Asosiy qism Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik




Download 64.9 Kb.
bet3/12
Sana17.03.2022
Hajmi64.9 Kb.
#18769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Deviant xulq ijtimoiy pedagogika muammo sifatida
ochiq dars, Документ Microsoft Office Word, Кафедра информатики
Asosiy qism

    1. Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida

O’smirlik – bolalar yoshining ichidagi eng qiyin va murakkab yoshdir. Uni o’tish davri deb ham ataydi. Sababi, bu davrda bolalikdan kattalikka, bolag’atga etmaganlikdan voyaga etadi, o’smir xar tomonlama rivojlanadi. Ya`ni, anatomo – fiziologik tuzilishi, aqliy, ma`naviy, axloqiy rvojlanish, shuningdek, uning faoliyatining xar xil turlari shakllanadi.
O’smir yoshda bolalarda o’zini anglashga bo’lgan xarakati kuchayadi «Men kimman?» savoliga javob topishda vaqti – vaqti qiynaladi. U o’ziga qiziqishi uyg’onadi, unda shaxsiy dunyoqarash va muloxaza shakllanadi, xar xil xodisa va faktlarga shaxsiy baxo bera boshlaydi, u o’z imkoniyati va xatti – xarakatlariga baxo berishga xarakat kila boshlaydi, o’z tengqurlarining xarakatlai bilan o’z xarakatlarini taqqoslaydi.
Bu yoshda o’smirlarda oyla va maktabdan vaqtincha psixologik ajralish kuzatiladi. O’smir o’ziga qulay joy qidira boshlaydi, masalan, bular sport seksiyasi, texnika tugaragi, bo’lmasa, uylarning podvallarida bolalar yig’iladigan gaplashib, sigaret chekib, ichkilik va boshqa narsalar bo’lishi mumkin.
Odatda o’smirlik yoshda bolalarda kattalar bilan, ayniqsa, ota – onalar bilan muammolar kelib chiqadi. Ota – onalar bolalariga xali kichkina bolaga qaraganday muomlada bo’lishi bolaga yoqmaydi, ular o’zini katta deb xisoblaydi. Shu bilan bir qatorda o’z tengdoshlari bilan xam munosabatlari o’zgaradi, o’zini namoyon qilish maqsadida munosabati talab ko’rinishlari paydo bo’ladi.
O’smirlarda kattalik xis-tuygusi shakllanadi, bu esa uning mustaqil va beg’araz bo’lishiga intilishida kurinadi. Bu yoshda ko’pincha bolalar o’zlariga odamlar orasidan ideal topishga xarakat qiladi. O’smirlar uchun tashqi ko’rinishi katta axamiyatga egadir. Masalan, g’ayri oddiy soch turmaklari, sirgalar ikkita, uchta bo’lishi xam mumkin. Lab bo’yoqlari va boshqada shu kabi narsalar o’smirlarni boshqalardan ajratib turishga sharoit yaratadi.
Buning xammasi emotsional iroda doirasining o’zgarishi natijasida vujudga keladi.
O’smirlarda o’zini – o’zi nazorat qila olishi, o’zining fikrlari va xarakatlarini boshqara olishi uquvi shakllanadi, qat`iyatliligi, tirishqoqligi, vaznlik, chidamlilik, qanoatlilik va shu kabi irodaviy xususiyatlai shakllanadi.
O’smirlarning qiziqishlari kichik yoshdagilarga qaraganda birqancha o’zgaradi. Ular qiziqish va badiiy faoliyatga intilishlarida kichik yoshda tarqoqlik va qat`iyatsizligi bilan ajralib turadi.
Shu tariqa o’smirlik yoshning xarakterli xususiyatlarini ajratib ko’rsatadigan bo’lsak, ular irodaviy xulq – atvorini boshqarishda o’zini nazorat qilishda maxoratini etarlicha rivojlanmaganligi xoxishiga qarab ish tutmoq va o’zining talablarini qondirish imkoniyatlarining etishmasligi, yuqori darajadagi ishonuvchanlik, o’zining o’rnini topish va kattabo’lishga xarkat qilish.
Xulq atvorida jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalardan ortda qolish qiyin yoki tarbiya qilishi qiyin o’smir deb atashadi. Tarbiya qilish qiyin tushinchasi deganda pedagogik ta`sirga qarshilik ko’rsatish ya`ni ayrim ijtimoiy dasturlarni, bilimlarni, malakalarni, tarbiya va ta`limdagi talab va normalariga qarshilik ko’rsatuvchilar tushiniladi.
