-Mavzu: Qattiq materiallarni maydalash va saralash




Download 316,65 Kb.
bet3/8
Sana01.02.2024
Hajmi316,65 Kb.
#149949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-4-21 NGI TEXNOLOGIK QURILMALAR VA OPERATORLAR FANIDAN MA\'RUZA MATNI

3-Mavzu:
Qattiq materiallarni maydalash va saralash
REJE:
1. Maydalash tavsifi.

2. Maydalash darajasi.

3. Maydalashning fizik asoslari.

4. Maydalash nazariyasi.

Maydalash - bu kattik moddalarni mexanik usulda parchalanishi (rassheplenie) dir. Maydalash uchun xar xil tipdagi mashinalar ulkan maydalagichlardan,toki 0,1 mkm gacha kattalikda maydalaydigan kolloid tegirmonlar ishlatiladi. Yirik maydalash (droblenie) va tolqonga aylantirish maydalash darajasi bilan belgilanadi;Maydalash xar bir mashinada bitta yoki bir nechta bosqichda olib boriladi. Chunki mashinalar tuzilishiga qarab chegaralangan maydalikni berishi mumkin. o’ta maydalik darajasini ta'minlash uchun, bu jarayon bir nechta bosiqchda olib boriladi. Bunda bir nechta yirik va tolqon beradigan mashinalar ketma-ket joylashtirilgan bo’ladi. Chunki bir martada kerakli madalikka erishib bo’lmaydi. Bo’lakchalarni boshlanqich va oxirgi kattaligiga qarab maydalash quyidagi turlargabo’linadi:
Yirik maydalash (droblenie) db—lOOOmm d0= 250mm Urtacha maydalash (droblenie) db-250 mm do=20 mrn Maydatolqon (droblenie) db=20 rnm do=l,5 mm Uta mayda tolqongacha maydalash (tonkoe, razmol) do-0,10-0,4 mm d0=0,005-0,015mm
Kolloid zarrachalargacha maydalash (kolloidnie) db 0<0,001mm
Odatda mayda va uta mayda (razmol) tolqongacha maydalash quruk va xo'1 (nam) xolda olib boriladi. Xo’l maydalashda chang xosil bo’lishi kamayadi, zarrachalar bir xil kattalikda maydalanadi. Materiallarni fizik-mexanik xossalariga(zarrachalar shakli, tarangligi, namligi va elastikligi-qayishqoqligi) qarab quyidagi maydalash usullari tanlanadi: qattik va mo’rt materiallar uchun - ezish va zarb bilan urish. qattik va qayishqoq materiallar uchun - ezish bilan. Mo’rt va o’rtacha qattiq materiallar uchun - zarb bilan urish, yorib fraskalivanie) maydalash, ishqalab (istiranie) maydalash. qayishqoq va o’rtacha qattiq materiallar uchun - ishqalab va ishqalab zarb bilan urib maydalash. Maydalashda materiallarni namlik darajasini va qumoq (komkovanie) lanib qolish xossalarini xisobga olish kerak. Maydalash ochik va yopiq sikllarda olib boriladLOchiq siklda material maydalagich (drobilka) orqali bir marta o’tkaziladi. Yopiq siklda esa bir necha marta o’tkaziladi. Maydalash xillari:

Mashina turlari: Yirik maydalash


- Shnekli maydalagichlar o’rtacha maydalash
- Konusli maydalagich, valikli (juvalab) maydalagich
Yirik tolqongacha maydalash –
Valikli (juvali) maydalagich, bolqachali maydalagich
Tolqongacha maydalash
-Urib - markazdan qochma tegirmonlarda, barabanli tegirmonlarda, rolik-xalqali tegirmonlarda. o’ta mayda tolqongacha maydalash
- Vibro tegirmonlarda, oqimli-vibro tegirmonlarda, kolloid tegirmonlarda.
Qattiq jismlarda tashqi kuch ta'sirida zarrachalarning deformatsiyasi xisobiga o’ta kichik darz (treshinn) ketishlar xosil bo’ladi. Agar ta'sir qiladigan kuch jismni mustaxkamlik chegarasidan katta bo’lsa, jism parchalanadi. Bunda qayishkoq (uprugaya) deformatsiya mo’rt deformatsiya bilan almashinadi va jism parchalanadi. Maydalanish jarayonida yangi yuzalar xosil bo’lish vaqtida zarrachalarning deformatsiyasidan xosil bo’lgan ichki ishqalanishni bartaraf qilish va material xamda mashina orasida xosil bo’ladigan tashqi ishqalanishni bartaraf qilish uchun anchagina energiya sarflanadi. Maydalashning ikkita nazariyasi bor: xajmiy (ob'emnaya) va yuza (poverxnostnaya) nazariyalari.
Xajmiy nazariya. buni 1874 yilda V.L.Kirpichev taklif qilgan. Bu nazariyaga muvofiq maydalash uchun sarflanadigan energiyajismning xajmigato’qri proportsionaldir. Shunday qilib Kirpichev bo’yicha maydalash uchun sarflangan kuch (R) jismni to’qri chiziqli o’lchovining kvadratiga yoki jismning yuzasiga proportsionaldir, sarflangan ish esa shu jismning xajmiga yoki oqirligiga proportsionaldir.
Yuza nazariyasi. Buni 1867 yilda Rittinger taklif qilgan. Maydalash uchun sarflanadigan energiya, xosil bo’lgan bo’lakchalar (zarrachalar) yuzasiga proportsionaldir. Bu nazariya bo’yicha jismni maydalash uchun sarflangan ish uning maydalik darajasiga proportsionaldir.
Bu ikki nazariya mustaqil ravishda masalani tub moxiyatini ochib berolmaydi. Ular bir-birini to’ldiradi, oydinlashtiradi. Rebinder P.A. bu ikki nazariyadan bir butun maydalash nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga binoan jismni maydalash uchun sarflanadigan ish, ya'ni yuza xosil bo’lishi uchun sarflangan energiya (a* q) va maydalanadigan materialnikg xajmlarini yiqindisiga tengdir: A=G2V/2E+KAF,

