|
Kurs ishining maqsad va vazifalari
|
bet | 2/8 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 308,34 Kb. | | #159251 |
Bog'liq new ishKurs ishining maqsad va vazifalari: Globallashuv shaklini, tarixini, asosiy vazifalirini va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rnini o’rganish; globallashuvni xalqaro bozorga tasiri va bozor tizimini tariflash; xalqaro tashqi aloqalar va xalqaro bozor munosabatlarini o’rganish; O’zbekistonning tashqu aloqalarini o’rganish va ularni taxlil qilish.
1.Globallashuv shaklining vujudga kelishi
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi. Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bolishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari kochib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xojalik faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tugdirishi muqarrardir. Rivojlangan mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq korinib turibdi, biroq rivojlanayotgan mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bolmaydi. Ularning kopchiligi baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib beruvchilar sifatida ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bolib qolishini e‘tirof etish mumkin. Sobiq AQSH Prezidenti B.Klinton huzurida iqtisodiy maslahatchilar guruhiga rahbarlik qilgan J.Stiglits iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ta‘riflayotib, davlat va bozor munosabatlar ozaro hamkorlikka qaratilgan bolishi kerakligini hamda davlat bozordagi muvaffaqiyatsizliklarni yumshatishda va ijtimoiy adolatni ta‘minlashda muhim rol oynashi kerakligini qayd etgan. U ochliq, hayot standartlari pasayishi, ishsizlikni globallashuvning salbiy oqibatlari qatoriga kiritgan . Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasi bilan birga global iqtisodiyot tushunchasi keng qollanib kelinmoqda. Hozirda, yagona yaxlit bir global iqtisodiyot tushunchasi shakllanmagan bolib, murakkab tizim sifatida e‘tirof etilib kelinmoqda va ayniqsa, songgi yillarda bu tizimda katta ozgarishlar yuz bermoqda. Bu ozgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global tus olishi va jahon moliya bozorining tez sur‘atlarda rivojlanishi;
jahon va mintaqaviy inqirozlarning kelib chiqishi; turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida farqlarning chuqurlashuvi, shuningdek, ahborotkommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va raqamli, yangi iqtisodiyot tushunchalari kirib kelishi.
Global iqtisodiy tizim real voqeaga aylangan va uning qonunlari hamda rivojlanish shakllari jiddiy ozgarishni talab qiladi va Global iqtisodiyot taraqqiyotimizning kop jihatlariga ta‘sir korsatadigan hozirgi zamonning eng muhim fenomenini ifodalashini isbotlaydigan qoshimcha dalillar kerak emas, deb qayd etadi O. Bogomolov. Globallashuv jarayonlarning hozirga kelib bir qator xususiyatlarini e‘tirof etish mumkin. Birinchidan, globallashuvning muqobilligi globallashuvning ichki qaramaqarshiligini aks ettiruvchi globallashuv jarayonlarining turli variantlaridir . Globallashuv muqobilligi globallashuv jarayonlarining ornini bosadigan biror narsa taklif qilmay, ularning ichki variabelligini ifodalaydi. Bu eng avvalo globallashuv royobga chiqariladigan quyidagi modellarga taalluqli: liberal model (ba‘zida neoliberal terminidan foydalaniladi) yoki ijtimoiy moljal olgan model. Ikkinchidan, globallashuv muqobillari mintaqalarga bolinishda namoyon boladi, unga muayyan izchillik beradigan va uning eng salbiy oqibatlarini kamaytiradigan oziga xos shakli sifatida qaraladi. Globallashuvning muqobilligining borligi jahon globallashib borayotgan bir paytda globallashuvning ozi uchun salbiy oqibatlarini