|
Kirish Mavzu: Adobe Photoshop dasturi va ishlash prinsipi
|
bet | 2/3 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 271,23 Kb. | | #258943 |
Bog'liq dedlayn tabassum 009(1) (1)
Qizigʻi shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini koʻrgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Thomas Noll tomonidan Macintosh platformasi uchun yaratilgan. John oʻzining „Kompyuter grafikasi asoslari“ kitobida shunday yozadi: Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim
. Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi.
Keyinchalik bular „Plug-ins“ deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Ular shunga oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi.
“Imege Pro” dan “Photoshop” dasturiga o`tishda tahrir
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo boʻlganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi.
Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi.
Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon oʻz dasturiga eʼtiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga oʻz dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish etildi. Direktorga maʼqul boʻldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur toʻla sotilmadi, faqat litsenziyalandi.
1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli boʻlib qoldi. 1989-yili dastur „Photoshop“ deb nomlandi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan toʻxtab qolishmadi. Oldinda juda ham oʻgir ish — Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni koʻrishdi. Qizigʻi shunda ediki, baʼzi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga toʻgʻri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni toʻgʻri ishlatish koʻp foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni oʻzgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi.
Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qoʻllab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. Soʻzsiz 1-versiyaning chiqishi, koʻp xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli boʻldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u oʻsha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan
professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini taʼkidladi. Oʻsha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ boʻlishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letrasetʼs ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizigʻini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan baʼzi tasvirlarda import va Rasterize
Bulraga yana CMYK qoʻshildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qoʻl keldi. Sotish boʻyicha birinchi menejer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya
2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo boʻlgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Koʻp miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo boʻldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi.
Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida boʻlib, ular qavatlar(Layers) ni taʼminlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layers ni koʻpchilik qoʻllab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, koʻpgina rassom va dizaynerlarni oʻziga jalb qildi. Layers oʻsha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qoʻllardi.
Meta Creations juda katta xatoga yoʻl qoʻygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qoʻyib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi versiyalarda Layers ga oʻxshash katta oʻzgarishlar boʻlmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va
History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning sanʼat imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta oʻzgarish boʻldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo boʻldi va u web uchun grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida Layer Styles va matnni harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo boʻldi. Photoshop 7.0 versiyasida Healing brush paydo boʻldi
Adobe Creativ Suite paketida tahrir
2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS yozuvi aks etadi.
Adobe Creativ Cloud paketida tahrir
2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC nomiga ega. CC qisqartmasi dastur Adobe Creative Cloud dasturlar paketi tarmogʻiga moslashtirilganini bildiradi. 2014-yildan boshlab mahsulot versiyalari yangi nomlanishga ega boʻldi: endi uning nomida qachon ishlab chiqilgani ham yoziladi (Photoshop 2014.0.0). Yangi versiyaga Adobe Camera RAW plagini ham oʻrnatildi, endilikda dastur koʻplab fotokameralardan suratlarni toʻgʻridan toʻgʻri ola oladi.
Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo'ljallangan elektron ko'rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar-ga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasm-larni qayta ishlash
va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglami o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop, ayniqsa. jumalistlar, rassomlarga o'zlarining ijodiy imkoniyatlarini to'la amalga oshirishlarida yordam beradi. Juma-listika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo'lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
Пуск — Программы — Photoshop buyrug'i orqali.
Программы bo'limida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida
«sichqoncha»ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:
AIt+F4 tugmalarini bosish.
«Файл menyusining Выход buyrug'ini tanlash. -Ekranning yuqori qismi o'ng burchagida joylashgan x belgisini
bosish yoki Закрыть buyrug'ini bajarish.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so'ng ekranda Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi darcha hosil bo'ladi.
-rasm. Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi darcha
Adobe Photoshop darchasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsra xos -lementlar joylashadi. Sarlavha satridan so'ng menyu satri joylashadi. vlenyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
FAYL (file) menyusi tarkibi Новый (Ctr+N) Открыть (Ctrl+O) Открыть как (Alt+Ctrl+O) Сохранить (Ctrl+S)
Сохранить как (Shift+Ctrl+S)
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asbob mavjud bo'lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko'zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo'shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o'ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo'lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o'xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma ustidan «sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kursorni kerakli tugma ustiga keltirib, «sichqoncha»ning chap tugmasi qo'yib yubo-riladi.
