|
Kirish mundarija: kirish 1-bob. O’qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir
|
bet | 5/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 91,09 Kb. | | #251760 |
Bog'liq 1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash1.1 Matn ustida ishlash jarayoni
2018-yilgi o‘qish jarayonlari tipologiyasi ravon o‘qish jarayonini matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qib-tushunish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa jarayonlardan ajratilgan holda ko‘rsatiladi. Ravon o‘qish Rovon o‘qish o‘quvchining matnning umumiy ma’nosini tushunishda matnlar va so‘zlarni qayta tahlil va talqin qilish va so‘zlarni va matnlarni to‘g‘ri va bir tekisda o‘qiy olish qobiliyati sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, rovonlik o‘qilayotgan ma’lumotni to‘liq tushunish uchun ularni osonlik va samarali o‘qish demkdir. O‘qib-tushunish va oson va samarali o‘qish orasida bog‘liqlik bor ekanini ko‘rsatuvchi qator dalillar mavjud. Mazkur bog‘liqlikni tushuntirib beradigan asosiy psixologik mexanizm matnni oson va samarali o‘qish matnlarni sintaktik tahlil qilish, shifrlash va so‘zlarni tushunish ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Rovon o‘qish inson diqqat-e’tiborini va xotiradagi ma’lumotlarni bo‘shatib, bu yuqori saviyada o‘qib-tushunish jarayonlariga yo‘l ochadi. Aksincha, o‘qish rovonligining sayozligi tushunilishi kerak bo‘lgan resurslarni (ma’lumotlarni) bosma matnni qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan quyi saviyadagi jarayonlarga o‘zgartirib, o‘qib-tushunish ko‘nikmasini susayishiga olib keladi. Rovonlik va tushunish orasidagi mazkur kuchli bog‘liqlikka e’tibor qaratish orqali AQShdagi Milliy O‘qish Savodxonligi Qo‘mitasi o‘quvchilarning tushunish ko‘nikmalarini yaxshilashda o‘qish rovonligini rivojlantirishni tavsiya etadi.
Ma’lumotni topish Qobiliyatli o‘quvchilar matn ustida mulohaza yuritish va unda ilgari surilgan asosiy mazmunni tushunish uchun uni diqqat bilan o‘qiydilar. Shunga qaramasdan, o‘quvchilar odatda matnlarni o‘qishda o‘zlari uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topishga harakat qiladilar va matnning boshqa qismiga deyarli e’tibor qaratmaydilar. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qidirib topish veb sahifalar va boshqa murakkab raqamli ma’lumotlardan foydalanishda o‘qish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. PISA 2018 qamrov doirasida o‘quvchilar matnlar ichida va matnlararo ma’lumotlarni topish uchun kerakli bo‘lgan ikki jarayonga e’tibor qaratiladi. Matn ichidan ma’lumotni izlab topish va ajratib olish. Jadvallardan, matn bo‘limlaridan yoki butun bir kitoblardan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishning o‘zi alohida qobiliyatdir. Ma’lumotlarni qidirib topish o‘quvchining topshiriq shartlarini tushunganligini va matnning tashkiliy qismlari (masalan, sarlavhalar, paragraflar) va matnning muvofiqligini baholash qobiliyati haqida qandaydir ma’lumotga ega ekanini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarni qidirib topish qobiliyati o‘quvchining kerakli ma’lumotlar haqida qandaydir habardorligiga va matnning keraksiz qismini tezda ajrata olish qobiliyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, odatda o‘quvchilar biror ma’lum ma’lumotni ajratib olish uchun qator paragraflarni tahlil qilishlari (elakdan o‘tkazishlari) kerak bo‘ladi. Bu esa matndagi ma’lumotlarni ajratib olish yoki e’tibor qaratmaslikda insondan o‘qish tezligi boshqarish, chuqur tahlil etish va qobiliyatini talab etadi. PISA 2018 tadqiqotlarida ma’lumotlarni topish va ajrata olish topshiriqlarida o‘quvchilardan bir necha so‘zlar, iboralar yoki raqamli qiymatlardan tashkil topgan asosiy ma’lumotni ajratib olish uchun matnni