-BOB. O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir




Download 91,09 Kb.
bet4/10
Sana24.05.2024
Hajmi91,09 Kb.
#251760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash

1-BOB. O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir.
“Matnlar” iborasi o‘zining grafik shakliga ko‘ra yozma, bosma yoki elektron shakldagi barcha til vositalarini qamrab oladi. Bu ta’rifga chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, biz matnlarni ovozli materiallar, film, televizion ko‘rsatuvlar, animatsion ko‘rgazmali materiallar va ovozsiz kinofilmlar kabi to‘laqonli tovushlardan iborat til artifaktlari sifatida qabul qilmaymiz. Matnlar, albatta, diagrammalar, xaritalar, jadvallar, grafalar va ayrim yozma til vositalaridan iborat (masalan, yozma izohli) hajviy komikslar kabi ko‘rgazmali materiallarni o‘z ichiga oladi. Bunday ko‘rgazmali matnlar ba’zan alohida beriladi yoki ular kattaroq hajmdagi matnlar ichida berilishi mumkin. O‘quvchilarga qaysidir ma’noda o‘qish uchun rag‘batlantiradigan va qaror qabul qilishga undaydigan interaktiv matnlar muayyan shakldagi turg‘un matnlarda bir necha ma’noda farqlanadi, jumladan, o‘quvchiga matnning hajmi va miqdorini baholash imkonini bermaydigan moddiy ishoralar (misol uchun, yozma hujjatlarning o‘lchami virtual makonda yashiringan bo‘lishi), matnning ayrim qismlarining boshqa matnlarning qismlari bilan giperssilkalar orqali bog‘langan bo‘lishi va qator umumlashtirilgan matnlarning izlanishlar natijasida ko‘rsatilishi shularga misol bo‘ladi. Mazkur tafavvutlar natijasida o‘quvchilar ham odatda interaktiv matnlar bilan boshqacha tarzda ishlashni afzal ko‘radi. Bosma matn bilan taqqoslaganda, o‘quvchilar interaktiv matnlar bilan ishlaganda o‘zlarining fikrlash uslubiyatini shakllantirishlari talab etiladi. “Ma’lumotlar” termini o‘rniga “matnlar” termini tanlab olingan, chunki bu termin yozma til bilan aloqador bo‘lib, u badiiy bo‘yoqdorlikka ega va ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan o‘qish jarayoni bilan bog‘liq. O‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki imkoniyatlarni rivojlantirish, oldinga qo‘yilgan maqsadlariga erishishdir. Bu ibora xususiy maktabdan davlat ta’lim maktablarigacha, maktablardan ishxonalargacha va rasmiy ta’lim olishdan tortib butun umr o‘rganish va faol fuqaro bo‘lishgacha bo‘lgan barcha jabhalarda o‘qish savodxonligi qanday muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. “O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish” va “o‘z bilim va ichki imkoniyatlarini rivojlantirish” iboralari maktabni bitirish yoki ish topish kabi doim eslatiladigan va o‘z shaxsiy hayotini yaxshilash va uzaytirish va uzoq vaqt mobaynida ta’lim olishga intilish kabi kam ta’riflanadigan mujdalarga erishishga, o‘qish savodxonligi individual maqsadlarni bajarishga imkon beradi, degan tez-tez takrorlanadigan mulohazani anglatadi.
Shuningdek, PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi ta’rifi XXI asrda o‘qish savodxonligining yangicha turini namoyon qiladi. U o‘qish savodxonligini zamonaviy jamiyatning madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etish sifatida talqin qiladi. Bu yerda “ishtirok etmoq” so‘zi ishlatilgan, chunki bu so‘z zamirida o‘qish savodxonligi insonlarga jamiyatga o‘z hissalarini qo‘shishlari hamda o‘z ehtiyojlarini qondirishlariga imkon berishi nazarda tutilgan bo‘lib, “ishtirok etish” so‘zi ijtimoiy, madaniy va siyosiy bandlik yoki faollik kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, savodli insonlar muassasa va tashkilotlarda ishlashga ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi va ularga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ladi. Yuqori saviyadagi o‘qish savodxonligi yaxshi sog‘liq va jinoyatchilikni kamayishi bilan bog‘liqlini kuzatish mumkin. Shuningdek, ishtirok etish tanqidiy yondashuv, shaxsiy erkinlikka, mustaqillik va ishonchga tashlangan qadamdir.


Download 91,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir

Download 91,09 Kb.