|
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarini badiiy matn ustida ishlashga o’rgatishning asosiy masalalari
|
bet | 8/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 91,09 Kb. | | #251760 |
Bog'liq 1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash2.1 Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarini badiiy matn ustida ishlashga o’rgatishning asosiy masalalari
Mamlakatimizda barcha sohalar miqyosida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlari natijasida jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblanmish ta`lim tizimida ham tub o`zgarishlar ro`y bermoqda, respublikamiz yangilanmoqda. Yoshlarning ta`lim – tarbiyasini takomillashtirish, ularning bilim, ko`nikma, malakalari jahon ta`lim standarti talablariga mos bo`lishi uchun uzluksiz ta`limni ta`minlab beradigan yangi pedagogik hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, metodik kitoblar, zamonaviy darsliklar, o`quv – uslubiy qo`llanmalar bilan boyib bormoqda. Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyevning 2020- yil 6-noyabrdagi 6108- sonli “O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim – tarbiya va ilm - fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida” gi farmonida “Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g`oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo`lgan, intellektual va ma`naviy salohiyati yuksak yangi avlodlarni tayyorlash, dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta`lim tizimini yo`lga qo`yish, darslik va o`quv qo`llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o`quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish,…” hozirgi taraqqiyot davrining asosiy yo`nalishlaridan biri etib belgilangan. Bugungi kunda “Yangi O`zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi, - deb bejizga aytilmayapdi. Negaki, yurtning kelajagi bo`lmish yangi avlod ilk savodini boshlang`ich ta`lim ( I – IV sinflar ) da chiqaradi. Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarga bir nechta fan predmetlari o`rgatiladi. Bu davrda o`quvchi o`zini o`rab turgan olamni yanada aniqroq o`rganadi, dunyoqarashi shakllana boshlaydi. O`quvchilar dunyoqarashining shakllanishi va rivojlanishida esa ularga o`tiladigan o`qish darslari katta yordam beradi. Chunki, umumiy o`rta ta`limning boshlang`ich sinflarida o`qish fani o`quvchilarni ongli, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish bilan birga ularni kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. O`qish savodxonligi darslarida bolalar deyarli badiiy matn bilan shug`ullanadi. Sababi, badiiy matn ustida ishlash o`quvchilarning tasavvurini boyitadi, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatga muhabbat, milliy qadriyatlarga, urf – odatlarga, tarixiy meroslarga hurmat singari tuyg`ularini shakllantiradi, og`zaki va yozma nutqini, lug`at boyligini oshiradi, tanqidiy fikrlashini yuzaga chiqaradi hamda kelajakka bo`lgan ishonchini yuksaltiradi. Biroq ayrim o`quvchilar badiiy matn bilan ishlashga qiynaladi, ya`ni to`g`ri, ravon o`qiyolmaslik, matnni tahlil qilolmaslik, matnga nisbatan o`z fikrini bildirolmaslik yoki qayta so`zlab berolmaslik kabi qiyinchiliklarga duch kelishadi va haligacha bu kabi nuqsonli o`quvchilarni uchratamiz. Bunday bolalarning mazkur kamchiligi ta`lim jarayonining asosi bo`lmish boshlang`ich ta`lim (I – IV sinflar) da tuzatilmasa keyingi tayanch o`rta ta`lim (V – IX sinflar) hamda o`rta ta`lim (X – XI sinflar) da ham o`zgarishsiz qolish ehtimoli mavjud. Shuning uchun ham, bugungi kunda o`quvchilardagi bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun o`qish darslaridagi badiiy matn bilan ishlash jarayonida o`quvchilar bilan qanday shug`ullanish kerak, qaysi usullardan foydalanilsa samarali bo`ladi, mashg`ulot turlarining qay biri ko`zlagan natijani beradi singari savollarni inobatga olgan holda zamonaviy, innovatsion, shu bilan birga ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyatga ega usullarni ishlab chiqish, mavjud ma`lumot manbalarini takomillashtirish va boyitishga dolzarb masala sifatida qaralmoqda.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga o`tiladigan o`qish fani umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassasalarida (barcha ta`lim olish tillari bo`yicha) o`tiladigan adabiyot fanini o`rganish bosqichlarining eng quyi pog`onasida turadi, ya`ni asosiy poydevor hisoblanadi. Shu o`rinda quyidagicha savol paydo bo`ladi: Badiiy matn nima ? “Badiiy matn – nasriy, she’riy, dramatik va publisistik asarlar matni. U boshqa matnlardan tasviriyligi va ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Badiiy matn – san’at namunasi. Badiiy matnda har bir so`z uzukka qo`yilgan ko`zdek chertib tanlanadi va ko`pincha bir necha ma`no qirralariga ega bo`ladi hamda bir necha badiiy vazifani bajaradi.