Kursor har bir tugmaga yakinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbob qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo'ladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo'llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Прямоугольная область (To'g'ri burchakli soha). Tasvirda to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo'llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydon belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o'zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi. Ushbu tugmaga qo'shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon hududi ortadi. Shift klavishi o'mida Alt klavishi qo'llanilgan taqdirda belgilangan maydon hududi qisqaradi. Ushbu amal Лассо и Волшебная полоска asboblari bilan ishlashda qo'llaniladi.
Эллиптическая область (Elliptik soha).Tasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo'llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydon belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o'zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi.
Строка пикселей. Tasvirda gorizontal shakldagi chi-~Ia ziqni belgilaydi. Amalda bu asbob juda kam qo'llaniladi. Столбец пикселей (Piksellar ustuni). Tasvir yuzida vertikal chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob ham juda kam qo'llaniladi.
Кадрирование (Kodlash). Ushbu asbob, asosan, tasvir chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun qo'llaniladi. Bu buyruq faollashtirilganda tasvir yuzida to'g'ri to'rtburchak shaklidagi ramka hosil bo'ladi. Ram-kaning chetlari kichik kvadratchalardan iborat bo'lib, bu kvadratchalar yordamida ramka hajmi o'zgartiriladi. Tasvir ramka ostiga olingandan so'ng Enter klavishi bosilsa, ramka
tashqarisida qolgan ortiqcha bo'laklar kesib tashlanadi. Ushbu buyruqni Esc klavishini bosib rad etish mumkin.
Перемещение (Siljitish). Ushbu asbob tasvirda belgilangan maydonni yoki qatlamni siljitish va kesib olish uchun xizmat qiladi. Ba'zan Перемещение buyrug'ini bajaradigan ayni jarayonni boshqa ayrim asboblar (masalan, Волшебная полоска asbobi) yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Лассо. Tasvirdagi turli shakldagi obyektlarni belgilash uchun ishlatiladi.
Многоугольное лассо. (Ko'pburchakli lasso). Asosan tasvirdagi to'g'ri chiziqlardan iborat obyektlarni belgilashda ishlatiladi. Alt klavishi bilan qo'llanilganda oddiy Лассо asbobi vazifasini bajaradi.
Магнитное лассо (Magnitli lasso). Bu asbob ishlatilganda Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi obyekt chegaralarini o'zi belgilaydi. Ammo bu asbob piksellardagi ranglarning o'zgarishiga bog'liq tarzda chegaralarni aniqlashi bois kam qo'llaniladi.
Волшебная полоска (Sehrli tayoqcha). Bir-biriga yaqin bo'lgan rangdagi piksellar joylashgan maydonni belgilaydi. U Shift bilan birgalikda qo'llansa, belgilangan maydon hajmi ortadi. Alt bilan ishlatilganda esa belgilangan maydon hajmi kamayadi.
Аэрограф. Tasvirni bo'yashda ishlatiladi. Aerografni bir joyda ushlab turish siyohning tasvir bo'ylab yoyilib ketish effektini beradi. Bo'yoqning tasvir bo'ylab oqishi kursorni qo'yib yubormaguncha davom etadi. Odatda, bu asbob bilan yumshoq cho'tkalar ishlatiladi. Аэрограф kursorni ushbu asbob ustida bosish yoki klaviaturadagi J klavishini bosish orqali aktivlashtiriladi.
Кисть (Barmoq). Aerograf asbobi kabi tasvirni bo'yashda ishlatiladi. Ammo Кисть yordamida tasvirni sifatli bo'yash mumkin. Bu asbob aerografga nisbatan ko'p qo'llaniladi. Kist asbobini V klavishini bosish orqali faollashtirish mumkin. Brushes darchasi yordamida bo'yoq cho'tkalarining shaklini o'zgartirish mumkin.
Штапм. Tasvirdagi kichik bir bo'lak nusxasini ko'chirish uchun ishlatiladi. Bu asbob tasvirdagi ayrim nuqsonlami, dog'lami yo'qotish va eski rasmlarni tiklashda keng qo'llaniladi.
Кисть предыдущих состояний (Awalgi holat barmog'i). Bu asbob tasvir haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida tasvirga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlarni bekor qilish mumkin.
