KIMYODAN MASALALARNI YECHISHGA DOIR KO’RSATMALAR




Download 56,15 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2024
Hajmi56,15 Kb.
#229320
1   2   3   4   5
Bog'liq
dilnoza

KIMYODAN MASALALARNI YECHISHGA DOIR KO’RSATMALAR
Kimyoviy masalalarni yechishdan asosiy maqsad - kimyoviy qonun va qoidalarni, ulardan foydalanishni kimyoviy formulalar tuzishni o‘rgatish va ularni tobora rivojlanayotgan hozirgi zamon kimyo faniga, uning yutuqlariga tatbiq eta olishdan iboratdir. Masalalarni yechishga kirishishdan oldin zarur nazariy va faktik materialni takrorlash muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy masalalarni yechish usullari turlicha bo‘lib, masalalarni yechishda qaysi usulni tanlash masalaning shartidan kelib chiqadi. Masala yechish uchun uning aniq rejasini tuzib olish va imkoni boricha ixcham, qisqa usul bilan echishga harakat qilish kerak. Har qanday holatda ham masala yechishda e’tiborni quyidagilarga qaratish zarur:
1. Masalani o‘qib, tanishib chiqib ayni masala orqali hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni aniqlash;
2. Masala shartida qaysi modda, qaysi element ishtirok etishini belgilash;
3. Masalada ishtirok etuvchi moddalarning molyar massasi, nisbiy molyar massasi, molyar hajmi, elementning tartib nomeri, nisbiy atom massasi va boshqa tushunchalarni aniqlash;
4. Masala kimyoning qaysi bo‘limiga taalluqli ekanligini aniqlash;
5. Eritmalarga doir masalalarni yechishda ularning foiz, massa ulushi, molyar, normal, ekvivalent konsentrasiyalari va ulardan foiz konsentrasiyasi berilgan bo‘lsa, jadval asosida uning zichligini, zichligi berilgan bo‘lsa, foiz konsentrasiyasini yoki massa ulushini aniqlash;
6. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga doir masalalarni yechishda reaksiyada ishtirok etuvchi elementlarning oksidlanish darajalari o‘zgarishi aniqlanadi, jarayonning elektron tenglamalari tuziladi. Oksidlovchi element (atom) yoki qaytaruvchi element (atom yoki ionlar) aniqlanadi;
7. Tuzilgan formula yoki reaksiya tenglamalarining va ularning koeffisientlari to‘g‘ri ekanligini tekshirib ishonch hosil qilish kerak bo‘ladi;
8. Formulalar va tenglamalar asosida hisoblashga doir masalalarni yechishda proporsiya, nisbat, formulalardan foydalaniladi;
9. Masalalarni grafik usulda yechishda koordinatalar sistemasidan foydalaniladi;
10. Moddalarning tuzilish formulalarini yozishda shu modda tarkibiga kiruvchi elementlarning valentliklari aniqlanadi;
11. Moddaning tuzilishi, oddiy moddalarning yadro tarkibi, atomlardagi elektronlarning holati va oddiy moddalarning xossalarini o‘rganishda D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidan foydalanish tartibini o‘rganish zarur;
12. Eksperimental masalalarni yechishda kimyo laboratoriyalarida ishlash qonun-qoidalariga rioya qilish kerak.

Download 56,15 Kb.
1   2   3   4   5




Download 56,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIMYODAN MASALALARNI YECHISHGA DOIR KO’RSATMALAR

Download 56,15 Kb.