Orqa osmaning tuzilishi va ishlashi. «Neksiya» avtomobilining orqa osmasi (60-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, hamda bir-biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan biriktirilgan, bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina va amortizator ham bor.
«Neksiya» avtomobilining orqa osmasi (60-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, hamda bir-biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan biriktirilgan, bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina va amortizator ham bor.
Amortizator va prujinalar ayri joylashgan. Osmaning ko‘ndalang to‘sini sharnir yordamida kuzov kronshteyniga mahkamlangan. Osma richaglariga avtomobilning ko‘ndalang turgunligini ta’minlash stabili-zatori mahkamlangan.
Orqa g‘ildirak osmalari ham mustaqil emas, ressorali bo‘lib, so‘ndiruvchi qismi ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortiza-torlardir. Yuk avtomobilyining orqa g‘ildiraklariga to‘g‘ri kelgan yuklamaning o‘zgarishini hisobga olib asosiy ressoraga qo‘shimcha ressora biriktirilgan.
Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik yo‘nalishda tebratadi. Tebranishning me’yoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va yo‘lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov tebranishini me’yorlash muammosi paydo bo‘ladi.
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so‘ndirgich - amortizatordir.
60-rasm. Neksiya avtomobilining orqa osmasi.
Amortizatorlar ikki turli, richagli va teleskopik bo‘ladi. Teleskopik amortizatorlar o‘z navbatida bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydi-ganlarga ajraladi. Richagli amortizatorlar zamonaviy avtomobillarda ishlatilmaydi.
Ikki tomonlama ishlaydigan amortizator nafaqat kuzov yuqoriga harakatlanganda, balki pastga tushayotganda ham uning tebranishini so‘ndiradi. Natijada avtomobilning yurish ravonligi yanada yaxshilanadi.
Amortizator uchta bo‘lakdan, silindr va silindr tagi, shtok va porshen hamda yo‘naltiruvchi vtulkalardan iborat (61-rasm).
Porshenda doira bo‘yicha ikki qator joylangan teshikchalar bo‘lib, yuqori qator teshikchalar tepasidan o‘tkazuvchi klapan va uning kuchsiz
prujinasi bilan berkilib turadi. Pastki qator teshikchalar esa kuchli prujinali qaytish klapani bilan berkitilgan. Silindr tagida esa siqish va o‘tkazuvchi klapanlar joylashgan. Ikkinchi o‘tkazuvchi klapan ham kuchsiz prujina bilan teshiklarni berkitib turadi.
61-rasm. Amortizatorning sxemasi.
1-yuqori tayanch; 2-himoyalovchi qobig‘; 3-shtok; 4-silindr; 5-klapanli porshen;
6-pastki tayanch; 7-g‘ildirak o‘qi; 8-avtomobil kuzovi.
Amortizator maxsus suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lib, suyuqlikni bir hajmdan ikkinchisiga haydashda xosil bo‘ladigan qarshilikdan kuzov tebranishi so‘ndiriladi.
|