-BOB. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlashda pirls topshiriqlaridan foydalanish




Download 91,09 Kb.
bet7/10
Sana24.05.2024
Hajmi91,09 Kb.
#251760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash

2-BOB. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlashda pirls topshiriqlaridan foydalanish
Bolaning tafakkuri, ijodiyligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan ta‟lim tizimida boshlangʻich sinfni tugatayotgan har bir oʻquvchi shaxsiga bir qancha zamonaviy, shu jumladan, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi nuqtayi nazaridan yangi talablarni qoʻyadi. Binobarin, oʻqitishning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, uslublari va usullarini qayta koʻrib chiqqan holda ishlab chiqilgan yangi milliy dasturning qabul qilinishi bu boradagi ishlarning samarasini oshirishda asosiy dasturulamal boʻlib, oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, aqliy va ijodiy salohiyatining yanada yuqori boʻlishida xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi milliy oʻquv dasturga koʻra nashr qilingan ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklarining joriy qilinishi oʻquvchi va oʻqituvchining faolligini oshirishni, oʻz ustida tinimsiz ishlashni, oʻquv topshiriqlarni ijodiy yondashgan holda bajartirish va bajarishni nazarda tutadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad PIRLS xalqaro tadqiqotdan koʻzlangan asosiy maqsadga erishishdir. Davlat rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolagan ‘О’zbekiston Respublikasi xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо’g’risida’gi farmoni da inson kapitalini shakllantirishning asosiy bо’g’ini bо’lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bо’lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yо’llari atroflicha belgilab berildi. О’z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta‟lim sifatini baholash bо’yicha - PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study - boshlang’ich 4-sinf о’quvchilarining matnni о’qish va tushunish darajasini baholash) xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi kо’zda tutildi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma‟lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda ta‟lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili va oʻqish fanlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda yagona fan sifatida oʻqitilishi oʻquvchilarning diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan ma‟lumotlarni topish, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzi mustaqil xulosalar chiqarish, matn elementlarini tanqidiy baholash, gʻoyalar va axborotni talqin qilish va uygʻunlashtirish malakalarini shakllantiradi. Oʻquvchilarga badiiy asarlarni oʻrgatish, ularda nutq malakalarini shakllantirish, nutq o’stirishni nazarda tutadi. Nodavlat umumta‟lim muassasalari, o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarni nashr etish hamda boshqa xalq ta‟limi sohalari faoliyatini tartibga soluvchi normativhuquqiy baza rivojlantiriladi. Bolalarni umumta‟lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish reglamenti tasdiqlanishi lozim. Yangi davlat ta‟lim standartlari va umumiy o’rta ta‟lim o’quv dasturlarini, shu jumladan STEAM usulini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko’zlangan. Xalq ta‟limi muassasalari ilg’or jahon tajribasiga tayanib, ta‟lim sifatini takomillashtiradilar. Respublikaning quyidagilarda ishtirok etishi bunda yordam beradi: PISA o’quvchilarning o’qishdagi yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (15–16 yashar o’quvchilarning matematik savodxonligi, o’qish va tabiatshunoslik sohasidagi savodxonligini baholash); TIMSS maktabdagi matematika va tabiiy fanlar sohasidagi ta‟lim sifatining xalqaro tadqiqotida (4 va 8-sinflar o’quvchilarining matematika va tabiiy fanlar sohasidagi savodxonligini baholash); PIRLS matnni o’qish va tushunish sifatining xalqaro tadqiqotida (boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish hamda tushunish darajasi va sifatini baholash). Bundan tashqari, mamlakatimiz TALIS o’qitish va o’qish tizimining xalqaro tadqiqotida (o’qituvchilarning mehnat sharoiti va maktablardagi ta‟lim muhitini baholash) qatnashadi. Ushbu masalalarni hal etishda umumta‟lim muassasalarida shu jumladan quyidagi usullar orqali chet tillarni o’qitishni kengaytirish loyihasiga tayanadilar:  rus, ingliz, frantsuz, nemis va boshqa tillarga o’rgatadigan maktablar ochish;  malakali mutaxassislarni tayyorlash va xorijdan jalb etish;  zamonaviy talablarga javob beruvchi chet tillardagi darsliklarni nashr etish. Ta‟lim sifatini oshirish uchun uning holati va rivojlanish tendentsiyalarini uzluksiz monitoringini olib borish va o’quvchilarning o’quv yutuqlarini ob‟ektiv va adekvat baholashni amalga oshirish zarur. Bu ayniqsa, o’quvchilarning keyingi shaxsiy va fuqarolik rivojlanishi uchun zamin yaratadigan umumiy o’rta ta‟lim darajasida muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori bilan xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o’rnatish, o’quvchiyoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llabquvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida Ta‟lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlaridan etib:
