|
Kirish I – bob. Ta'Lim muassasalarida amaliy psixologiyaning ilmiy asoslari
|
bet | 2/7 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 34,84 Kb. | | #143025 |
Bog'liq I.Zafarbek (kurs ishi)Tadqiqot maqsadi. Bo'lajak mutaxassisning kasbiy va shaxsiy fazilatlarini, shuningdek uning faoliyatini professional etika nuqtai nazaridan baholash.
Tadqiqot vazifasi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo'lgan fanlarga psixolog tayyorgarligiga qo'yiladigan asosiy talablarni ko'rib chiqish.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. K.Rodjers, D.B.Elkonin, L.S.Vigotskiy, I.Shvansar va boshqalar.
I – BOB. TA'LIM MUASSASALARIDA AMALIY PSIXOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI
Psixologiya fanining predmeti
“Psixologiya insonning o‘zi haqidagi fandir. Inson o‘z-o‘zini o‘rganmasdan turib
boshqalargabahobera olmaydi”. V.Vundt
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayoni inson ruhiyatini har tomonlama o’rganishni taqozo etmoqda. Inson hayotida kechayotgan turli voqea-hodisalar psixologiya fanini chuqur o’rganish va uni qonuniyatlarini hayotga tatbiq eta olish malakalarini talab etadi. Psixologiyaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning obyekti va subyekti tutashib ketgan. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: avval inson o’z fikrlarini tashqi dunyoga, so’ngra o’ziga yo’naltiradi. Uchinchidan, psixologiyaning o’ziga xosligi uning noyob amaliy natijalarga ega bo’lishidir. “Biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o’rganishdan iboratdir. Insonning o’zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o’rganish murakkab va muhim vazifa bo’lib hisoblanadi.
Psixologiya yashovchi organizmning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi organizm” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. “Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizm” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy xususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi.
Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o’z o’rganish predmetiga ega. “Psixologiya” tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o’rganish predmeti psixikadir. Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo’shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo’lmagan voqelik. “Psixika – turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko’pgina boshqa omillarga bog’liq ravishda bir qancha o’ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo’lgan bir nusxaga ega bo’lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan obyekt”.
Psixologiya tushunchasi ikkita yunon “pcyche” – ruh va “logos”- ta’limot, fan so’zidan olingan bo’lib, psixologiya “ruh haqidagi fan” deganidir. Psixologiya tushunchasi qadimgi yunon mifologiyasidan olingan. Afroditaning o’g’li Erot Psixeya ismli juda go’zal qizni sevib qoladi. Afrodita o’g’lining tanlovidan norozi bo’lib, sevishganlarni ajratish uchun qo’lidan kelganini qiladi. Lekin Erot va Psixeya barcha to’siqlarni yengishadi va muhabbat g’alaba qozonadi. Yunonlar uchun bu afsona haqiqiy muhabbat namunasi, insonning ruhini oliy darajada namoyon bo’lishi bo’lgan. Psixeya o’z idealini qidirayotgan ruhning ramzi bo’lib qoldi.
Psixologiya so’zini X asrga tegishli adabiyotlarda uchratish mumkinligiga qaramasdan, ruh haqidagi fanni anglatuvchi so’z sifatida nemis faylasufi X.Volf tomonidan XVIII asrda (“Ratsional psixologiya” va “Empirik psixologiya” nomli asarlarida) kiritilgan. Psixologiya yosh fan bo’lib, u XIX asrda mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib chiqdi. Psixologiya istiqbolli fan. Chunki u bugungi kunning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi inson va uning psixikasini takomillashtirishga qo’yayotgan talablariga javob beradi. Bugungi kunda “ruh” so’zi “psixika” so’ziga sinonim tushuncha sifatida ishlatiladi. Psixologiya - zamonaviy insonning kundalik hayotida alohida o'rin tutadi, bu hayotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalaridagi o'zgarishlar va jamiyat rivojlanishi, ushbu o'zgarishlarni keltirib chiqargan madaniy o'zgarishlardir.
Psixologiya insonning his-tuyg'ularini va his-tuyg'ularini tushunishga yordam beradigan insoniy xulq-atvorning vakolatli talqinini olib boradi, bu hayotni optimallashtiradigan, unda uyg'unlikni yaratadigan, yangilangan hayot talablariga muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradigan texnologiya. Amaliyot sohasidagi yuqori darajali va malakali mutaxassislarga tobora ortib borayotgan talab mavjud. Bunga bir qator o'rinli talablar: ma'lumotlarning mavjudligi, mahorat darajasi, bilimlarni amaliy ishda qo'llash qobiliyati, o'z ishlarining natijalari uchun javobgarlik. Axloqiy me'yorlarga rioya qilish mutaxassislar uchun eng muhim talabdir, aynan shu narsa malaka darajasining haqiqiyligini ko'rsatadi va tobora ko'proq munozaralarga sabab bo'ladi.
Axloqiy me'yorlarni o'rganish psixolog zarur hisoblanadi.
|
| |