|
Kirish reja: Texnologiyalar haqida tushuncha. Texnologik jarayonlarning turlari
|
bet | 1/8 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 316,65 Kb. | | #149949 |
Bog'liq 3-4-21 NGI TEXNOLOGIK QURILMALAR VA OPERATORLAR FANIDAN MA\'RUZA MATNI
1-Mavzu:
Kirish
REJA:
1.Texnologiyalar haqida tushuncha.
2.Texnologik jarayonlarning turlari.
Jarayon va qurilmalar fanining rivojlanishi texnologik jarayonlarning ilmiy asoslangan klassifikatsiyasi va tushunchalar sistemasini yaratish imkonini berdi. Shuning uchun sanoat jarayoni, texnologiya va texnologik qurilma, mashina kabi asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. Sanoat jarayoning - ma’lum natijaga erishish uchun amalga oshiriladi gan ketma-ket harakatlarning majmuasi va yig‘indisi.
Texnologiya — bu xom-ashyodan avvaldan belgilangan xossalarga ega mahsulot olish maqsadida o‘tkaziladigan bir qator usullardir. Texnolo giyaning fan sifatidagi maqsadi eng samarador va tejamkor texnologik jarayonlarni aniqlash va amaliyotda qo‘llash uchun fizik, kimyoviy, mexanik va boshqa qonuniyatlarini o‘rganishdir.
Texnologik qurilma texnologik jarayonlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan qurilma", uskuna yoki moslama yoki jihoz. Mashina — energiya yoki materialni o‘zgartirish uchun mexanik harakat qiladigan uskuna yoki moslama. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa texnologiyalarni ko‘p qirrali, turli asosiy jarayonlarning o‘tish qonuniyatlariga qarab asosan 6 guruhga ajratsa bo‘ladi:
1) gidromexanik jarayonlar; 2) issiqlik almashinish jarayonlar; 3)
massa almashinish jarayonlar; 4) mexanik jarayonlar; 5) kimyoviy va biokimyo viy jarayonlar; 6) sovitish jarayonlar.
Gidromexanik jarayonlar - bu shunday jarayonlarki, ular ning tezligi mexanika va gidrodinamika qonunlari bilan belgilanadi. Ularga truba va qurilmalarda gaz va suyuqliklarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, emulsiya va suspenziyalarni cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash kabi usullarida ajratish, teskari osmos va ultra-filtrlash, donador, sochiluvchan materiallarni mavhum qaynashi kabi jarayonlar kiradi. Har bir sanoatda qaysi jarayon bo‘lishidan qat’iy nazar, uning tez ligini oshirishga harakat qilinadi, chunki jarayon tezligini ko‘payishi kurilmaning ish unumdorligini o‘sishiga olib keladi. Gidromexanik, issiqlik va massa almashish, hamda kimyoviy jarayonlarning kinetik qonuniyatlari kuyidagi umumiy qonun ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: jarayonning tezligi harakatlantiruvchi kuchga to‘g‘ri va qarshilikka teskari proporsionach. Agar, qarshilikka teskari kattalikni tezlik koeffitsienti deb belgilasak, gidromexanik jarayonlar uchun kinetik tenglama ushbu ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu yerda V oqib o‘tadigan suyuqlik mikdori; G‘- ko‘ndalang kesim yuzasi; t - vaqt; K ] jarayonning tezlik koeffitsienti; AR harakatga keltiruvchi kuch (bosimlar farqi); Rj - gidravlik qarshilik.
Issiqlik almashhinish jarayonlari bu shunday jarayon
larki, ularda, temperaturasi yuqori jism (yoki muhit) dan temperaturasi
past jismga (yoki muhitga) issiqlik o‘tadi. Ularga isitish, pasterizatsiya,
sterilizatsiya, sovitish, bug‘latish, kondensatsiyalash va boshqalar kiradi.
Issiqlik almashinish jarayonlarining tezligi issiushk o‘tkazish qonunlari bilan aniqlanadi va kuyidagi kinetik tenglama orqali ifodalanadi:
bu yerda Q - utkazilgan issiqlik mikdori; G‘ - issiqlik almashinish yuzasi; K 2 -issiqlik o‘tkazish koeffitsienti; - termik qarshilik; At - o‘rtacha temperaturalar farqi.
Massa almashinish yoki diffuzion jarayonlar bu
shunday jarayonlarki, bunda konsentratsiyasi yuqori fazadan onsentratsiyasi past fazaga turli agregat holatlarda massa o‘tadi. Bu jarayonlarga absorbsiya va desorbsiya, haydash va rektifikatsiya, adsorbsiya, ekstraksiyalash, erish, kristallanish, namlash, kuritish, ion almashinish va boshqalar kiradi. Massa almashinish jarayonlarning tezligi massa o‘tkazish qonunlari bilan aniqlanadi va quyidagi kinetik tenglama orqali topiladi:
bu yerda M — utkazilgan massa miqdori; L S jarayonni harakatga keltiruvchi kuch,o‘rtacha konsentratsiyalar farqi; Kj - massa utkazish koeffitsienti; Rj — diffuzion qarshilik.
Mexanik jarayonlar - bu shunday jarayonlarki, ularda jism-
larning faqat mexanik o‘zaro ta’sirida o‘tadi. Ularga qattiq, sochiluvchan
materiallarni maydalash, klassifikatsiyalash (sinflash), presslash, gra
nullash va boshqalar kiradi.
Kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar bu shunday jara
yonlarki, ularda moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika
qonunlari bilan apiqlanadi va quyidagi tenglama yordamida ifodalanadi:
bu yerda M kimyoviy jarayon paytida utgan massa mikdori; V - reaktor (qurilma)hajmi; K 4 kimyoviy jarayon tezligi koeffitsienti; f(c) - jarayonni harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib, reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar konsentratsiyalarining funksiyasidir. Shunday qilib, yuqorida ko‘rib chiqilgan hamma kinetik tenglamalar quyidagi umumiy ko‘rinishga keltirilishi mumkin:
bu yerda I jarayonni utish tezligi; x - jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turli katgaliklar farqi (bosim, temperatura, konsentratsiya); 1 utkazuvchanlik koeffitsienti, biror jarayon uchun skalyar katgalik bulib, qarshilikka teskari kattalik. Turli jarayonlarning tezlik koeffitsientlari asosan material oqimlarining harakat tezligiga bog‘liq. Shuning uchun, hamma kinetik qonuniyatlar material oqimlarining harakat qonunlariga asoslanadi. Kinetik tenglamalar dalili jarayonni intensivlashning umumiy prinsiplarini aniqpash imkonini beradi. Jarayon tezligini oshirish uchun harakatga keltiruvchi kuchni oshirish va qarshilikni kamaytirish kerak. Istalgan jarayon tahlil qilinganda «harakatga keltiruvchi kuch» asosiy omildir. Jarayonlarning kinetik qonuniyatlarini bilish va to‘g‘ri aniqlash turli xildagi kurilmalarning asosiy o‘lchamlarini topishda asos bo‘ladi.
|
| |