Kirish reja: Texnologiyalar haqida tushuncha. Texnologik jarayonlarning turlari




Download 316,65 Kb.
bet8/8
Sana01.02.2024
Hajmi316,65 Kb.
#149949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-4-21 NGI TEXNOLOGIK QURILMALAR VA OPERATORLAR FANIDAN MA\'RUZA MATNI

Filtrlash (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. F. maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani F.da suyuklikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi toʻsiqda koʻpincha nam choʻkma hosil qiladi. Bu choʻkm

a suv va boshqa suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi. Juda qovushqoq va konsentratsiyasi kichik nozik dispers suspenziyalarning kattik zarralari filtrlovchi toʻsiqning teshikchalariga singib, choʻkma hosil qilishi yoki qilmasligi mumkin. Teshikchalarni kamaytirish yoki kichraytirish maqsadida yordamchi moddalar (diatomit, perlit, asbest, sellyuloza va boshqalar) koʻllanadi. Bunday moddalar filtrlovchi toʻsiqqa beriladi yoki suspenziyaga qoʻshiladi. Filtrlovchi toʻsiq orqali oʻtgan suyuklik filtrat deb ataladi.


F.ning kuyidagi turlari bor: a) suspenziyaning oʻzinigina ajralishi, yaʼni suspenziya tarkibidagi filtrlovchi toʻsikda tutib qolingan qattik jiyemni ajratish; b) suspenziyani quyultirish — filtrlovchi toʻsiq orKali sutoq fazaning bir qismini oʻtkazib yuborib, suspenziyaning konsentratsiyasini oshirish; v) suyuqlikni tiniqlashtirish — uni oz miqdordagi muallaq moddalardan tozalash.
F. bir jinsli boʻlmagan suyuk sistemalarni ajratish, gazlarni tozalashning samarali usulidir, u lab. va sanoatda (kimyo, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, konchilik va boshqa sohalarda) keng qoʻllanadi.

Tindirgich (suv xoʻjaligida) — oqim tezligi pasayganda suyuklikdagi muallaq aralashmalar choʻkadigan rezervuar, hovuz, kameralar. Gidrotexnika va sugʻorish sistemalarida T. kanallardagi loyqa, nasos va turbina parraklarini shikastlaydigan oqiziqlarni choʻktirishga moʻljallangan. Odatda, T. suv olgich (chiqargich) inshootlari tarkibiga kiradi yoki alohida qilib quriladi. Konstruksiyasi boʻyicha T. bir yoki koʻp kamerali; unga choʻkkan oqiziqlarni chiqarib tashlash usuli boʻyicha esa uzluksiz yoki vaqtvaqti bilan yuvib turiladigan, mexanik usulda tozalanadigan (zemlesos snaryadi, kanalkazgich, gidromonitorlar yordamida) va aralash usulda ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy yuvib turiladigan koʻp kamerali T. keng tarqalgan (kameralarni isteʼmolchiga suv berishni toʻxtatmagan holda tozalash mumkin). T.da suvning oqim tezligi 0,2—0,4 m/s. T.dan suv tozalash styalarida oqindi suvlarni tozalashda ham foydalaniladi.


Download 316,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 316,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish reja: Texnologiyalar haqida tushuncha. Texnologik jarayonlarning turlari

Download 316,65 Kb.