|
Psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida
|
bet | 3/7 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 34,84 Kb. | | #143025 |
Bog'liq I.Zafarbek (kurs ishi)Psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida
Psixolog ta’lim tizimida faoliyat yuritar ekan tashviqot vazifalarini ham amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida, o’quvchilar oldida ma’ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ’ibot va tashviqot qiladi. SHu bilan birgalikda OAVda, ya’ni ilmiy va ommabop jurnal va gazetalarda maqolalar chop ettirish hamda radio va televidenieda psixologik bilimlarni ommalashtirish bilan shug’ullanadi. Psixologik ma’rifatning va tashviqotning vazifalari quyidagilardan iborat: o’quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlarga kirishish, o’zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog’liq bo’lgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish; o’quvchilarda o’quv jarayoniga, o’qituvchilar va tarbiyachilar bilan muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish; o’smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi bilimlarni egallashiga erishish; har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini oshirish; individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ’ib qilish.
Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va mazmuni. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo’lib, maktabdagi barcha o’quvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Psixologik profilaktikaning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi:
1. SHaxsning muayyan sharoitga moslashishi (ko’nikishi)ga oid (adaptatsion) ishlarni olib borish: a) maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’cha sharoitiga moslashishi (buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog’liq bo’lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish); b) o’rta umumta’lim va yangi tipdagi (innovatsion) maxsus maktablar (gimnaziya, litsey, kollejlar) o’quvchilarini mazkur muhitga moslashish xususiyatlari.
2. Bolalarni birinchi bosqichli ta’limga qabul qilishda qatnashish, ularni maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash, o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlash dasturini ishlab chiqish, yangi tipdagi maktablarga, xususan, kollej, litsey va gimnaziyalarga o’quvchilar qabul qilishda faol ishtirok etish.
3. O’quvchilarni ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazishning kompleks psixologik-pedagogik tadqiqotida bevosita qatnashish, shuningdek, litsey va kollejlarda bir sinfdan boshqa sinfga o’tkazishni psixologik jihatdan tekshirish, o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ta’limning yangi bosqichiga o’quvchining tayyorgarligini hisobga olgan holda yakka tartibda ishlash dasturini yaratish, shuning bilan birga, ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo’l-yo’riq berish.
4. Ta’lim-tarbiya, yashash va turmush sharoiti bilan bog’liq nevrotik holatlar, psixologik tanglik hamda zo’riqishni oldini olish uchun bolalar bilan uzluksiz ravishda ishlash. SHaxsning qobiliyati, mayli, moyilligi, iqtidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlari to’laqonli darajada namoyon bo’lishini ta’minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish.
5. Yangi tipdagi maktablarda eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish; pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, (kattalar bilan kattalar o’rtasida); o’quvchilar bilan o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar berish.
6. O’qituvchilar jamoasi a’zolari o’rtasidagi ruhiy zo’riqish va toliqishni kamaytirish, yo’qotish, ularning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar qo’llash, muallimlarning kasbiy faoliyati uchun muhim kommunikativ malakalarni tarkib toptirishga ko’maklashish.
7. Tarbiyaviy ish rejasi amalga oshirilgan va qo’llashga tayyorgarlik ko’rilayotgan tadbirlar ta’sirchanligining bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh va etnopsixologik xususiyatlariga, ularni kamolotga yetkazish maqsadi va vazifalariga monandligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.
8. Maktabning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan, ilmiy jihatdan asoslangan modelini o’quvchilar bilan hamkorlikda yaratish. Umumta’lim va yangi tipdagi maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini psixologik-pedagogik diagnostika qilishda qatnashish, unga o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritish, oqibat natijada o’quvchilarning ruhiy jihatdan taraqqiy etishi muammosini maqsadga muvofiq hal qilinishi uchun xizmat qilsin.
9. O’quv motivlari, shaxsning yo’nalishi, uni etnomadaniyat bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga yo’naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish. SHaxslararo, etnik guruhlararo, millatlararo har xil ko’rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun psixologik tadbirlarni ishlab chiqish (munozara, bahs uyushtirish, xalqlarning tarixi va madaniyatini oqilona o’rganish, bu sohadagi ijobiy tajribalarga alohida etibor berish);
10. O’quvchilar, talabalar, xodimlar, muallimlar o’rtasida sodir bo’luvchi har xil nizolarning psixologik ildizini o’rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi vaziyatni yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish.
11.Yoshlar o’rtasida aysh-ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush kechirishga, qing’ir yo’l bilan boyishga (chayqovchilik, qizlar orasidagi yengiloyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar bilan yakka tartibda ishlashni yo’lga qo’yish. Og’ir kasalliklarga uchragan o’quvchilar, o’qituvchilar, talabalar ruhiyatini tetiklashtirish abadiyat qonuni bilan ularni tanishtirish, pessimistik kayfiyatdan voz kechib, ularni shukrona qilib yashashga o’rgatish yuzasidan tavsiyalar berish, bevaqt halokatning oldini olish.
12. Xulqi, xatti-harakati buzilgan o’rta va oliy maktab o’quvchilari, muallimlari, talabalari bilan yakka tartibda ish olib borish.
13. O’zlashtirmovchi o’quvchilar va talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash, ularga yordam berish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq qilish hamda korreksion ishga muhtoj kishilarning individualpsixologik xususiyatlarini hisobga olish.
14. O’z-o’zini boshqarish imkoniyatini o’rta va oliy maktab jamoalari a’zolari o’rtasida aniqlash(bioritmika, emotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish va diqqatni shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda tutiladi).
15. Tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va boshqalar. Psixoprofilaktik ish - amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko’proq Amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko’rsatiladi: Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o’quvchilarni qamrab oladi. Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog’liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi −o’qishdagi va xulqatvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi. Uchinchi bosqich. Psixolog o’qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi − jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog’liq xizmati sifatida faoliyat ko’rsatishning tarafdori bo’lib chiqmoqdalar. SHunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar: 1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
2. SHaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
|
| |