• Oltin eksporti
  • Yoqilg‘i mahsulotlarining eksporti va importi
  • Tashqi savdoda Xitoyga bog‘liqlik ortgan




    Download 308,34 Kb.
    bet7/8
    Sana20.02.2024
    Hajmi308,34 Kb.
    #159251
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    new ish

    Tashqi savdoda Xitoyga bog‘liqlik ortgan





    2023 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan top-10 davlat:

    • Xitoy – 6,9 mlrd dollar;

    • Rossiya – 5,3 mlrd dollar;

    • Qozog‘iston – 2,5 mlr dollar;

    • Turkiya – 1,9 mlrd dollar;

    • Koreya – 1,3 mlrd dollar;

    • Qirg‘iziston – 632,2 mln dollar;

    • Germaniya – 609 mln dollar;

    • Fransiya – 518 mln dollar;

    • Turkmaniston – 492 mln dollar;

    • Afg‘oniston – 471 mln dollar.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uchta mamlakat – Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
    Oltin eksporti
    Joriy yilning yanvar-iyul oylarida 5,6 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 37,7 foizini tashkil etadi. 
    O‘z navbatida oltin eksporti 2022 yilning mos davri bilan taqqoslanganda, 89,8 foizga ko‘paygan.
    Dastlabki 7 oylikda oltinsiz eksport 9,3 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga o‘sgan.
    Ma’lumot uchun, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.
    Yoqilg‘i mahsulotlarining eksporti va importi
    Rasmiy statistikaga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 201 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, 49,1 foizga ko‘p. O‘z navbatida mazkur davrda gaz eksporti 35 foizga yoki 342 mln dollargacha qisqargan.
    Avvalroq, joriy yilning dastlabki 7 oyi davomida O‘zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 295,3 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilingani xabar berilgandi.
    Shuningdek, 2023 yilning birinchi 7 oyida 98 million dollarlik ko‘mir import qilingan, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 56,6 foizga ko‘p.
    Hisobot davrida 79,6 mln dollarlik elektr toki sotib olingan (o‘sish – 19,2 foiz) va 47,2 mln dollar qiymatidagi elektr energiyasi (kamayish – 22,4 foiz) eksport qilingan.
    Neft va neft mahsulotlarining eksporti 73,1 foizga oshib, 142,7 mln dollarni, importi esa 59,6 foizga ko‘payib, 1 mlrd dollarni tashkil qilgan.
    2023 yilning yanvar-iyul oylari davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 9,5 foizga kamaygan bo‘lsa, elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,5 foizga oshgan.


    XULOSA
    Xalqaro savdo bugungi kunda o’zinig o’sish va ayrim sabablarga ko’ra pasayish ko’rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
    O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.
    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti prognoziga ko‘ra, 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish o‘rtachadan past darajada — 3 foiz bo‘lib qoladi. Ekspertlar aksariyat mamlakatlarda inflyatsiya markaziy banklar maqsadli ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishda davom etishini kutmoqda.
    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development) 2023 va 2024-yillarda jahon yalpi ichki mahsulot o‘sishi o‘rtacha darajadan past, mos ravishda 3 foiz hamda 2,7 foiz bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bu haqda tashkilotning yangi hisobotida aytiladi.
    “Energiya narxlarining pasayishi va Xitoyning „ochilishi“ ta’sirida 2023-yilning kutilganidan kuchliroq boshlanishidan so‘ng global o‘sish sekinlashishi kutilmoqda. Pul-kredit siyosati keskinlashuvining ta’siri borgan sari sezilarli tus olmoqda, biznes va iste’molchilar ishonchi pasaydi, Xitoyning iqtisodiy tiklanishi esa boshi berk ko‘chaga kirib qoldi”, — deyiladi hisobotda.


    Download 308,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 308,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi savdoda Xitoyga bog‘liqlik ortgan

    Download 308,34 Kb.