|
Kirish I – bob. Ta'Lim muassasalarida amaliy psixologiyaning ilmiy asoslari
|
bet | 1/7 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 34,84 Kb. | | #143025 |
Bog'liq I.Zafarbek (kurs ishi)
KIRISH
I – BOB. TA'LIM MUASSASALARIDA AMALIY PSIXOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI
Psixologiya fanining predmeti
Psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida
II – BOB. PSIXOLOG KASBINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. Psixoprofilaktik ishlarning muhim vazifalari, psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo‘nalishi sifatida
2.2. Amaliyotchi psixologlarning faoliyat sohalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
MUNDARIJA
KIRISH
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. XX asr bo’sag’asida psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari – insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariyilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar. SHu bilan birga amaliyotchi psixolog tayanadigan asosiy hujjat psixologik xizmat haqida Nizom, unga kiritilgan o’zgartirishlar, amaliyotchi psixologning burch va majburiyatlari, uning asosiy faoliyat turlari aks ettirilgan. SHuningdek, unda psixolog faoliyatining asosiy shakllaridan – korreksion ishlarining tamoyillari, korreksion dasturlarga qo’yiladigan talablar, bilish jarayonlari, shaxslararo munosabatlar, kasbiy o’zlikni anglash, oilaviy munosabatlar psixokorreksiyasi kabi dolzarb mavzular keng yoritilgan.
Psixolog nisbatan yosh kasb, ammo Platon va Aristotel kabi faylasuflar o'z asarlarida inson hayotining ma'naviy va hissiy tomonlari bilan ishlashga urinishlar topilgan. Bugungi kunda psixolog ishlashi mumkin bo'lgan bir qator sohalar mavjud. Asosan uning harakatlari muayyan odamning hayotini baholashga,uning his-tuyg'ulariva ruhiy holatini hisobga olgan holda vaziyatga qarashga qaratilgan.
Amaliy psixolog statusiga ega bo'lishni istagan insonga bir qator talablar qo'yiladi ularning birinchisi u oliy ma'lumotli psixolog bo'lishi zarur. Bunday diplom oliy o'quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo'lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo'lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo'ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo'la oladigan inson bo'lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta'minlashi zarur bo'ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi. Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o'ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo'ladi. U o'zida ishonch uyg'ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta'sir o'tkaza olishi zarur bo'ladi. Demak bo'lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o'z ma'naviy qadriyatlariga ega bo'lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo'lishi talab qilinadi.
|
| |