|
Kirish mundarija: kirish 1-bob. O’qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir
|
bet | 2/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 91,09 Kb. | | #251760 |
Bog'liq 1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlashMavzuning ishlanganlik darajasi. Har bir davr o’z adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri adabiyoti ham tasvir uslubi hamda muammoga yondashilishiga ko’ra o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar sho’ro payti adabiyotida to’g’ridan-to’g’ri nasihatbozlik keng ko’lamda yoritilgan bo’lsa, istiqlol davri adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini ko’rish mumkin. O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, 6 asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminatsiya, yechim).
Tadqiqotning ob’ekti. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti. Nutq o’stirish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Nutq o’stirish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.
|
| |