bu erda:


A - maydalash ishi;

G - taranglikni enguvchi kattalik;

AF - yangidan xosil bo’lgan yuza;

K - proportsionallik koeffitsienti;

V - maydalanadigajism xajmi;

E - maydalanayotgan jismning taranglik ko’rsatkichi.



Dastlabki (predvaritelnoe) maydalash. Dastlabki maydalash asosiy (keyinchalik) maydalashni osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu usul asosan farm korxonalarda o’simlik xom ashyolarini (ildiz, po’stloq, poya va x.k.) maydalashda ishlatiladi.
Bu usulda maydalash quyidagi maydalagichlarda amalga oshiriladi: kesuvchi,
yoruvchi,arralovchi.
Kesuvchi-arralovchi maydalagichlar. Bular asosan o’t yoki ildiz qirquvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalarni asosiy ishchi qismi xar xil tuzilishdagi pichoqlardir. o’t qirquvchi-travorezki - bular diskli va barabanli bo’ladi. Diskli o’t qirquvchilarda egri chiziqli (krivolineynoe) tiqi(pichoqy) maxovikni kechayiga (spitsasiga) mustaxkamlab qo’yilgan bo’ladi. Xsimlik xom ashyosi dasta xolida tarnovcha orqali pichoqqa yuboriladi. Barabanli o’t qirkuvchilarda pichoqi qayrilgan bo’lib, 30 gradus burchak xosil qilib mustaxkamlab qo’yilgan. Ishlab chiqarish unumi soatiga 300 kg xom ashyodir.
Ildiz qirquvchi - kornerezkalarda gilotinali 2 ta pichoqi bor. Yuqoridagi pichoq -ekstsentrikka maxkamlab qo’yilgan bo’lib, yuqoriga va pastga xarakat qiladi. Pastki pichoq xarakatlanmaydi. Pastki pichoq yuqoriga va pastka tushishi bilan ildizni maydaligi boshqariladi (rasm). Maxsus mashinalarda xom ashe kvadrat yoki kub shaklida kesiladi. Agar xom ashyo o’ta quruq bo’lsa, ularni namlab bir-ikki kunga xo’Hangan qalin matoga o’rab koldiriladi. Xom ashyoni oxirigacha maydalashda xar-xil tuzilishdagi tegirmonlardan foydalaniladi.
Ezib (razdavlivayutsego) maydalshga asoslangan maydalagichlar. Juvali tegirmonlar - ular silliq juvali va tishli bo’ladi. Juvalarni to’qri va unumli ishlashi xom ashyoni uzluksiz va bir me'yorda berib turishga boqliqdir. Bunda tegirmonning juvalari silliq bo’lsa, uning diametri maydalanadigan materialning diametridan 20 marta katta bo’lishi kerak. Tishli juvalar ancha katta bo’laklarni xam qamrab olib maydalay oladi, shuning uchun uning diametri 5-10 marta katta bo’lsa etarlidir. Ularni ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 1000 kg ni tashkil qiladi. Juvali tegirmonlar oziq-ovqat, ximiya sanoatida va texnikada keng qo’llaniladi.Ezib-ishqalab maydalaydigan maydalagichlar. Ishlash ' printsipi ezib-ishqalashga asoslangan maydalagichlarga toshli tegirmon, (jernovka), begunlar va diskli tegirmonlar kiradi. Diskli tegirmonlar. Asosiy ishchi qismi ikkita vertikal o’rnatilgan disk bo’lib, ulardan bittasi xarakat qiladi, ikkinchisi xarakatsiz. Disklarning yuzasida kesuvchi yoki zarb bilan urib maydalovchi xar xil konstruktsiyadagi moslamalar - tishlar bo’ladi. Tashqi disk yopilganda tishlar bir birini orasiga kiradi. Material disklar orasiga tushib maydalanadi.
Disklar minutiga 200-300 marta tezlikda xarakat qiladi. Diskdagi tishlar doira bo’ylab shunday joylashganki, xarakatdagi diskning tishlari xarakatsiz diskning tishlari orasiga tushishi kerak. Tegirmon ishlaganda o’tkir tishlar xisobiga materialni kesish, ishqalash va ezish yuz beradi. Diskni diametri Vq400 mm bo’lganda ishlab chikarish unumdorligi 50 kg/soat bo’ladi.


Download 316,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 316,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Qattiq materiallarni maydalash va saralash

Download 316,65 Kb.