sinchiklab tahlil etishni talab etadi. Tahlil etilayotgan matnni tushunish uchun uni iboralar darajasida tushunish shart emas. Asosiy ma’lumot matndagi yoki savoldagi so‘ralayotgan so‘z yoki iboraga mazmunan yaqin yoki mos bo‘lgan boshqa so‘z va iborani topsih orqali aniqlanadi, binobarin, ayrim topshiriqlarda so‘z yoki ibora darajasida xulosa chiqarish talab etiladi. Tegishli matnni izlab topish va saralash. Yuqori saviyadagi o‘quvchi bir necha matnlar bilan ishlash jarayonida o‘ziga kerakli ma’lumotni saralay oladi. Elektron matnlar bilan ishlaganda esa, mavjud ma’lumotlar soni odatda o‘quvchi tomonidan tahlil qilinadigan ma’lumotlar sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday ko‘p matnli topshiriqlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar qaysi bir matnlar eng muhim, tegishli, to‘g‘ri yoki muvofiq ekanini haqida qaror qabul qilishlari kerak. Bu qarorlar o‘quvchilarning matnlarning sifatini baholash ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘lib, bu esa veb link ichida berilgan ma’lumot kabi qisman va odatda noaniq ko‘rsatkichlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Shunday qilib, insonning qator matnlar ichidan kerakligini qidirib topib, saralay olish qobiliyati o‘qish savodxonligining ajralmas qismi hisoblanadi. PISA 2018 tadqiqotlarida matnlarni izlab topish va saralash topshiriqlari sarlavhalar, birlamchi ma’lumotlar (masalan, muallif, vosita, sana) va qidirish natijalari kabi yashirin yoki ko‘rinarli linklar kabi matnning tasvirlovchi qo‘shimcha vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Tushunish Bir necha o‘qish faoliyatlari matn orqali berilgan ma’noni tushunish uchun matnning kengaytirilgan qismlarining tahlil qilishni va umumlashtirishni o‘z ichiga oladi. Matnni tushunish (shuningdek, matnni o‘qib-tushunish deb ham nomlanadi) o‘quvchining matnni nima haqida ekanligi haqida aqliy tasavvur qilish yoki Kintschning fikricha, “vaziyat modeli” sifatida qaraladi. Vaziyat modeli ikki asosiy jarayonga asoslanadi. Ular matnning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini xotirada gavdalantirish va tasvirlash va xulosa chiqarish jarayonlari orqali insonning avvalgi bilimlari bilan matn mazmunini umumlashtirishdir. Matnning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini xotirada gavdalantirish o‘quvchidan gaplarni yoki matnning qisqa parchalarini tushunish talab etiladi. So‘zma-so‘z tushunish topshiriqlari matn ichidagi birlamchi ma’no va saov o‘rtasidagi to‘g‘ridanto‘g‘ri yoki ikkilamchi moslashuvni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi ma’lumotlarni qismlarga ajratgan holda tartibga soladi, to‘playdi yoki joylashtiradi. (E’tibor bering, matnning asosiy mazmunini aniqlash, matn parchalarini umumlashtirish yoki matnga mos sarlavha topish kabi butun matn bilan ishlanadigan topshiriqlar umumlashtiruvchi topshiriqlar sifatida qaraladi; quyida berilgan ma’lumotga qarang.) Umumlashgan matnni hosil qilish butun-bir yaxlit matnning alohida gaplari darajasida ishlashni taqozo etadi. O‘quvchi sodda bog‘lovchi xulosalardan (anofora kabi) ancha murakkab bog‘lanishlargacha bo‘lgan (masalan, joy, vaqt, sabab yoki shart bog‘lanishli gaplar) turli xulosalarni hosil qiladi. Xulosalar matnning turli qismlari bir-biriga bog‘lashi mumkin yoki ular matnni savol bilan bog‘laydi. Vanihoyat, ba’zi topshiriqlarda o‘quvchidan xulosa chiqarish ham talab etilib, unda o‘quvchi matn uchun yetakchi sarlavha yoki nom topish uchun berilgan matnning yashirin asosiy g‘oyasini aniqlashi kerak bo‘ladi. Agar o‘quvchilar bir necha matnlar bilan ishlashiga to‘g‘ri kelsa, matnga oid xulosa chiqarish va umumlashtirish matnning turli qismlarida joylashgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi ham mumkin.
