• 4.Chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqariladi
  • Kirish Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash




    Download 298,35 Kb.
    bet5/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi298,35 Kb.
    #246956
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    zararli chiqindilar


    Poligonlar

    ─ Hozirda respublika bo‘ylab 221ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, ularning maydoni 0,5 gektardan 70-80 gektargacha boradi. Ko‘pchilik poligonlarning foydalanish muddati 20-30 yilni tashkil etadi. Bu poligonlarda chiqindini joylashtirish talablariga o‘z vaqtida yetarli darajada e'tibor berilmagan holda ish olib borilgan. Yaqinda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasiga muvofiq, chiqindi poligonlarining holatini optimallashtirish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, respublikadagi poligonlar soni qisqartirilib, 59tasi qoldiriladi. Xalqaro moliyaviy manbalar mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy poligonlarni barpo etish, qolgan poligonlarni me'yorlarga muvofiq rekultivatsiya qilib, yopish ko‘zlangan. Dunyo tajribasidan ma'lumki, maishiy chiqindi poligonlari to‘lgach, ularga gaz oluvchi trubalar o‘rnatiladi va rekultivatsiya qilinadi. Ya'ni, chiqindi uyumlarining ustidan tuproq tortiladi, daraxt va o‘simliklar ekib ko‘kalamzorlashtiriladi hamda davlat yer fondiga qaytariladi.
    4.Chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqariladi
    “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida xorijiy korxona tashkil etiladi.

    Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan, Ohangaron va Parkent tumanida chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


    Qarorga muvofiq, 2018 yil 14 sentyabrda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.
    Shartnomaga ko‘ra, “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida xorijiy kapital 100% bo’lgan MCHJ shaklida xorijiy korxona tashkil etilishi, 2018−2020 yillar mobaynida 55 mln. $ miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishi belgilangan.
    Shuningdek, Ohangaron tumanidagi “Ohangaron” va Parkent tumanidagi “Maydontol” maishiy chiqindilar poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 12 ta yangi zamonaviy generator va yordamchi uskunalar o‘rnatiladi.
    Xorijiy korxona yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.

    Download 298,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 298,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash

    Download 298,35 Kb.