoʻzgʻalmas teshik panjara tuzilishi, qobiq va trubalar temperaturalarining oʻrtacha farqi 50 °C dan katta boʻlsa, qobiq va trubalar uzayishi har xil boʻladi. Bu hoi oʻz navbatida teshikli panjarada katta kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan issiqlik eltkichlar aralashishiga olib keladi. Shuning uchun, temperaturalar farqi katta boʻlganda, temperatura taʼsirida uzayishini kompensatsiya qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstruksiyalari qoʻllaniladi.
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta boʻlganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo boʻshliqlarida bosimlar R ≤ 6-106 N/m² boʻlganda ishlatiladi (2.1.3.-rasm).
Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalar qobigʻga payvandlab qoʻyiladi va u elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar koʻp joy egallamaydi.
|
| |