|
Oqava suvlarni tozalash va qayta foydalanish
|
bet | 3/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 298,35 Kb. | | #246956 |
Bog'liq zararli chiqindilar2.Oqava suvlarni tozalash va qayta foydalanish
Inson organizmi uni o’rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog’liq. Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir etar ekan. Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash inson sog’lig’ini saqlash demakdir.
Tashqi muhit omillaridan biri ifloslangan suvdir. U organizmga ta’sir qilish va kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u meda-ichak, gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham chiqindilar tashlanadigan suv tez-tez bakteriologik jihatdan tekshirib turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini ifloslanishdan asrasa, ikkinchi tomondan shu bilan bog’liq ko’pgina kasalliklarning oldini oladi. Xo’jalik chiqindi suvlari aholining kundalik hayoti davomida hosil bo’ladigan va turli moslamalar yordamida kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan chiqindi suvlardir.
Bu suvlar tozalash inshootlariga oqib boradi. Chiqindi suvning umumiy miqdorini bilish uchun har bir kishiga sarflanadigan suv miqdori hisoblab chiqiladi. Sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqilgan mahsulotning bir qismi uchun sarflanadigan suv miqdori yig’indisi hisoblab chiqiladi. Suv sarfi o’sha joy aholisining madaniyati, taraqqiyot darajasiga bog’liq. Chiqindi suvlar ichki kanalizatsiya tarmoqlari orqali tashqi kanalizatsiya tarmoqlariga tushadi. So’ngra chiqindi suvlar trubalar orqali kanalizatsiya sistemasiga va tozalsh sistemasiga va tozalash inshootlariga oqib boradi.
Chiqindi suvlar o’zi bilan birga erigan osilma moddalarni, loylarni, qumlarni, ulardan tashqari, suvga tashlangan po’choq, qog’ozlarni tozalash inshootlariga oqizib keladi. Bulardan tashqari, umumiy va uy-joylardan chiqadigan yuvindi va hojatxona suvlari ham kanalizatsiya suviga qo’shiladi va tozalash inshootlariga oqib boradi. Bunday chiqindi suvlar turli fizik, kimyoviy va bakteriologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Kanalizatsiya suvlarining tarkibi bir xilda bo’lmaydi. Aksincha, ularning konsentratsiyasi, miqdori ba’zi bir ingrediyentlar nisbati bir-biridan doimo farq qiladi. Xo’jalik chiqindi suvlar tarkibiga, ularning xossalariga o’rtacha baho berish uchun sistemali ravishda suvdan namunalar olib tekshirib turish kerak. Shundagina chiqindi suvlarning tarkibiga, miqdoriga va boshqa xususisyatlariga o’rtacha baho berish mumkin bo’ladi. Xo’jalik chiqindi suvlarining rangi xira, o’ziga xos yoqimsiz hidli bo’ladi. Suvning kimyoviy tarkibi noorganik moddalarga birmuncha boy, ba’zi moddalar esa erigan holatda bo’ladi. Umuman olganda, chiqindi suvlarning 60%i organik moddalarga to’g’ri keladi. Ular ikki ko’rsatkichi bilan, ya’ni suvning oksigenga bo’lgan biokimyoviy talabi va oksidlanishi bilan baholanadi.
Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar kimyoviy yo’l bilan oksidlanish uchun sarflangan oksigen miqdori bilan aniqlanadi. Suvning oksigenga bo’lgan biokimyoviy ehtiyojini 5-20 kun ichida aniqlash mumkin.
Chiqindi suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va cho’kma hosil qilishdir. Cho’kma xo’jalik chiqindi suvlarini tindirish yo’li bilan ajratib olinadi. Cho’kmalar nordon reaksiya beruvchi, tez chiriydigan, noxush hid tarqatadigan moddadir. U o’z tarkibida ko’p miqdorda patogen kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi.
O’simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho’kmalarda o’zining hujayra tuzilishini saqlaydi va namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho’kmaning qurishiga halal beradi.
Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho’kmani zararsiz holatga keltirish bo’lib qoldi. Cho’kmada achish jarayonining bo’lishi uning salbiy xususiyatlari yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda uning colloid tuzilishi parchalanadi, namligi yo’qolib, hajmi ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya ishqorli reaksiyaga o’tadi, patogen mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o’ladi. Sanitariya xodimlarining vazifasi cho’kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir.
Chiqindi suvlarni tindirishga mo’ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo’linadi:
faqat osilma moddalarni tindirishga mo’ljallangan tindirgichlar;
osilma moddalarni ushlashga va cho’kmani qayta ishlashga mo’ljallangan tindirgichlar.
Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi ish jarayonini pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho’ktiradi. Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo’lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki suvdagi cho’kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. Cho’kma bo’shliqda yig’ilganda suv harakati natijasida loyqalanib ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 m, unda suv harakati sekundiga 7 mm ga pasayadi.
Biologik usul bilan chiqindi suvlarni tozalashdan maqsad ularni zararsizlantirish, ular tarkibidagi organik moddalarni mineral noorganik moddalarga aylantirish, kolloid moddalarni parchalash, mexanik usul bilan tozalash mumkin bo’lmagan iflosliklardan holi qilishdir. Biologik suv havzalarining kattaligi 1 gektarga teng bolib, chuqurligi 0,5-1 m bo’ladi. Biologik suv havzalari chiqindi suvlarni gelmintlardan, patogen mikroblardan ozod qilish uchun foydalaniladigan yopiq suv havzalaridir. Agar sug’orish maydonlari suvni qabul qilmasa uni shunday suv havzalariga tushirsa ham bo’ladi.
Chiqindi suvlar qishloq xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan bo’lsa, turli kichik suv havzalaridan foydalanish mumkin. Bularning ichida eng ahamiyatlisi oksidlovchi biologik suv havzalaridir. Bunday suv havzalarida ichak tayoqchalari, gelmintlar deyarli yuz foiz nobud bo’ladi. Biologik hovuzlar kam miqdordagi chiqindi suvlarni tozalashga mo’ljallangan.
Ulardan ko’pincha yoz faslida keng foydalaniladi. Chiqindi suvlarning bunday suv havzalarida tozalanishi uchun uzog’i bilan 8-10 kun vaqt ketadi. Oksidlovchi suv havzalari ishini yaxshilash uchun ular bo’linmalarga bo’linadi.
Bu bo’linmalar alohida ishlaydi. Har bir bo’linmaga ikki kun suv suv to’ldirib qo’yiladi, uni tozalash uchun 10 kun kerak bo’ladi. Bunday bo’linmalar kamida 5 ta bo’lishi kerak. Bo’linmalar maydoni 0,3-1,5 gektar bo’lib, suv havzalarining tagi 0,01-0,015 ga teng. Hovuzning bo’yiga parallel qilib betonli nov ochiladi. Suvning chiqib ketishi va kirishi uchun ham 15-20 metrli beton moslamalar joylashtiriladi.
Tindirilgan suv suv havzalariga tushiriladi. Cho’kmalarni chiqarish uchun suv havzasining tagiga maxsus truba o’rnatiladi, kuz faslida cho’kmalar chiqindi suv bilan suyultirilib sug’orish shudgorlariga tashlanadi.
Chiqindi suvlarni tezroq tozalash zarur bo’lsa, suv havzasida 10-15% tozalangan suv qoldiriladi. Oksidlovchi suv havzalaridagi suv qatlami 0,6 metr bo’lishi kerak. Suv yuzasi bilan atmosfera havosining almashinib turishi suvning tezroq oksidlanishiga imkon beradi. Havo harorati 6C bo’lganda biologik hovuzdagi suvning tozalanishi normal davom etadi. Biologik hovuzlar yozning issiq kunlarida, yuqori haroratda suvni yaxshi tozalaydi. Hozir butun dunyoda chiqindi suvlar biologik hovuzlarda tozalanadi. Chunki keyingi vaqtda suv tarkibi juda o’zgarib ketdi. Biologik suv tozalash hovuzlarining o’ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bunday hovuzlarda suvning tozalanishi iqlimga bog’liq. U 2-3 kundan 2,5-3 oygacha cho’zilishi mumkin.
|
| |