|
-mavzu
Mexanik jarayonlar to‘g‘risida tushuncha.Material va energetik balans. Qattiq
|
bet | 2/8 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 316,65 Kb. | | #149949 |
Bog'liq 3-4-21 NGI TEXNOLOGIK QURILMALAR VA OPERATORLAR FANIDAN MA\'RUZA MATNI2-mavzu
Mexanik jarayonlar to‘g‘risida tushuncha.Material va energetik balans. Qattiq
Materiallarni uzatish.Transporterlar.
REJA:
Mexanik jarayonlar to‘g‘risida tushuncha.
Material va energetik balans.
Qattiq materiallarni uzatish.Transporterlar.
Mexanik jarayonlarga materiallarni maydalash, uzatish, aralashtirish,
presslash granullash va klassifikatsiyalashlar kiradi. Bu jarayonda materialning fizik kimyoviy xarakteristikalari o‘zgarmaydi, ammo ularning shakli o‘zgaradi. Bu jarayonlarning tezligi qatgiq jismlarning mexanika qonuniyatlari bilan ifodalanadi va ularning harakatga keltiruvchi kuchi mexanik kuchlar ta’siridir. Maydalash bu qatgiq jism bo‘laklarini kerakli o‘lchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini oshirishdir. Maydalash jarayoni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) o‘zaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta’sirida o‘tadi. Maydalash natijasida ishlov berilayotgan jism yuzasi sezilarli darajada ko‘payadi, ko‘p jarayonlar, shu jumladan eritish, kuvdirish kabi katga yuza talab qiladigan jarayonlar tezligi ortadi.
Maydalash kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, kurilish va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Hozirgi paytda qatgiq jismlarni maydalash uchun har xil turdagi mashinalar qo‘llaniladi. Katga hajmli (<2 m3) palaxsalarni maydalaydigan jag‘li maydalagichlardan boshlab, to zarracha o‘lchamini 0,1 mkm gacha maydalaydigan kolloid tegirmonlar texnologik jarayonlarda ishlatiladi. Maydalash jarayoni qatgiq jismning boshlang‘ich va oxirgi o‘lchamiga qarab yanchish va tortishga bo‘linadi. Yanchish va tortish jarayonlari maydalash darajasi bilan xarakterlanadi.
Maydalash darajasi jismning boshlang‘ich o‘rtacha diametri D ning maydalangan zarrachalar o‘rtacha diametri d ga nisbati bilan ifodalanadi. Hajmiy maydalash darajasi esa, ularning hajmlari nisbati bilan aniqlanadi:
Berilgan modda bo‘laklari va yanchilgan zarrachalar to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun, amalda ularning o‘lchamlari elakli tahlil orqali aniqlanadi, ya’ni zarracha o‘lchami u o‘tgan elak teshiklari o‘lchamiga teng deb
olinadi. Maydalash jarayoni bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir
maydalagich, uning ishchi organi shakliga ko‘ra, cheklangan maydalash darajasi
ni ta’minlaydi. Maydalash darajasi 1-3...5 dan (jag‘li maydalagichda) 1 > 100 - tegirmonlarda o‘zgarishi mumkin. Noto‘g‘ri geometrik shaklli jismning chiziqli o‘lchami o‘rtacha geometrik qiymat sifatida hisoblanishi mumkin:
bu yerda I, b, A - jismning uch perpendikulyar yunalishi buyicha maksimal o’lchamlari. Material bo‘laklarining o‘rgacha o‘lchamlarini hisoblash uchun elaklar yordamida bir necha fraksiyaga ajratiladi. Har bir fraksiyada bo‘laklar maksimal dmax va minimal dmj„ o‘lchamlar yarim yig‘indisining o‘rtacha miqdori topiladi:
Maksimal bo‘laklar o‘lchami, ular o‘tgan teshik diametriga, minimal bo‘laklarni esa elak ushlab qolgan teshiklarining diametriga teng deb hisoblanadi. Sochiluvchan material aralashmasining o‘rtacha o‘lchami ushbu tenglama yordamida aniqlanadi:
bu yerda a/, a2, a ... a„ - har bir fraksiya mikdori,%; dypl, d№2, ...,dypa - bir frak
siya bo‘lakchalarining o‘rtacha o‘lchami.
Odatda sanoatda yuqori maydalash darajasi talab etiladi. Ko‘pincha qayta ishlanadigan xom-ashyo bo‘laklarining o‘lchamlari 1,5...2,0 m gacha bo‘ladi, ammo texnologik jarayonlarda kullanipadigan material zarrachalari mikrometrning bir necha ulushini tashkil etadi. Bunday o‘ta mayin maydalash bir necha bosqichda erishiladi, chunki bitta maydalagichda yuqorida aytilgan natijaga erishib o‘lmaydi. Xom-ashyoning eng yirik bo‘laklari va maydalangan zarracha o‘lchamlariga qarab maydalash quyidagi turlarga bo‘linadi (7-1 jadval):
Qatgiq jismlarni maydalash usullari
Turli sanoat korxonagtarida qo‘planiladigan maydalash usullari 7 1-rasmda keltirilgan. Odatda, qattiq jism-larni maydalash uchun ko‘pincha ezish, yorish, siqiq va erkin zarba berish usullaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Lekin, sof holda hech qaysi usul sanoatda uchramaydi. Masalan, ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida ko‘pincha chang hosil bo‘ladi va materialning o‘ta maydalanish kabi zararli hollar ham uchraydi.
7.1-rasm. Maydalash usullari.
a - ezish; b - yorish; v - sindirish; g - qirqish; d - arra-
lash; ye - yeyilish; j - siqiq zarba; z - erkin zarba.
2>
|
| |