O’smirlarda tarbiyasi qiyinchilik, yashab turgan jamiyatdagi belgilangan norma va qoidalarga amal qilmaslik ilmda devlatsiya ko’rinishida ko’rib chiqiladi. Devlatsiya – so’zi og’ishi, bo’lishi ma`nosini anglatadi.
Insonga va yashab turgan atrof – muxitga xos bo’lgan o’zgarishning bir kurinishi devlatsiya (ortda qolishi, ogishi, chetga chiqish, burilish) xisoblanadi. O’zgaruvchanlik ijtimoiy soxada xar doim faoliyat bilan bog’liq bo’lib, inson xulq – atvorida o’z aksini topadi va uning atrof bilan o’zaro ta`sirini ko’rsatib beradi, u o’smirlarning ichki va tashqi faoliyatida ko’rinadi. Xulq – atvor normada va normadan ortda qolgan bo’lishi mumkin.
Normadagi xulq – atvor deganda o’smirlarning rivojlanishi va ijtimoiylashuvida uning talab va imkoniyatlariga mos keluvchi mikro-sotsium bilan o’zaro munosabatlari tushiniladi. Agarda bolani qurshab turgan atrof – muxit o’smirlarning u yoki bu xususiyatlarini xisobga olgan xolda erkin o’z vaqtida mos ta`sir ko’rsatgandagina uning xulq – atvori xamisha normada bo’ladi.
O’zi yashayotgan jamiyatdagi belgilangan axloqiy va xuquqiy normalarga qarama – qarshi xulq – atvori unga bo’lgan noto’g’ri ya`ni, uning rivojlanishi va ijtimoiylashishida atrof – muxitdagi shaxsiy va yosh xususiyatlarini xisobga olmasdan kelib chiqadigan xulq – atvordagi buzilishi tushiniladi.
Buzilgan xulq - atvor ijtimoiy dezaptatsiyaning bir ko’rinishi xisoblanadi.
Bolalik – o’smirlik dezaptatsiya xaqida gapirganda albatta bolalar kategoriyalarini bilib olish kerak.
Bular:
-o’qishga bormaydigan maktab yoshidagi bolalar,
-yetim bolalar,
-ijtimoiy etimlar,
-giyoxvand va zaxarli moddalarni iste`mol qiluvchi o’smirlar,
-jinsiy intizomsiz xulq – atvorli o’smirlar,
-jinoiy ishlarga qo’l urgan o’smirlar,
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi.
O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-psixologik muammolarni vujudga keltiradi.
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”-savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to‘garaklar bo‘lishi yoki o‘smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k yerto‘lalar ham bo‘lishi mumkin.
Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli vaziyatda bo‘ladigan. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dak g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin bharakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi. O‘smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun harakat qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqiyofa o‘smir uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmgi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini tan olishlariga harakat qiladi.
Shu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noyetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini yetarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu yetarli darajada yetilmagan va yetuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o‘spirinlikning chegarasidir.
Katta deb hisoblanishi uchun yetarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o‘z xulq-atvori va harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan bosqich o‘smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga yetmagan, biroq o‘z xulq-atvori va hatti-harakatlariga axloqiy hamda huquqiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lishga layoqatli deb hisoblaydi. Shu sababli o‘smirlar uchun o‘z hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o‘rnatilgan



    1. Download 64.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 64.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy qism Deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik

Download 64.9 Kb.