|
Kirish i-bob I. I. Kimyo fanida oddiy va murakkab masalalar yechishning ahamiyati
|
bet | 2/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 56,15 Kb. | | #229320 |
Bog'liq dilnozaKurs ishi mavzusi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Mavzuga tegishli ilmiy adabiyotlar o‘rganildi, tahlil qilindi va umumlashtirildi mamlakatimizda keyingi 10 yilda himoya qilingan kurs ishlari internet orqali o‘rganib chiqildi.
2. Eksperiment o‘tkazish uchun noorganik kimyo kursining har bir mavzusi va asosiy bo‘limlari bo‘yicha masalalar yechish usullari o‘rganilib test topshiriqlari ishlab chiqildi.
3. O‘quvchilar uchun mustaqil masalalar yechish uchun ko‘p tanlov javobli va kombinasiyali test topshiriqlari yordamida o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash samarasi joriy nazoratlar orqali baholandi.
4. Kimyoda - Masalalar yechish‖ darslari uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars ishlanmasi tuzildi.
5. Turli shakl va mazmundagi didaktik o‘yinlar ishlab chiqildi va o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilindi.
7. Ishlab chiqilgan didaktik materiallar bo‘yicha ilg‘or o‘qituvchilar va o‘quvchilarning anketa savollariga bergan javoblari, fikr va mulohazalari o‘rganildi.
Kimyoviy masalalarning xili juda ko‘p bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hisoblashga doir masalalardir.Bu masalalar umumiy kimyoning asosoiy qismiga taaluqli bo‘lib, nazariy hamda tavsifiy ma’lumotlarni o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir.Kimyoviy masalalarni yechish kimyo fanini ilmiy nazariy bilim, asoslarini egallashning muhim omilidir.U yoshlarda mustaqil fikrlash qobilyatini o‘stirishda ularning nazariy bilim va tushunchalarini mustahkamlashda hamda bu bilimlarni amalda tatbiq etishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Masala yechish o‘quvchi va talabalarda mehnatsevarlik, qat’iylik, ma’suliyatni his etish, mustaqillik, mantiqan fikrlash, iroda va xarakter hamda qo’yilgan maqsadga yetishishga erishish kabi xislatlarni tarbiyalaydi
Kimyoni chuqur bilish xalq xo‘jaligining turli sohalardagi mutaxassislar uchun zarurdir. Kimyo fizika va matematika fanlari bilan bir qatorda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning asosini tashkil etadi. Tabiatda inson paydo bo‘lishi bilan unda tabiatni, atrof muhitni o‘rganishi va undan foydalanish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Hayotning rivojlanishi insonning o‘zi va atrof-muhitni o‘rab turgan borliqni o‘rganishga intilishi natijasida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar kelib chiqadi. Shunday aniq fanlar qatoriga kimyo fani kiradi, atrofdagi barcha borliqni uni tashkiliy qismlarini moddalardan deb qaraydi. Moddalarni o‘rganish bilan borliqni o‘rganadi. Shu sababli kimyo moddalarni tarkibi, tuzulishi, xossalarini ularning bir turdan boshqa turga o‘tishi sabab va qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Kimyoviy masalalarni yechish kimyo fanini ilmiy nazariy bilim asoslarini egallashning muhim omilidir. U yoshlarda mustaqil fikrlash qobilyatini o‘stirishda ularning nazariy bilim va tushunchalarini mustahkamlashda hamda bu bilimlarni amalda tatbiq etishda muhim rol o‘ynaydi Olimpiada masalalari bunday talablarni ko‘plab amalga oshirishni, ko‘tarilgan masalaga chuqur yondoshishni o‘quvchi yoshlar uchun odat bo‘lib qolishni amalga oshirishni ta’minlovchi muhim vositadir.
Kimyoning predmeti moddadir. Kimyo boshqa aniq fanlar: fizika, matematika, biologiya, geologiya va ijtimoiy fanlar: falsafa, ekologiya, iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganadi. Kimyoning fan sifatida shakllanishida va rivojlanishi quyidagi uchta tarkibiy qism:
a. Kuzatishlar, tadqiqotlar, dalillar
b. Tushunchalar, nazariyalar , qonunlar
v. Amaliyot mushtarakligi mahsulidir.