- umumiy o’rta ta‟lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta‟minlash;  O’zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
- xalqaro baholash dasturlarini ta‟lim jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg’or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta‟lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo’llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- o’qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quvuslubiy tavsiyalar tayyorlash kabilar belgilandi.
Xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda O’zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ‘Yo’l xaritasi’ ishlab chiqildi, unga ko’ra, o’quvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish bo’yicha ilg’or milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish; o’quvchilar mustaqil ta‟lim olishlari uchun elektron shakldagi ta‟limni rivojlantirish, unda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo’yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish; o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun mustaqil ta‟limni joriy etish; xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali o’qituvchitrenerlar bilan hamkorlikda hududlarda o’quvlar tashkil etish kabilar belgilangan. Tadqiqot natijalariga statistik ishlov berish natijasida har bir o’quvchi 1000 balli tizimda quyidagi me‟zonlar bo’yicha baholanadi:
 kundalik turmushda yuzaga keladigan real muammolarni aniqlash va ularni matematikadan foydalanib hal qilish;
 muammolarni matematika tilida ifodalash;
 muammolarni matematik bilimlar va usullarni qo’llash orqali hal qilish;
 ishlatilgan usullarni tahlil qilish;
 muammoning yechimini tushuntirish;
 hal etish natijalarini shakllantirish va qayd etish.
Bolaning tafakkuri, ijodiyligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan ta‟lim tizimida boshlangʻich sinfni tugatayotgan har bir oʻquvchi shaxsiga bir qancha zamonaviy, shu jumladan, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi nuqtayi nazaridan yangi talablarni qoʻyadi. Binobarin, oʻqitishning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, uslublari va usullarini qayta koʻrib chiqqan holda ishlab chiqilgan yangi milliy dasturning qabul qilinishi bu boradagi ishlarning samarasini oshirishda asosiy dasturulamal boʻlib, oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, aqliy va ijodiy salohiyatining yanada yuqori boʻlishida xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi milliy oʻquv dasturga koʻra nashr qilingan ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklarining joriy qilinishi oʻquvchi va oʻqituvchining faolligini oshirishni, oʻz ustida tinimsiz ishlashni, oʻquv topshiriqlarni ijodiy yondashgan holda bajartirish va bajarishni nazarda tutadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad PIRLS xalqaro tadqiqotdan koʻzlangan asosiy maqsadga erishishdir. Davlat rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolagan ‘О’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо’g’risida’gi farmoni da inson kapitalini shakllantirishning asosiy bо’g’ini bо’lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bо’lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yо’llari atroflicha belgilab berildi. О’z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash bо’yicha - PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study - boshlang’ich 4-sinf о’quvchilarining matnni о’qish va tushunish darajasini baholash) xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi kо’zda tutildi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma‟lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda ta‟lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili va oʻqish fanlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda yagona fan sifatida oʻqitilishi oʻquvchilarning diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan ma‟lumotlarni topish, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzi mustaqil xulosalar chiqarish, matn elementlarini tanqidiy baholash, gʻoyalar va axborotni talqin qilish va uygʻunlashtirish malakalarini shakllantiradi. Oʻquvchilarga badiiy asarlarni oʻrgatish, ularda nutq malakalarini shakllantirish, nutq o’stirishni nazarda tutadi.


Download 91,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlashda pirls topshiriqlaridan foydalanish

Download 91,09 Kb.