• TEXNOLOGIK QISM 2.1 AMMOFOS XOM-ASHYOLARI
  • Kimyoviy texnologiya




    Download 340.89 Kb.
    bet3/8
    Sana10.09.2023
    Hajmi340.89 Kb.
    #81060
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Asosiy Mamataliyev

    1.2 OKSIDLASH JARAYONLARI
    Asosiy organik sintez sanoatida oksidlash jarayonlarini amaliy ahamiyati katta. Ularning birlamchi vazifalari quyidagi sabablarga asoslangan:
    1.Oksidlanish natijasida olinadigan birikmalar katta ahamiyatga
    ega (spirtlar, aldegid va kctonlar, karbon kislotalar va ularning
    angidridlari, oksidlar, nitrillar va h.k.), ular organik sintezda oraliq
    mahsulotlar, erituvchilar, monomer va polimer materiallari ishlab
    chiqarishda xomashyo, plastifiqatorlar vazifasini bajaradi.

    1. Oksidlanish reaksiyalarining turli-tumanligi ko'p organik moddalar, shuningdek, uglevodorodlarning barcha sinflarining ushbu rcaksiyalarga moyil ekanligini ko'rsatadi. Bu esa oksidlanish jarayonlarini uglevodorod xomashyolarini birlamchi qayta ishlash va ular asosida ko'p sonli kerakli moddalar olish imkoniyatini yaratadi.

    2. Ko'pchilik oksidlovchi vositalar, ular orasida, ayniqsa, havo kislorodi arzon va qulaydir. Shuning uchun, boshqa usullarga nisbatan oksidlash bilan mahsulotlar olishni ancha arzonga tushishini ta'minlaydi.

    Yuqoridagi sabablarga ko'ra, oksidlanish jarayonlari organik sintezda keng tarqalgandir va iqtisodiy samarasiz mahsulotlar olishning ko'p usullari siqib chiqarildi.
    Oksidlanish jarayonlari tavsifi. Organik kimyoda oksidlanish reaksiyalarini tavsiflash uncha oson emas, chunki noorganik kimyo singari ularda elementlarning valent o'zgarishi sodir boimaydi. Shuningdek, ularning umumiy maqsadi molekulaga kislorod atomini kiritish emas; buoksidlanishga aloqasi bo'lmagan boshqa reaksiyalarda (gidroliz, gidratatsiya) ham uchraydi, undan tashqari shunday oksidlanish reaksiyalari borki, reaksiya natijasida molekuladagi kislorod atomlari soni o'zgarmaydi
    TEXNOLOGIK QISM
    2.1 AMMOFOS XOM-ASHYOLARI
    Fosfatlar kelib chiqishiga karab magmatik va cho’kindi holatda bo’ladi. Magmatik jins magmatik suyuqlanmaning sovushiga boglik bo’lmagan holda yoki qaynoq suvli eritmalardan ajralishda yoki bo’lmasa oxak bilan magmaning birikishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun zolli appatit donsimon katta kristallik strukturani hosil qiladi va polidisperslik va mikroporistligi yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.
    Cho’kmali fosfatlar uchun mayda kristalli struktura yukori poludisperslik va yorikli xususiyatlari xarakterli. Amorf formaga yakin bo’lgan anik kristall formali koagulyasiyalaydigan gelga o’xshagan holda uchraydi. Kup hollarda shuni aytish mumkinki, Koratog fosforiti uchun 1-2 mkm ulchamdagi zarralarning yirik va yaxshi kristallanishi, eston va kingisepp fosforiti uchun 1 mkm dan sezilarli kichik bo’lgan zarrachalarni kristallanishi xarakterli va yukori yorikli xossani namoyon qiladi.
    Konlarning paydo bulish formasiga karab cho’kindi fosfatlar platformasi va geosinklinal turlarga bulinadi. Ikkala tur rudalar plastik, jelvakli, donsimon va rakushkali fosfatlarni tashkil qiladi.
    Fosfatlar tabiatda mos togli jinslarni shamol bilan sovushda hosil bo’ladi. SHoxli va suyakdagi fosfor kelib chiqishi jihatidan organik hisoblanishi ma’lum, ular murakkab geokimyoviy jarayonlar ta’sirida er sharini anik bir joyida tuplanib koladi.
    Er kobigida fosfatlarning ogirlik kismi jihatidan: apatitlar 95%, ambligonitlar (Al(PO4) F) va vivianit 3%, vavellit, varissit, piromorfit, triplit va boshqa fosfatlar 0,5 % ni tashkil etadi.
    MIN-5 da utkazilgan mikroskopik tadqiqotlar natijalari shuni kursatdiki, Koratog fosforitidan olingan flotokonsentrat uzida shaffof bo’lmagan sillik kirrali mayda kristall modda parchalarini va turli optik zichlikni namoyon qiladi, ya’ni kulrangdan och sarik, tuk jigarranggacha kuzatilgan. 50 dan 356 mkm gacha zarrachali fraksiyalarga amorf struktura xarakterli emas.
    Boshqa fraksiyalarni tekshirish shuni kursatdiki, shaffof va chizikli zarralar kam bo’lib, romb formali zarralar uchraydi.
    Apatit konsentrati turli formadagi va ulchamdagi birlamchi kristallar aralashmasidan iborat bo’ladi. Kutblangan yoruglik nuri ostida birlamchi materialni tuzilish anizotropi, zarrachaning aloxida bulagi oyna parchasini yoki muz kristallarini va optik shaffoflikni eslatadi. Zarralarning sirti xech kanday nuksonsiz tuzilishi va bir jinsliligi bilan xarakterlanadi.
    Fosfat zarrasining urtacha diametri uzgarishi uning kimyoviy tarkibiga ta’sir qiladi. Flotokonsentrat zarrasining diametri ortishi bilan MgO/P2O5·100 kattalik ortadi. Maydalangan fosforit unida bunday tavsif boshqacha, ya’ni zarrachalar kancha yirik bulsa, MgO/P2O5·100 kattalik shuncha kichik bo’ladi.
    Olib borilgan tajribalarga kura birlamchi ruda flotatsiyasidan keyin MgO/P2O5·100 fosforit unini sulfat kislotali ishlov uchun ko’proq mos bo’lib koladi.
    Rudadagi P2O5 miqdori olingan EFK va ammofos sifatiga anik ta’sir kursatadi. Fosfat sifati pasayishi parchalanish koeffitsentini, fosfogipsni yuvishni va EFK olish jarayonida R2O5 chiqishini pasaytiradi.
    Tadqiqot uchun dastlabki ob’ekt sifatida biz tomondan foydalanilgan xom ashyo quyidagi tarkibni o’z ichiga oladi, ogirlik % da:
    P2O5 = 24,53-25,80;
    CaO = 37,72-41,76;
    MgO=2,16-3,50;
    Al2O3 = 0,86-1,18;
    Fe2O3 = 0,82-1,36;
    F = 2,0-3,75;
    CO2 = 5,09-9,23;
    erimaydigan qoldiq = 10,46- 20,42.



    Download 340.89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 340.89 Kb.