Ластик. Tasvirni o'chirish uchun ishlatiladi. U qo'llanganda tasvirda fon qaysi rangda bo'lsa, o'sha rangdagi chiziqlar hosil bo'ladi. Alt klavishini qo'llash yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so'nggi o'zgartishlarni bekor qilish mumkin. Ластик asbobi E klavishini bosish orqali faollashtiriladi.
Карандаш (Qalam). Turli chiziqlami chizish uchun foydalaniladi. Alt klavishi bosilganda kursoming ekrandagi tasviri o'zgaradi va bevosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilgandan so'ng Карандаш o'sha rangda chiziq tortadi.
Линия (Chiziq). To'g'ri chiziqlami chizishda qo'llaniladi.
Размывка. Ushbu asbob ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasa-yadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda yorqinlik ortadi.
Резкость (Ravshanligi). Ushbu asbob ishlatilganda tasvirdagi yorqinlik ortadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda esa tasvir xiralashadi.
Палец (Barmoq). Tasvirdagi ranglarni chayqaltirib, tasvirdagi obyektlar o'rtasidagi chegaralarni bir-biriga qo'shishga xizmat qiladi.
Осветитель (Yorituvchi). Piksellardagi ranglar yorqinlashadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi.
Заменитель (Almashtiruvi). Tasvir ustida harakatlantirilganda piksellardagi ranglar qoramtir tus oladi.
Губка (Labcha). Tasvir ustida harakatlantirilganda, tasvirdagi ranglar miqdori pasayadi. Губка bir joyda ko'p harakatlantirilsa, tasvirning o'sha joyi kulrang tus oladi.
Удалить точку (Nuqtani yo'qotish). Pero yordamida chizilgan chiziq ustidagi ortiqcha bo'lgan nuqtalami o'chiradi.
Непосредственное выделение (Bevosita ajratish). U yoki bu Перо bilan chizilgan chiziqlami tahrir qilish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida chiziqdagi nuqtalami yakka tartibda harakatlantirish va kerakli joyga siljitish mumkin.
Преобразовать точку (Nuqtani almashtirish). Tasvir ustida chizilgan chiziqchalarda o'rnatilgan har bir nuqta, burchak yoki yoy vazifasini bajaradi. Ushbu asbob yordamida nuqtalaming vazifalarini o'zgartirish, ya'ni yoyni burchakka va burchakni yoyga almashtirish mumkin. Buning uchun kursorni nuqta ustiga olib borib, «sichqoncha»ning chap tugmasi bir marta bosiladi.
Текст (Matn). Ushbu asbob yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin. Текст asbobi faollashtilib, kursor tasvir ustida bo- silsa, matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo'ladi. Bu darchada harf 12-o'lchami, turi, rangi va boshqa o'lchamlari kiritiladi. Bu asbob yordamida kiritilgan matnni qayta tahrir qilish imkoni mavjud emas.
Текст-маска (Matn maska). Текст asbobi kabi bu asbob faollash-tirilib, matn ustida bir marta bosilganda, Текстовый инструмент darchasi hosil bo'ladi. Lekin bu matn oddiy tekstdan tubdan farq qiladi. Harflarning cheti xuddi Лассо asbobida belgilash kabi ko'rinishga ega bo'ladi. Hartlarni turli ranglarga bo'yash va Перемещение asbobi yordamida o'rnidan siljitish yoki boshqa rasmga olib o'tish mumkin.
Вертикальный текст (Vertikal matn). Agar tasvirga pastdan yuqoriga shaklda (vertikal shaklda) matn kiritmoqchi bo'lsangiz, ushbu asbob-dan foydalanishingiz mumkin.
Вертикальная текст-маска. Xuddi Текст-маска asbobi kabi bir xil vazifani bajaradi. Ammo bu asbob qo'llanganda harflar ustun kabi ustma-ust joylashtiriladi.
Измеритель (O'lchagich). Tasvirda turli o'Ichovlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu asbob bilan kursor bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga olib borilishi kifoya. Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani o'lehaydi.
Градиент. Bu asbob ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydon-da ranglar kombinatsiyasi hosil bo'ladi. Asosiy rangning tasvir foniga sizib o'tish effekti yuzaga keladi.
