Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment Mt dan hosil bo‘lgan Rt kuchini ramaga (kuzov) uzatib, ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni, hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma, yondan ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga vertikal yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama) tebranishini so‘ndiradi.
Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan tasir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bulinadi (59-rasm).
a) nomustaqil osma. b) mustaqil osma
59-rasm. Avtomobil osmalari.
Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, TIKO, NEKSIYAlarning old osmalari misol bo‘la oladi.
Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi. Bu turdagi elastik qismda havo bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati borligi uning afzalligidir. Balonlar ikki yoki uch seksiyali bo‘lib, uning har bir bo‘linmasi bo‘luvchi halqa bilan ajratilgan. Balon bo‘linmalari ikki qavatli rezina korddan iboratdir. Bundan tashqari, balonni maxkamlash uchun siquvchi xalqa bor. Balonlardagi bosim 0,3-0,5MPa bo‘lib 2-3 tonna yuk ko‘tarishi mumkin. Balonlarning kam-chiligi, faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun chidamliligi kamdir.
Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda qo‘shimcha elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo‘llaniladi.
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi.
Stabilizator avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini yaxshilaydi.
Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalariga o‘rnatiladi, lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi. Stabilizator P-simon shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan yasaladi. Sterjenning o‘rtasida rezina tayanch yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham mumkin.
|