Matnning turli qismlari yordamida ma’lumotni umumlashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir o‘ziga xos muammo shundan iboratki, bu qismlar zid ma’noli yoki nomutanosib ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, o‘quvchilar yuzaga kelgan ixtilofni aniqlab, bartaraf etish uchun baholash jarayonini amalga oshirishi kerak. Baholash va mulohaza yuritish Qobiliyatli o‘quvchilar matndan anglashilgan yoki matnning so‘zma-so‘z ma’nosidan boshqa ko‘chma ma’nolarini ham tushunishlari kerak. Ular matnning shakl va mazmuni ustida mulohaza yuritishlari va u yerda berilgan ma’lumotning yaroqliligi va sifatini tanqidiy baholashlari mumkin. Matnning sifati va ishonchliligini baholash. Qobiliyatli o‘quvchilar biror matnda berilgan ma’lumotnining yaroqliligi va sifatini ya’ni unda keltirilgan ma’lumot yaroqli, so‘nggi ma’lumot ekanini, to‘g‘ri va/yoki mavhum emasligini baholashlari mumkin. Mukammal baholash odatda o‘quvchidan ma’lumot manbaasini, yani muallifning iqtidori, yaxshi habardorligi va ijobiy xarakterga egaligini aniqlash va baholashni talab etadi. Matn shakli va mazmuni ustida mulohaza yuritish. Shuningdek, qobiliyatli o‘quvchilar yozuv usuli va sifati ustida ham mulohaza yuritishi kerak. Bu mulohazada yozuvning (yozma ma’lumotning) shaklini baholashni va matnning shakli va mazmuni bir-biriga qanday mos kelishi va muallifning maqsadlari va dunyoqarashini qay darajada ifoda qilishini baholashni o‘z ichiga oladi. Mulohaza yuritish matndan anglashilgan ma’lumot insonning o‘z tajriba va tushunchalariga hamda aql-shuuriga qanchalik mos kelishini tushunishi uchun uning matndan tashqaridagi bilimi, fikr-mulohazalari yoki munosabatlaridan foydalanishni taqozo etadi. Mulohaza yuritishga chorlaydigan mavzular o‘quvchidan turli fikrlar yoki mulohazalarni taqqoslash, zidlash yoki tushuntirishi uchun kerakli tajriba yoki bilimlariga tayanishni taqozo qiladi. Baholash va mulohaza yuritish doim o‘qish savodxonligining ajralmas qismi bo‘lib kelgan, ammo o‘quvchi bugun o‘zi duch kelyotgan turli ma’lumotlar sonini ko‘payib borishi bilan ularning ahamiyati ham oshib bormoqda. Kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish. O‘quvchi mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan bir necha matnlar bilan ishlaganda, ular orasidagi ixtilofni ham inobatga olib, uni bartaraf etish yo‘llarini topishi kerak.
Ziddiyatni odatiy hal etish o‘quvchidan tegishli manbaalarga nisbatan o‘ziga xos yondashuvni qo‘llashni va manbaalarning 33 yaroqliligi va/yoki da’volarning to‘g‘riligini baholashni talab etadi. Bu ko‘nikmalar o‘quvchilarning zamonaviy o‘qish tarzi bilan bog‘liq bo‘lgani bois, 15 yoshli o‘quvchilarning matnlarni tushunish, qiyoslash va talqin etish bilan yuzaga keladigan murakkabliklarni aniqlash uchun muhim vositadir. Topshiriq bilan ishlash jarayonlari Biror topshiriq bilan bog‘liq vaziyatda, shuningdek, ko‘pgina kundalik o‘qish bilan bog‘liq holatlarda o‘quvchilar matnlar bilan ishlaydi chunki matnlar bilan ishlash ular uchun berilgan topshiriq yoki tashqi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. O‘qish savodxonligi insonning ma’lum vaziyatda o‘qishdan maqsad-muddaosini aniqlaydi, o‘z oldiga topshiriqni bajarish bilan bog‘liq biror maqsad qo‘yishni, maqsadlarga nisbatan erishgan muvaffaqiyatini nazorat qilib borishni, o‘z maqsadlarini o‘zlari belgilashlarini va buning uchun qanday strategiyadan foydalanishini aniq ko‘rsatib beradi. Topshiriqqa yo‘naltirilgan maqsad deganda o‘quvchilarni matndan topshiriqqa tegishli bo‘lgan so‘z va/yoki kerakli kalit so‘zlarni qidirishiga aytiladi. Va nihoyat, nazorat qilib borish bilan birga o‘qish mobaynida o‘quvchi o‘z oldiga yangidan-yangi maqsadlarni belgilab boraveradi. Topshiriq matn bilan ishlash orqali bajariladi. Bu esa ma’lumotlarni turli yo‘sinda ichki aqliy imkoniyatlar yordamida qayta ishlashni taqozo etadi. O‘quvchining topshiriq shartlarini mustaqil tarzda talqin qila olishi topshiriqni bajarilish jarayoni uchun muhim bo‘lgani bois, o‘quvchining o‘qishdan oldiga qo‘ygan maqsadi topshiriqni bajarish uchun berilgan yaqqol ko‘rsatmasidan boshqacha bo‘lishi mumkin chunki maqsadlar insonning o‘z qiziqishlari va tashabbuslari asosida o‘z-o‘zidan belgilanib boraveradi. Shunday bo‘lsa-da, PISA