Выборка цветов (Ranglarni tanlash). Ushbu asbob tasvirdagi ranglar haqida axborot olishga xizmat qiladi. Инфо darchasida belgi qo'yilgan nuqtada necha foiz qizil, ko'k va qora rang mavjudligi haqidagi axborot hosil bo'ladi.
Рука (Qo'l). Tasvirning ko'zga tashlanmay turgan qismlarini ko'rsatadi. Buning uchun ushbu asbob faollashtirilib, «sichkoncha»ning chap tugmasini tasvir ustida bosgan holda kerakli tomonga harakat-lantiriladi. Ayni jarayonni Adobe Photoshop dasturi darchasidagi Навигатор yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Масштаб. Tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun xizmat qiladi. Agar ushbu asbob bilan birgalikda Alt klavishi ishlatilsa, tasvir kichrayadi. Ushbu asbob aktivlashtirilgandan so'ng kursor o'z shaklini o'zgartiradi va lupa ko'rinishini oladi. Kursor tasvirning qaysi nuqtasida bosilsa, Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda o'sha nuqtani ekranga yaqinlashtiradi. Масштаб asbobini faollashtirib, Enter klavishi bosilsa. Опция масштабирования darchasi ochiladi. Bu darchada maxsus to'rtburchak ichiga belgi qo'yilsa, tasvir o'lchamlari o'zgartirilganda tasvir darchasi ham mos tarzda o'zgaradi. Har safar tasvir o'lchamlarini kattalashtirish yoki kichraytirish uchun Масштаб asbobini faollashtirish zarur emas. Boshqa asbob bilan ishlash paytida Ctrl + Пробел bosilsa, ishlatilayotgan asbob vaqtincha Мас- штаб asbobi vazifasini bajaradi va tasvir kattalashadi. Ctrl + Пробел o'rnida Alt + Пробел qo'llanilsa, tasvir o'lchami kichrayadi. Shuningdek, tasvir o'lehamini Ctrl +
+(plyus) klavishlari yordamida kattalashtirish yoki Ctrl+ — (minus) yordamida kichraytirish mumkin. Adobe Photoshop dasturi darchasi ostida Строка состояния satrida tasvir o'lchamlari haqida axborot beruvchi maxsus darcha mavjud. Bu darchada tasvir o'lchamlari sonlarda ifodalangan. Ushbu sonlarni o'zgartirish orqali tasvirning aniq o'lchamlari kiritiladi.
Основной свет (Asosiy rang). Ushbu asbob ustida kursor ikki marta ketma- ket bosilganda Adobe Photoshop dasturining yangi darchasi (Выбор цвета) hosil bo'ladi. Bu darchada kerakli rang tanla-nib, OK yoki Enter tugmasi bosiladi va tanlangan rangni Карандаш, Кисть, Аэрограф, Градиент kabi asboblar yordamida qo'llash mumkin.
Свет фона. Ushbu tugma ustida kursor («sichqoncha» tugmasi)ikki marta ketma-ket bosilganda Adobe Photoshop dasturining yangi darchasi (Color Picker) hosil bo'ladi. Bu darchada tasvir fonining rangi aniqlanadi. Tasvir fonidagi rang Ласточка va Градиент asboblari uchun qo'llaniladi.
Переключение цветов (Ranglarini almashtirish). Ushbu belgi ustida kursorni bosish orqali asosiy rang bilan tasvir foni ranglari o'rni almashtiriladi.
Цвета по умолчанию (Oshkor ranglar). Kursorni bu belgi ustida bir marta bosish bilan asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.
PhotoShop dasturida rasmlarga qayta ishlov berish
Tasvir o'lchami Adobe Photoshop dasturida tasvir o'lchamlarini ekranda tasvirning barcha qismini yoki tasvirdagi kichik detallami ko'rish uchun xohlagancha kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ayni jarayon fotalar hisobida orttiriladi. Masalan, 100% — bu tasvirdagi piksellar soniga ekrandagi piksellar soni tengligini anglatadi. Ya'ni 1:1. Tasvir 200% ga kattalashtirilganda ekrandagi bir pikselga katta miqdordagi piksellar to'g'ri kelayotganligidan dalolat beradi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami
Adobe Photoshop dasturida 100% li o'lcham tasvirning real o'lchami deyiladi.
