Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash




Download 298,35 Kb.
bet2/7
Sana20.05.2024
Hajmi298,35 Kb.
#246956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zararli chiqindilar

1. Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash
Sanoat korxonalari atmosfera havosi tarkibiga chiqarayotgan zaharli gazlarni mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorda bo’lishini ta’minlash maqsadida turli xildagi tozalash usullaridan foydalaniladi. Bu usullar sanoat korxonalri tomonidan chiqarilayotgan zaharli gazlarning tarkibiga qarab tanlanadi.
Sanaot korxonalari chiqarayotgan zaharli kimyoviy gazlar tarkibiga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin. Sanoat chiqindi gazlarni tarkibidagi zararli qo’shimchalar ikki guruhga bo’linadi:

  • mayda zarrachalar (aerozollar), changlar, tutun va tuman;

  • gaz va bug’ holidagi birikmalar;

Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo’lgan qattiq hamda suyuq zarrachalardan iborat bo’lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema chiqindilari bilan birga chiqadi. Anorganik changlar esa, sanoat chiqindilarida metall va uning rudalari alyumosilkatlar turli mineral tuzlar o’g’itlar karbidlar va shunga o’xshash anorganik birikmalarni qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
Organik tavsifga ega bo’lgan changlarga ko’mir, torf, slanes, pista ko’mir va qurum kiradi Sanoat chiqindi gazlaridagi tumanlar asosan sulfat hamda fosfat kislotalardan iborat.
Ikkinchi guruhga gaz hamda bug’ holidagi qo’shimchlar birmuncha ko’p bo’lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz holatidagi oksidlar aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, piridinlar kiradi.
Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi zararli birkmalar odam, o’simlik hamda hayvonlar uchun zararligidan tashqari, bu chiqindilarning iqtisodiy ziyoni ham bor.
Chunki bu chiqindi gazlar bilan birgalikda to’planib bo’lmaydigan holatdagi ko’p foydali birkmalar organik erituvchilar, metallar, oltingugurt oksidlari havoga chiqarib yuboriladi. Masalan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda havoga chiqarib yuborilayotgan oltingugurt miqdori shu mamlakatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan oltingugurt miqdoridan ko’p.
Bundan tashqari, havo tarkibida turli kimyoviy moddalar bo’lganda metallar tez zanglaydi masalan, sanoat rayonlarida po’lat qishloq yerlariga qaraganda 3-4 marta tez zanglaydi.
Atmosfera havosini sanoatning zararli chiqindilaridan muhofaza qilishning muhim choralari, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish hamda mavjudlarini takomillashtirish yo’li bilan zararli birikmalar bo’lishiga yo’l qo’ymayslik yoki alohida jarayonlarda siklik sxemalarni qo’llash hamda xom ashyo va chiqindilardan kompleks foydalnib, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishdan iborat.
Masalan, rangli metallurgiya zavodlaridan havoga chiqarib yuboriladigan SO2 sulfat kislota olish uchun ishlatilsa, havo ifloslanishdan muhofaza qilingan bo’ladi va shu bilan birga ishlab chiqarilyotgan sulfat kislotaning tannarxi kimyoviy zavodlarda boshqa usullar bilan ishlab chiqariladigan sulfat kislotaga nisbatan 30% ga kamayadi.
Atmosferaga gaz chiqarmay ishlaydigan siklik jarayonga misol: ammiakning sintezidir. Texnika va texnologiyaning hozirgi holatida zaharli birikmalarni havoga sira chiqarmaslik imkoniyatlari deyarli yo’q. Shuning uchun ham havoni bunday birikmalardan muhofaza qilishning eng oson imkoniyati, turli gaz tozalovchi inshootlardan foydalanishdan iborat. Bunday inshootlarning asosiy vazifasi chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birkmalar konsentratsiyasini sanitariya me’yorlari bo’yicha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan konsentratsiyagacha kamaytirishdir.
Bu ishni gaz tozalagichlar yordamida bajarishning iloji yo’q, u holda chiqindi gazlar tarkibidagi zararli birkmalar konsentratsiyasini ko’p marta suyultirish yo’li bilan bir necha barobar kamaytiriladi yoki juda baland gaz trubalari orqali atmosferaning yuqori qavatlariga chiqarib yuboriladi.
Chiqindi gaz tarkibidagi zararli birikmalarning tavsifiga qarab, ularni tozalash usullari uch turga bo’linadi:

  • suyuqliklar yordamida absorbsiyalash;

  • qattiq yutuvchlar yordamida adsorbsiyalash;

  • katalitik tozalash;

Suyuqliklar yordamida absorsiyalash zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bolib, hozirda u eng keng tarqalgan hamda eng ishonchli usuldir.
Bu usul sanoat miqyosida chiqindi gazlardan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt (II) oksid, vodorod sulfid va boshqa oltingugurtli birikmalar, kislota bug’lari, sianli birikmalar va turli zaharli birikmalar (fenol, formaldegid, ftor angidrid)ni tutib qolish uchun keng qo’llanilmoqda.
Adsorbsion tozalash usuli uzluksiz siklik jarayondan iboratdir, chunki bu uslda qo’llanilayotgan suyuyqliklar ma’lum vaqtdan so’ng regeneratsiya qilinib yana qaytadan tozalash uchun qo’llaniladi. Sanoatda absorbsion reaktorlar sifatida to’ldiruvchilar bilan to’ldirilgan minoralar, tarelkali yoki polkali reaktorlar ko’proq qo’llaniladi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati uning uzluksizligi nisbatan kam xarajat sarflanib, ko’p zararli birikmalarni ushlab qolishi hamda tozalovchi suyuqliklarning oson regeneratsiya qilinishidir. Uning kamchiligi esa, qo’llaniladigan jihozlarning ko’pligi va qo’polligi, texnologik jarayonlarning murakkabligi va ko’p bosqichligidir.

Download 298,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 298,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash

Download 298,35 Kb.