Bu mushtaraklikning shunday sohalari borki, ular bilan bog‘liq muammolarning yechimi tabiiy ravishda fizikaviy bilim, matematik fikrlash va hisoblash, biologik ma’lumot, iqtisodiy tushunchalarni talab qiladi. Shuning uchun, kimyoni o‘rganishda yuqoridagi fanlarni bilish shart, kimyo fanidan shu kungacha olgan va hozir olayotgan bilim doiramiz qanchalik kengayib borsa, shu fan bo‘yicha yana bilishimiz kerak bo‘lgan muammolar shunchalik ko‘payib boradi. Shunga asoslanib kimyo fanini o‘rganishdan maqsad:
Shu kungacha kimyo fanida mavjud bo‘lgan tushuncha, nazariya va qonunlarni o‘rganib, uning mohiyatiga yetish. Kimyoviy hisoblashlarni bajarish.
Kimyoviy tajribalarni rejalashtirish, ularni amalga oshirish va bajarish uchun kerak bo‘lgan moddalar, jihozlardan foydalana olish bo‘yicha yetarli darajada ko‘nikmalar oshirishdan iborat.
Kimyoviy axborotlar yig‘ish va ularni o‘zaro ayriboshlash tajribasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Olingan bilim va ko‘nikmalardan zarur hollarda va kasb faoliyati davomida hamda kundalik hayotda talab darajasida foydalana olishdan iborat.
Kimyodan masala yechishni bilish o‘rta maktab o‘quvchilarining amaliy hayotda zarur bo‘ladigan eng muhim malakalaridan biridir. Ba’zan, kimyoviy masalalar degan so‘zdan asosan miqdoriy masalalar tushuniladi. Sababi amaliy hayotda shunday masalalar yechishga to‘g‘ri keladi. Ammo kimyo fanida sifatga oid masalalar kimyoviy tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlarga oid masalalar ancha katta ahamiyatga ega. Bu masalalar o‘qituvchining o‘quvchilar nazariy tayyorgarlik darajasini ancha oson bilib olishi, moddalar va ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlashi hamda chuqurlashtirishi, nazariy bilimlarni amalda tadbiq etishi, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishi, o‘quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qilishi uchun imkoniyat berdi. O‘quvchilar kimyoviy masalalarni doimo, dars davomida aniq ma’lum tartibda (asta-sekin murakkablashib boradigan sistemada) yechib borganlari taqdirdagina o‘quvchilarda kimyoviy masalalar yecha bilish qobilyatini muvoffaqiyat bilan hosil qilish mumkin. Kimyoviy masalalar klassifikatsiyasining ba’zi variantlariga misollar keltiramiz:
1. Miqdoriy masalalar. Moddalarning formulalarini tuzish, valentligi asosida tuzish, kimyoviy tuzulish nazariyasi asosida tuzish, analizdan olingan ma’lumotlar asosida, elementlarning % bilan ifodalangan miqdoriga, moddalarning gazsimon holatdagi zichligi yoki og‘irligiga qarab tuziladi.
2. Formulalar bo‘yicha hisoblash: Moddaning miqdoriy tarkibini har xil ifodalarda hisoblash, moddaning miqdoriy tarkibini shu moddadagi qo’shimchalarni hisobga olgan holatda toppish, gazsimon moddalarning vodorodga nisbatan va havoga nisbatan zichligini topish, moddalarning molekulyar og‘irligini topishdan iborat.
3. Kimyoviy tenglamalar tuzish: koeffisentlar qo‘yib tuzish, molekulyar va ionli ko‘rinishda tuzish, oksidlanish-qaytarilish tenglamasi bo‘yicha hisob kitoblarni amalga oshirib tenglamalar tuzishdan iborat.
4. Kimyoviy tenglamalar bo‘yicha: moddalar massasini saqlanish qonuni bilan bog‘liq hisoblash, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning hajmi bilan ifodalangan miqdorini hisoblash.
5. Eritmalarga doir hisoblashlar: har xil temperturalarda, erigan modda va erituvchi miqdorlarini hisoblash, zarur bo‘lgan konsentratsiyali eritma tayyorlash uchun, eritma konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblar.
|
| |