o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholovchi xalqaro dastur o‘quvchilar berilgan topshiriqni bajarishlari uchun tashqi ko‘rsatmalar asosida shakllanadigan maqsadlarga e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, joriy etishda mavjud cheklovlar tufayli, topshiriqni bajarish jarayonlari ifoda qilinadi, ammo PISA 2018 tadqiqotlarining bir qismi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mustaqil ravishda baholanmaydi. Shunga qaramasdan, asosiy so‘rovnoma o‘quvchining o‘qish savodxonligi strategiyasidan habardorligini tekshiradi. Kelasida nashr qilinishi mumkin bo‘lgan sikllarda o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini baholash sifatida kompyuterda bajarilgan savollarni tahlil qilish (masalan, topshiriqni bajarish mobaynida o‘quvchi matnning muayyan sahifasini necha marotaba va qancha vaqt oralig‘ida o‘qishi yoki o‘quvchi savolga necha marotaba nazar tashlashi kabi) ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilishi mumkin.
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta‟limini o’rganishdan asosiy maqsad grammatik va kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil, erkin va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va chiroyli so’zlash san‟atidan xabardor bo’lgan, yozma va og’zaki nutq hamda matn yaratish ko’nikmalarini mukammal egallagan, ma‟naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Umumiy o’rta ta‟lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ona tili ta‟limining asosiy maqsadi o’quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo’naltirish, fikr mahsulini to’g’ri, ravon, o’rinli ifodalashga o’rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri – matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o’quv amaliyotiga izchil joriy etish, o’quvchini muammoli o’quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo’naltirish, o’quvchi lug’at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so’zning lug’aviy ma‟nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og’zaki nutq va matn yaratish)da so’zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o’quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir.
Boshlang’ich sinfda matn yaratishning asosiy maqsadi – matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o’rganiladi, o’quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o’z yechimini topadi. Boshlang’ich sinlarda ona tilining yangi – yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o’quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e‟tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til xodisalari (so’z va iboralarni) ma‟nosini to’liq anglash va uni xususiy nutqda qo’llashga intilish – ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o’z fikrini ixcham, aniq va ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. “Ona tili ta‟limi mazmuni” o’quv-metodik qo’llanmasi mualliflari H.Ne‟matov, A.G’ulomovlar o’quvchilarni ijodiy yozma ish – matn ustida ishlashga o’rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar. Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o’zaro zich aloqada bo’lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo’naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma’ degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo’lib, u fikran va sintaktik jihatdan o’zaro bog`liq bo’lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to’liq bo’ladi”. Ta‟limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta‟limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona tili ta‟limi mazmuni, o’quv jarayoni va uning to’g’ri shakllantirilishiga bog’liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo’lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a‟zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg’unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me‟yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat. Tilda har bir unsurning o’z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar o’lgan, so’z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go’zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Matn – nutq ko’rinishi bo’lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo’lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
|
| |