100% li o'lchamda tasvir aniq va ravshan ko'rinadi.
Tasvirning real o'lchami quyidagi amallarni bajarish orqali o'rna-tiladi:
Menyular satrida VTD menyusida Реальный размер buyrug'ini tanlash orqali.
Cntrl+ Alt + 0 (nol) tugmalarini birgalikda bosish orqali.
Asboblar panelidagi Масштаб tugma ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali.
To'la ekranli rejim
Adobe Photoshop dasturi tasvirni birinchi marta ochganda uni maksimal o'lchamda ochadi. Tasvir bilan ishlash jarayonida uning o'lchamini bir necha marta kattalashtirish yoki kichraytirishga to'g'ri keladi. Ana shunday holatlarda tasvirni xohlagan paytda dastlabki.
Полноэкранный режим holatiga qaytarish mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
menyular satrida VID menyusi tarkibidagi По размерам экрана buyrug'ini tanlash;
Ctrl + 0 (nol) tugmalarini birgalikda bosish;
asboblar panelidagi Рука tugmasi ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma- ket bosish.
Tasvirning bosma shakldagi o'lchami (Размер печати) Adobe Photoshop dasturi tasvirning printerda chop qilingandagi korinishini chop qilmasdan awal ekranda ko'rish imkonini beradi. Buning uchun Menyular satrida Изображение menyusi tarkibidagi Размер изображения buyrug'ini tanlanadi. Ammo tasvirning ekrandagi ko'rinishi bilan chop etilgandagi o'lchamlari hamma vaqt ham aynan mos tushavermaydi. Tasvir kattaliklari 0,2% dan 16 000%gacha miqdor o'rtasidagi sonlar bilan belgilanadi. Navigator darchasi bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvirni bir necha marta kattalashtirishga to'g'ri keladi. Tasvirga kiritilgan o'zgartirishlar sifatli chiqishi uchun amal Навигатор darchasida bajariladi. Навигатор darchasi, asosan, tasvir o'lchamlarini o'zgartirish va tasvirni boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar Навигатор darchasi Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgan chog'da ekranda mavjud bo'lmasa, uni faollashtirish uchun menyular satrida Окно menyusidagi Показать Навигатор buyrug'ini tanlang.
Action darchasi bilan ishlash
Action darchasi Adobe Photoshop dasturida ishlashni yanada tez-lashtiradi va bir necha tasvir ustida bajariladigan bir xil amallarni har safar takrorlashga zaruriyat qoldirmaydi. Adobe Photoshop dasturi-dagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko'p miqdordagi tasvirni tahrir qilishingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so'ng Record tugmasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab, Adobe Photoshop dasturi Sizning tasvir ustida bajargan barcha amallarin-gizni kompyuter xotirasiga ketma-ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan
so'ng Action darchasidagi Stop tugmasi bosiladi. Adobe Photoshop dasturi sizning barcha amallaringizni tar-tibli ravishda Action darchasida joylashtiradi. Ushbu amallarni boshqa tasvirlarga qo'llash uchun yangi tasvir ochilgandan so'ng Action darchasidagi Выполнение buyrug'ini ishga tushirish lozim. Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda yangi ochilgan tasvirda ham Siz amalga oshirgan amallarni hech bir o'zgarishlarsiz bajaradi.
Yangi tasvir, dublikat ochish va tasvirni doimiy xotiraga joylashtirish
Adobe Photoshop dasturida ishlashdan awal yangi fayl tuziladi yoki kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan tasvir ochiladi. Yangi fayl tuzish va awaldan mavjud bo'lgan fayllarni ochishning quyidagi yo'llari mavjud:
Fayl — Новый. Menyu satrida Fayl menyusini ochib, Новый buyrug'ini tanlang yoki Ctri+N tugmalari kombinatsiyasidan foydalanib, yangi fayl tuzing. Yuqoridagi amal bajarilgandan so'ng Adobe Photoshop dasturi yangi faylni tashkil etish uchun uning o'lchamlari haqidagi ma'lumotlar bitilgan yangi darchani hosil qiladi. Bunda yangi tuzilayotgan fayl nomi, uning o'lchamlari kiritilishi talab etiladi. Kerakli o'lchamlar kiritilganidan so'ng OK tugmasini bosish lozim. Adobe Photoshop dasturi oq rangdagi yangi tasvirni tuzadi. Bu tasvirga xohlagan o'zgartirish kiritish yoki boshqa tasvirlardan ayrim detallarni ko'chirib o'tkazib, umuman yangi tasvirni ijod qilish mumkin.