kamaytirib va bu jarayonlardan imkon qadar kop foyda olib, inson uchun globallashuv jarayonlariga ta‘sir korsatish imkoniyatini yaratadi. Globallashuv jarayonlari tolqinsimon rivojlanish xususiyatlariga ega bolib, uning rivojlanishida bir qator tolqinlarni keltirish mumkin. XIX va XX asrlarda globallashuvning birinchi tolqini nazariyachilari (R. Kobden va J. Brayt) erkin savdo shubhasiz iqtisodiy osishga olib kelishi va misli korilmagan taraqqiyot tufayli xalqlar ozaro adovatni unutishi haqidagi qoidani ishonch bilan asoslab berishdi. Britaniya ozining dengizdagi, sanoatdagi va moliyaviy quvvati bilan globallashuvning birinchi tolqiniga kafil boldi. Globallashuvning jahondagi nizoli muhitga ijobiy ta‘sir korsatishi haqidagi goya N. Eynjelning Buyuk illyuziya nomli kitobida (1909) ishonchli ta‘riflab berildi. Asarda muallif jahon mamlakatlarining bir-biriga iqtisodiy bogliqligi natijasida global nizolar paydo bolishi mumkin emasligini isbotlab berdi: 1914 yil arafasida Britaniya va Germaniya (asosiy tashqi siyosiy antagonistlar) bir-biri uchun ahamiyati boyicha ikkinchi orinda turadigan savdo hamkorlari edi. Britaniya va Germaniya yalpi milliy mahsulotining tegishli ravishda 52 foizi va 38 foizi tashqi savdoga togri kelardi. Biroq 1914 yil avgustda millatlarning global yaqinlashuvi muqarrarligi haqidagi taxmin asossizligini korsatdi. Birinchi jahon urushi millatlarning iqtisodiy-axborot-aloqaviy yaqinlashuviga qattiq zarba berdi. Jarayonni jonlashtirish uchun kop vaqt talab etildi. XX asrning oxirgi on yilligidagina (ikkita jahon urushi, Buyuk turgunlik va kop sonli ijtimoiy sinovlardan keyin) XX asrda yaratilgan liberal iqtisodiy tartib jahon amaliyotiga qaytadan joriy etila boshlandi. Rejali iqtisodiyot bilan raqobatlashishda Garbning bozor iqtisodiyoti tizimi jahonni yagona bozor iqtisodiyotiga aylantirib, golib bolib chiqdi. Globallashuvning ikkinchi bosqichi (tiklanish) 1970-yillarning oxirida ahborot va telekommunikatsiyalarda yuz bergan inqilob asosida boshlandi va globallashuv jarayonlarining yangi xususiyati yaqqol namoyon boldi. Transmilliy korporatsiyalar va nohukumat tashkilotlar milliy chegaralarni osonlik bilan yorib otib, barcha mamlakatlarda faoliyat yurita boshladi. Hozirga kelib, kopchilik mualliflar globallashuv tushunchasini global sozi etimologiyasiga yaqin ma‘noda, ya‘ni yaxlit, umumiy, umumjahon ma‘nosida talqin etadi va qo’llaydi. Jahon hamjamiyati uchun umumiy ahamiyatga ega bolgan, umuminsoniy hisoblangan, barcha xalqlar va fuqarolar, mamlakatlar hamda madaniyatlar manfaatlariga daxl qiladigan va ehtiyojini ifodalaydigan omillar, tendensiyalar va jarayonlar global hisoblanadi hamda shunday qabul qilinadi va baholanadi. Global muammolar bu umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogliq, hozirgi zamon muammolaridir. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut goyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bolsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bolgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boldi. Buni terrorchilik, ekstremizm korinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi.
Ikiknchidan, Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan global muammolar – jahon xojalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transmilliy korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar ortasidagi farq osib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 foizini ishlab chiqargan bolsa, kambagal davlatlar atigi 1 foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bolsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qoyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi.
