• Qattiq maishiy chiqindi poligoni
  • Chiqindi chiqaradigan gazlardan




    Download 298,35 Kb.
    bet6/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi298,35 Kb.
    #246956
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    zararli chiqindilar

    Chiqindi chiqaradigan gazlardan elektr energiya olish mumkin, biroq...
    Aksariyat odamlar so‘nggi manzilda yig‘ilgan chiqindilar yoqib yuboriladi, deb o‘ylaydi. Poligon bo‘ylab «ekspeditsiya» chog‘ida har yerda mayda alangalarning borligiga, chiqindi uyumlari orasidan achchiq, qora tutun chiqayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Lekin bu chiqindini yo‘qotish maqsadida qilinmagan, balki tabiiy ravishda hosil bo‘lmoqda. Poligon uchun mas'ul bo‘lgan, zichlab jamlangan chiqindining orasida metan gazi yig‘iladi. U issiq ob-havo yoki yengil ta'sir natijasida ham alangalanib ketishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, chiqindi poligonlarini bunyod etishning sanitar-epidemiologik me'yorlari mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, poligonlar aholi turar joylari, ekin maydonlari, suv manbalaridan bir kilometr uzoqlikda joylashishi kerak. «Chiqindi poligonlari hozirgi kun talabiga javob beradigan tartibda qurilmagan. Aholiga yer ajratilishi natijasida ular tobora poligonga yaqin hududni egallab borgan. Ayrim poligonlarda me'yorlarga rioya qilinmagani uchun suv manbalari va ekin maydonlariga yaqinligi ma'lum bo‘ldi. Oxirgi ikki yil mobaynida bunday joylashuvdagi poligonlarning faoliyati to‘xtatilib, yopib tashlandi»,
    Qattiq maishiy chiqindi poligoni — qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish, zararsizlantirish va izolyasiyalash (ko‘mish) uchun mo‘ljallangan hamda atmosfera havosi, tuproq, er usti va er osti suvlarining ifloslanishidan himoya qilinishini ta’minlovchi, kemiruvchilar, hasharotlar va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar ko‘payishining oldini oluvchi kompleks inshoot (chiqindixona).
    Qattiq maishiy chiqindi istalgan kattalikdagi aholi punktlari uchun tashkil etilishi mumkin. Er uchastkalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash va qattiq maishiy chiqindilarni tashish harajatlarini kamaytirish maqsadida bir biriga yaqin aholi punktlari uchun markazlashgan poligonlarni tashkil etish maqsadga muvofiq.

    XULOSA
    Yer yuzida toza ekologik muhitni saqlab qolish uchun e’tibor berishimiz kerak bo’lgan yana bir jihat bu chiqindilarni qayta ishlash tizimidir. Negaki, butun dunyo bo’ylab aholi sonining oshishi, ishlab chiqarishning kengayishi, zararli kimyoviy moddalarga ega bo’lgan chiqindilar turi ko’payishi hisobiga atrof muhitning zaharlanishi tezlashyapti. Yuqumli kasalliklar, epidemiyalar, havoning ifloslanishi bu muammolar zamirida ham axlatlarni to’g’ri yo’q qilishga loqayd yetishmasligi turadi.


    Ayrim davlatlar chiqindilarni qayta ishlash tizimini yirik biznesga aylantirayotgan bir vaqtda biz hali ham ularni saralab tashlash madaniyatiga ega emasmiz. Shisha, plastmassa, oziq-ovqat mahsulotlarini alohida axlat qutilariga tashlash majburiyati hali ham shakllanmagan. Bunday vaziyatda ularni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati sekinlashishi turgan gap.
    Ayni elektr- energiyasi taqchilligi kuzatilayotgan bir davrda samarali, arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi juda foydali emasmi? Jahondagi turli davlatlarda chiqindilarni qayta ishlash korxonasiga topshirish (pullash) uchun uzoq navbatlar hosil bo’lishini bilasizmi? Hatto chiqindilar eksporti borliginichi?
    Shu yili Avstraliya o'z oldiga 2030-yilgacha mamlakatda ishlab chiqariladigan chiqindilarning 80 foizini qayta ishlashni maqsad qilib qo’ydi. Bu degani avstraliyaliklar 2030-yilgi maqsadga erishish uchun har yili qo'shimcha 12,92 million tonna chiqindilarni kamaytirishi yoki qayta ishlashlari kerak bo'ladi. Bu katta ko’rsatgich, lekin avstraliyaliklar soha bo’yicha tajribaga allaqachon ega. Shvetsiya esa shishasining 94 foizini qayta ishlaydi.
    Hozirda chiqindilar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mamlakatlar bu sohadagi muammolarni yechishni chiqindilarni saralash va tarif siyosatini o’zgartirishdan boshlagan. Biz ham atrof-muhitga, iqtisodga, tozalikka befarq bo‘lmagan holda maktab, universitet va shunga o‘xshagan jamoatchilik joylarida chiqindi saralab solinadigan qutilarni ko‘paytirishimiz kerak. Shundagina ijtimoiy turmush va iqtisodga foyda keltirish barobarida kelajak avlodga ham xizmat qilgan bo‘lamiz.



    Download 298,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 298,35 Kb.