Fayl — Открыть: Menyus satrida Файл menyusini ochib, Открыть buyrug'ini tanlang yoki Ctrl+O tugmalari kombinatsiyasidan foydalanib kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan faylni oching. Juda kam hollarda Файл — Открыть как (Ctrl+Ait+O) buyrug'i tanlanadi.
Tasvir formatlari
Adobe Photoshop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko'p qo'llaniladigan formatlar:
BMP (Windows Bitmap — WindowsHHHr vit kartasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo'llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo'llaniladi.
JPEG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng ko'p qo'llaniladigan formatlardan biri bo'lib, uning asosiy afzallik-laridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o'zgarish bo'ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko'p joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.
TIFF (Tagged Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qo'llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko'p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin.
GIF (Graphics Interchange Format — grafikni ayirboshlash formati) — ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvir-lanadi. Ular. asosan, Internet tizimida keng qo'llaniladi.
Ranglar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to'rtta asbob ajratilgan:
Основной цвет. Ushbu asbobda qanday rang ko'rsatilgan bo'lsa, Ковш, Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va. shuningdek, Alt klavishi bilan birgalikda qo'llanganda Палец asboblari uchun o'sha rang asosiy hisoblanadi. Основной цвет asbobidagi rang Пипетка yoki ushbu asbob ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o'zgartiriladi.
Цвет фона. Ko'rsatilgan rang Ластик asbobi bilan ishlaganda qo'llaniladi. Цвет фона asbobidagi rang Основной цвет asbobida rangni o'zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo'lsa, bunda ham xuddi o'sha amalni bajarish lozim yoki
Pipetka asbobi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
Переключение цветов. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o'rin almashadi.
Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish asosiy rang va fon rangini standart ranglar — qora va oq rangga almashtiradi.
Ranglarni tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham foydalanish mumkin.
RGB (Red. Green, Blue-qizil, ko'k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli 16 million rangning barchasini monitorda aks ettiradi. RGB ranglar majmuasi bilan ish-langan barcha tasvirlami xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchra- maydi.
CMYK — tabiatda mavjud bo'lgan ranglar majmuasi. Quyosh nurlari inson ko'zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o'zida mujas-samlashtirgan. Quyosh nurlari biror jismga tushganda, inson ko'zlari uning ta'siri ostida jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning o't o'chirish burchaklariga osib qo'yilgan o't o'chirgich-lar to'q ko'k va zangori ranglar bilan bo'yalgan bo'lishiga qaramay, bizning ko'zimizga to'q qizil rangda ko'rinadi. Ranglarning bir-biriga qo'shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
С — havorang;М — binafsharang; Y — sariq rang; К — qora rang.
RGB ranglar majmuasida oq rang uchala rangning maksimal ara-lashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi o'laroq olinadi.
CMYK ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish uchun buning aksini bajarish lozim. Ya'ni to'rt rangning minimal qo'shilishidan oq rang hosil bo'ladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud.
RGB ranglar majmuyi keng ko'lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko'p qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop elganda monitordagidan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko'plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan awal uni CMYK sistemasiga o'tkaza-dilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklami tug'diradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri — kompyuter juda sekin ishlashi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan bo'lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo'shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga mo'ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB sistemasida ishlaydi. Shuning uchun, yaxshisi, tasvirni chop etishdan awal CMYK sistemasiga o'tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallarni poyoniga yetkazib, menyular satrida ИЖОБРАЖЕНИЕ - Настройка tarkibidagi SMYK buyrug'ini tanlang.
History darchasi bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bo'lmasa. Окно menyusida Показать History buyrug'ini tanlang. History darchasida tasvirga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlar haqidagi ma'lumotlar joylashadi. Tasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar History darchasida ro'yxatga olinadi. Yoqmagan amallarni History darchasi orqali xohlagan paytda rad etish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan so'nggi amaldan oldingi buyruq ustida bosiladi yoki Ctri+Alt +7 klavishlari bosiladi. Adobe Photoshop dasturi bajarilgan so'nggi 20 amalni ro'yxatga oladi, yigirma birinchi amal bajarilganda Adobe Photoshop dasturi awalgi amallarni o'chiradi.
