• Kurs ishining vazifasi
  • Kirish mundarija: kirish 1-bob. O’qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir




    Download 91,09 Kb.
    bet3/10
    Sana24.05.2024
    Hajmi91,09 Kb.
    #251760
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash

    Kurs ishining maqsadi. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish tadqiqot ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
    Kurs ishining vazifasi: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
    1. Tadqiqot ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiyma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
    2. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
    3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
    4. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. Tadqiqot ishining ilmiy farazi.
    - Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish;
    - Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish;
    - Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish;

    O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Milliy dastur talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beradi. Shu maqsadda yangi “Ona til va o‘qish savodxonligi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinclilik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy ommabop matnlar kiritilgan. Yangi darsliklardagi tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir. Bugungi zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga yngicha yondashishni talab etmoqda. Shu bois matnni tahlil qilishga bo‘gan talab takomillashib bormoqda: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, matn qismlari ustida emas, balki yaxlit matn ustida ishlanadigan bo‘ldi, matn g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilaming mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va hokazo.


    O‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, xotirasini mustahkamlash, o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda matnda ifoda etilgan voqealarga munosabat bildirish, o‘quvchilar lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitishdir. Bugungi kun boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan birinchi vazifa bu o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. “Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib to‘g‘ri ma’qul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak” deb ta’kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlarida.



    Download 91,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 91,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish mundarija: kirish 1-bob. O’qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir

    Download 91,09 Kb.