O’zbekistonning tashqi savdosi




Download 308,34 Kb.
bet6/8
Sana20.02.2024
Hajmi308,34 Kb.
#159251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
new ish

5.O’zbekistonning tashqi savdosi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar
2023 yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 35 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda Xitoyning ulushi – 19,5 foizgacha oshgan. Hisobot davrida 5,6 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 90 foizga ko‘p. Statistika agentligi O‘zbekistonning 2023 yil yanvar-iyul oylaridagi tashqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida respublika tashqi savdo aylanmasi (TSA) 35 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 14,9 mlrd dollarni, import hajmi esa 20 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 31 foizga, import hajmi 18,1 foizga oshgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 5 mlrd dollarga yetgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida Xitoyga bog‘liqligi ortib bormoqda. Xususan, yil boshidan beri Xitoyning O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 6,9 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmining 19,5 foizini tashkil qilgan.





Download 308,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 308,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonning tashqi savdosi

Download 308,34 Kb.