Qatlamlar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi biror obyekt Прямоугольная область, Эллиптическая область, Лассо, Волшебная палочка, Быстрая маска yordamida belgilanib, ularning nusxalari olinganda, Adobe Photoshop dasturi yangi qatlam hosil qiladi. Bu qatlam alohida obyekt bo'lib, uni tahrir qilish ham alohida tarzda
bo'ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagona tasvirga jam-langanda Adobe Photoshop dasturi ko'chirib o'tilgan tasvir bo'lak-larini qatlamlarga ajratadi. Ayni jarayon tasvir detallarini joylashtirish uchun juda qulay. Bir necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni boshqarish qiyinlashadi. Adobe Photoshop dasturi bajarilganda yangi darcha hosil bo'ladi. Bu darchada tasvirdagi yangi qatlamlar haqidagi axborot joylashadi. Yangi qatlam hosil qilinganda Adobe Photoshop dasturi uni Слой darchasida ro'yxatga oladi. Bu darchada qatlamlar tartibli joylashtiriladi. Shuningdek, qatlamlarning o'rnini almashtirish yoki vaqtincha o'chirib qo'yish mumkin. Qatlamlarni o'chirish uchun awal kerakli qatlam Слой darchasida belgilab olinadi va Menyular satrida Слой menyusi tarkibidagi Удалить слой buyrug'i tanlanadi. Katlamlarni bir-biriga birlashtirish imkoniyati ham mavjud.
Matnlar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun asboblar panelida maxsus Текст asbobi mavjud. Bu asbob. asosan, tasvirga turli matnlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Текст asbobi tarkibida Текст-маска, Вертикальный текст kabi asboblar yashiringan. Bu asboblar aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi Текстовый инструмент darchasi hosil bo'ladi. Bu asboblar faqat matnlarni tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni tahrir qilishning iloji yo'q.
Filtrlar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida tasvirni qo'shimcha effektlar bilan boyitish uchun filtrlardan foydalanish mumkin. Buning uchun Menyular satrida Фильтры buyrug'i tarkibidagi filtrlardan foydalanishingiz mumkin. Quyida eng ko'p qo'llaniladigan filtrlar tavsifi misollar yordamida keltiriladi.
Chap ustunda filtr qo'llanilmagan asl nusxa, o'ng tomondagi ustunda esa tasvirlaming filtr qo'llanilgandan so'nggi varianti keltirilgan.
Xulosa
Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi. Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga ko„shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog„larni o„chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo„shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elyemyentlarni ikkinchi fotosuratga olib o„tish, suratdagi ranglarni o„zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari kyeng qamrovli bo„lib, u gazyeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshopда tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif va boshqalar); Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish, 13 yorqinlik va aniqlik darajasini o'zgartirish; Rang rejimini o'zgartirish; chop etish; boshqa nom va formatda saqlash; har xil effektlarni qo'llash; tasvirdagi ranglarni turli usullarda filtrlash imkoniyatlari mavjud.
“Adobe PhotoShop» tаsvir tаhrirlаgichi yordаmidа fоtоsurаtlаrgа ko`shimchаlаr kiritish, fоtоsurаtdаgi dоg`lаrni o`chirish vа eski rаsmlаrni qаytа ishlаsh vа tiklаsh, rаsmlаrgа mаtn kiritish, qo`shimchа mаxsus effеktlаr bilаn bоyitish, bir fоtоsurаtdаgi elеmеntlаrni ikkinchi fоtоsurаtgа оlib o`tish, surаtdаgi rаnglаrni o`zgаrtirish, аlmаshtirish mumkin.
Photoshop mukammal surat muharriri boʻlsada va shu sohadagi bozorda monopolashgan boʻlsada, juda qimmatligi unga nisbatan arzon yoki bepul dasturlarning yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, GIMP dasturi mutlaqo bepul. Shu sababli ham Adobe firmasi ommaga oʻz mahsulotining arzon va bepul koʻrinishlarini taqdim etdi. Ular Photoshop Elements va bepul targʻib etiladigan Photoshop Albumdir
|
| |