Uchinchidan, ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil kopayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziqovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugdiruvchi kasalliklar tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi. Tortinchidan, inson va tabiat ortasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar - ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulganishi, ormon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari kop ishlatilishi natijasida qishloq xojaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Orol dengizi suvi kamayib, goyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya‘ni uzviy ravishda ozaro boglangan bir butun jahon xojaligining shakllanishi tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Mazkur jarayonning ibtidosi asrlar tubida yashirinib yotibdi. Bu ozgarishlar xalqaro infratuzilmada iqtisodiyot globallashuvining makro va mikro darajalariga olib keldi. Globallashuvning mikro darajasi kompaniyaning milliy chegaralardan tashqarida ishlab chiqarishni va bozorni kengaytirish strategiyasi bilan belgilanadi. Globallashuvning makro darajasida milliy iqtisodiyotni xalqaro hamjamiyatga boshlovchi kuchlarning birligi tushuniladi. Bu kuchlarga birinchi darajada togridantogri xorijiy sarmoyalarni, texnologiyalarning almashinuvi, tovarlar va xizmat savdosining osishiga aytishimiz mumkin. Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsiya uyushmalarining iqtisodiy faollikka tortib, savdo va investitsiya to’siqlarini olib tashlaydi, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi. Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi ozaro kelishuvlarni qamrab oladi. Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo boladi. Kopgina yirik TMK lar global miqyosda harakat qiladi. TMKlar globallashuv jarayonining sub‘ekti bolib, globallashuvning asosini, ya‘ni uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchidir. Globallashuvning mikro darajasiga zamonaviy informatsion texnologiyalar sabab bolishi bilan bir qatorda, kopgina firmalar tomonidan raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida qilingan sa‘iy harakatlari, standartlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, olchash, ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini tekshirish va nazorat qilish, xalqaro savdoning tez osishiga yordam beradi. Zamonaviy jahon xojaligi - bu nafaqat jahon ishlab chiqarish kuchlarining globallashuv natijasidir, balki ularning ozi global moliya-kredit va valyuta tolovlarining yaqin aloqasidir. Barcha ob‘ektiv ozgarishlar, ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo, xorijiy sarmoyalar va moliya soxalarida jahon iqtisodiyotini butun bir yaxlit organizmga aylantirdi. Shu orinda globallashuvning ijobiy va salbiy oqibatlarini togri aniqlash ham maqsadga molikdir. Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagilardan iboratdir:
•globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashish chuqurlashib boradi. Bunda mablag va resurslar samarali sarflanadi;
•globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan yana biri xarajatlarning qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror osishni ta‘minlab berishi;
•globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
•globallashuv raqobatning kuchayishini yangi texnologiyalarni yaratilishini, shuningdek mamlakatlar ortasida keng tarqalishini ta‘minlashi;
• xorijiy davlatlarnnig ilgor ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishilishi;
•globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi va natijada narxlarni pasaytirish va tanlash imkoniyatini beradi;
•globallashuv ilg’or texnologiyalarning tarqalishi va global miqyosdagi ishlab chiqarishning ratsion almashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib keladi. Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyallarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etishi mumkin bo’ladi;
•globallashuv moliyaviy resurslarning asosiy qismi aylanishini ta‘minlashga keng imkon yaratadi.
Globallashuv jahon hamjamiyatini turli sohalarda harakatlarini faollashtirib, insoniyat uchun umumiy muammolarni, eng avvalo ekologik muammolarni xal etish uchun jiddiy asos yaratadi. Kopchilik mutaxassislar, globallashuvning pirovard natijasi jahondagi mamlakatlarda farovonlikning oshishiga olib keladi, deb umid qiladilar. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlar rivojlangan mamlakatlarda xayrixoxlik bilan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotir bilan qabul qilinmoqda. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun ham globallashuvdan kim foyda koradi, degan savol turli munozaralarga sabab bolmoqda. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeyini mustahkamlab, ularga qoshimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy kam rivojlangan mamlakatlar mavqeyi salbiy ozgarishiga sabab bolib, ularni globallashuv jarayoni sub‘ektlariga emas, balki ob‘ektlariga aylantirishi mumkin.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Jahon iqtisodiyoti (jahon xojaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga kora – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig’indisidir. Agar jahon xojaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid qobiliyati pariteti (XQP) boyicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi. Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi global iqtisodiyot ajratiladi. Bu milliy iqtisodiyotlarning va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ni tashqi dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni hatlab otmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va resurslar mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng avvalo global iqtisodiyot bilan boglangan. Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib korilsa, uning hajmi jahon iqtisodiyotidan bir necha marta kam boladi. Bu shuning uchun roy beradiki, jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 % ini ishlab chiqaruvchi YaIM hajmi boyicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bolgan talab va taklifga yonalgan boladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 16-18% eksportga yonaltiriladi, togridan togri investitsiyalar oqimi Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qoyilmalar hajmiga eng kopi bilan 16% (ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qoshadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga kora ish joylarining 10 %ga yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu korsatkichlar bundan yuqori emas. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi kop jihatan global muammolar tushunchasi bilan bogliqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga kora global muammolar nomini oldi. XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga otib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda korila boshladi.
|
| |