Badiiy matnning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1) obrazlilikka asoslangan;
2) badiiy tasvir vositalariga boy bo`ladi;
3) turli uslubda yaratiladi;
4) tilning barcha boyliklaridan keng foydalanadi;
5) ta`sirchanlik kasb etadi
.1 . Boshlang`ich sinf o`qish darslarida badiiy matn ustida ishlash orqali o`quvchilarning ma`naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didi shakllanadi, mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilinadi. Shuningdek, olam va inson tabiati, milliy-umuminsoniy qadriyatlarni o`rganadi hamda kitobxonlik madaniyati shakllanishi jarayonida o`quvchilarning ma`naviyati, dunyoqarashi kengayib mustahkamlanib boradi.. Bunda adabiy-nutqiy (tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o`qish, fikrni yozma bayon qilish) hamda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirib, rivojlamtirish muhim vazifa sanaladi. Ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish orqali o`quvchilarda ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunish, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoya, masal, xalq qo`shiqlari, hikoyalar, she’rlarni o`qib tushunish va mazmunini qayta so`zlab bera olish, yozma va bosma harflarni, ularni ifodalaydigan tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olish, matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o`qiy olish, daqiqasiga 50-55 so`zlarni o`qiy olish, monologik va dialogik nutqda o`z fikrini ifodalay olish, o`rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza olish, maktab kutubxonasidan foydalana bilish, kichik hajmdagi 8-10ta she’rni yoddan aytib bera olish, matndagi so`z va gaplarning ma`nolarini tushuna olish, asar mazmunidan ta`sirlanish, xalq o`zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay olish, o`rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish, asar qahramonlariga munosabat birdira olish, o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish singari malakalari shakllanadi hamda rivojlanadi. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o`rgatishda bolaning matn mazmunini to`liq o`qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, o`zgalar nutqini eshitib tushunib olishi maqsad qilinadi. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o`rgatishning yana bir muhim jihati shundan iboratki, mamlakatimiz o`quvchilarining PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga javob bera olishini hamda unda ishtirok etib o`z bilim salohiyati bilan yurtimiz obro`sini yuksaklarga ko`tarishini ta`minlashdir. PIRLS (PROGRESS IN INTERNATIONAL READING LITERACY STUDY) – bu 4-sinf o`quvchilarining o`qib tushunish ko`nikmasini xalqaro darajada baholash dasturi. Mazkur tadqiqot boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`qib tushunish ko`nikmalarining qay darajada rivojlanganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan , o`qish va o`qitishni yaxshilashda ta`lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo`lgan tahlillarni taqdim etadiga yirik xalqaro baholash dasturi sanaladi. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o`rgatilar ekan birinchi navbatda hozirgi kunda davrning shiddat bilan ilgarilab ketayotganligi, yoshlarning intellektual salohiyati oldingiga nisbatan o`sganligini inobatga olgan holda yuqorida keltirilgan asosiy masalalarni ko`zdan qochirmay faoliyat turini tanlash lozim. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, o`qituvchilar o`quvchilarni hayotga, kelajakka tayyorlaydi. Zero, kelajak avlodlarimizning qo`lida, shunday ekan bugungi kunning yetishib chiqayotgan mutaxasislari kelajagimiz yaratuvchilaridir.
|
| |