|
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi
|
bet | 6/13 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #248217 |
Bog'liq Gossipol smolasini qizdirish uchun Quvur ichida quvur tipidagi issiqlikU-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda bitta teshikli truba panjarasi boʻlib, U-simon trubaning ikkala uchi unga mahkamlanadi.
Shuni alohida aytish kerakki, trubalarning oʻzi kompensatsiyalovchi moslama funksiyasini bajaradi (2.1.4-rasm). Qurilma tuzilishi sodda va trubalarning tashqi yuzasini tozalash oson. Undan tashqari, ikki va undan ortiq yoʻlli boʻlgani uchun issiqlik almashinish jarayoni intensiv boʻladi. Trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin va teshikli panjarada koʻp miqdorda trubalar joylashtirish murakkab.
Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmasi. Truba va qobiqning katta siljishini taʼminlash zarur boʻlgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan foydalaniladi (2.1.4-rasm).
2.2. “QUVUR ICHIDA QUVUR” TIPIDAGI ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMASINING ISHLASH PRINSIPI
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi bir nechta elementlardan tarkib topgan boʻladi (2.2.1-rasm).
Har bir element katta diametrli tashqi truba 1 (odatda 25 — 159 mm) va konsentrik joylashtirilgan ichki truba 2 (odatda 57 — 219 mm) lardan tashkil topgan. Sovuqlik eltkich I truba ichida harakatlansa, issiqlik eltkich II trubalararo boʻshliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki trubaning devori orqali amalga oshadi.
Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo boʻshligʻda yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) erishsa boʻladi. Agar katta yuzalar zarur boʻlsa, bir necha seksiyalardan batareya hosil qilish oson va mumkin.
Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik-suyuqlik», “suyuqlik-bugʻ” sistemalarida issiqlik almashinish uchun qoʻllaniladi.
«Truba ichida truba» issiqlik almashinish qurilmaning afzalliklari: tuzilishi va yasalishi sodda; suyuqliklar tezliklari katta boʻlgani uchun issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti yuqori.
Kamchiliklari: qoʻpol; metall sarfi koʻp, trubalararo boʻshliqni tozalash qiyin.
|
| |