|
-MAVZU:
SUYUQLIKLAR BOSIMI, GIDROSTATIK, ABSOLYUT BOSIM, VAKUUM TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
|
bet | 6/8 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 316,65 Kb. | | #149949 |
Bog'liq 3-4-21 NGI TEXNOLOGIK QURILMALAR VA OPERATORLAR FANIDAN MA\'RUZA MATNI6-MAVZU:
SUYUQLIKLAR BOSIMI, GIDROSTATIK, ABSOLYUT BOSIM, VAKUUM TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA.
REJA:
1.Bosim haqida tushuncha
2. Suyuqliklarda bosim.
3.Bosimlarning turlari.
Bosim - bu tabiat va inson hayotida alohida o'rin tutadigan jismoniy miqdor hisoblanadi.
Bosim — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa(paskal) yoki N/sm2 da oʻlchanadi. Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda bosim :
P=F/S
bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S — jism yuzasi.
Bosimning bir necha turi mavjud: •Gidromexanik bosim— suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik bosimning atmosfera bosimidan katta bosim - ortiqcha bosim, atmosfera bosimidan kichik bosim - vakuummetrik bosim deb ataladi. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va boshqa xil bosimlar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit bosimlari birgalikda mutloq bosim deyiladi. Meteorologiyada bosim birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida (qarang Birliklar tizimi) bosim birligi sifatida N/m2 (nyuton kvadrat metr), SGS tizimida — dina/sm2 (dina kvadrat santimetr), MKGSS tizimida — kgk/m2 (kilogramm kuch kvadrat metr) qabul qilingan. Bosim barometr, datchik va manometr bilan oʻlchanadi. Katta qiymatlardagi bosimni ifodalash uchun SI sistemasiga tegishli boʻlmagan Bar birligi ham keng ishlatiladi.
1 bar = 105 Pa = 1.02 kgk/sm2=10200 mm H2O ust.
Texnikada eng keng tarqalgan bosim oʻlchov birligi bu meʼyoriy atmosfera bosimi xisoblanadi. U erkin tushish tezligi 9,806 m/s va simob zichligi 13.595 boʻlganda, balandligi 760 mm boʻlgan simob ustunini muvozanatlagan xavo bosimi, yaʼni meʼyoriy atmosfera bosimi orqali ifodalanadi. Bunday simob ustuni xar bir kvadrat santimetrga oʻz ogʻirligiga teng boʻlgan bosim bilan taʼsir koʻrsatadi.
1Ratm = 760 mm Hg ust. = 1,033 kgk/sm2 = 101325 Pa = 1.01 bar.
Agar bosimni toʻgʻridan toʻgʻri milimetr simob ustuni tarzida ifodalasak,
1 mm Hg ust = 133,3 Pa = 13.59 mm H2O ust.
Bosim simob ustuni balandligi birligida ifodalansa, Atmosfera bosimini simob ustuni yordamida oʻlchashni kashf etgan olim Evangelista Torricelli sharafiga birligini Torr deb yuritiladi.
Suyuqliklar o‘zlarining fizik hossalariga ko‘ra, ko‘ndalang va cho‘ziluvchan kuchlanishlarni qabul qilmaydi. Shu sababli suyuqliklar faqat normal yo‘nalgan siqiluvchan kuchlanishlar «», ya’ni gidrostatik bosim r ta’sirida bo‘ladi.
. a) barqaror suyuqlik hajmi; b) r gidrostatik bosim (M nuqtaga q.) MN" - ichki normal
Suyuqlik ichida biror hajmni ajratib olamiz va uning muvozanat holatini kuzatamiz. ( a-rasm). Ushbu hajmdagi suyuqlikni hayolan AV kesma orqali ikki qismga ajratamiz. II qism ustiga muvozanatni saqlab turish uchun tashqi kuch R ni qo‘yamiz. Bu kuch o‘zi ta’sir etayotgan yuzaga ta’sir etadi va o‘rtacha gidrostatik bosimni hosil qiladi, ya’ni
Yuza nolga intilganda o‘rtacha gidrostatik bosim – nuqtadagi gidrostatik bosim deb ataladi.
Vakuum (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. V. tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. V. bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning V.dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami bilan gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning siyraklashganlik darajasiga qarab oʻta yuqori, yuqori, oʻrta (forvakuum) va past V.ga boʻlinadi. Oʻta yuqori V.ga 10 mk Pa dan past, yuqori V.ga 0,1 dan 10 mk Pa gacha, oʻrta V.ga 100 dan 0,1 Pa gacha, past V.ga 100 Pa dan yuqori bosim sohasi toʻgʻri keladi. Yuqori V.dagi atmosfera bosimidagi gazlarga nisbatan butunlay boshqa xossalarga ega boʻladi. Yuqori V.da gaz molekulalari idishning issiq va sovuq devorlari bilan toʻqnashishi natijasida issiklik oʻtkazish jarayoni roʻy beradi. Issiqlik oʻtkazish tezligi gaz bosimiga, temperaturalar farqiga va devorlar orasidagi masofaga bogʻliq emas. V.li idishlarning teshiklaridan oʻtayotgan gaz miqdori bosim (tashki bosim bilan idish ichidagi bosim) farqiga bogʻliq, oʻrtacha bosimga bogʻliq emas. Yuqori V.da molekulalar toʻqnashmaydi, shu sababli, yuqori V.li idishda molekulalar dastasini hosil qilish mumkin. Yuqori V.li idishga zaryadli zarralar kiritilganda idish orqali elektr toki oʻtadi. Mas., tok oʻtishga qattiq jismlardagi termoelektron emissiya, avtoelektron emissiya, fotoeffekt va boshqa hodisalar tufayli zaryadli zarralar chiqishi sabab boʻladi. Past, oʻrta va yuqori V. hosil qilish uchun forvakuum mexanik nasoslar, yuqori V. nasoslari va oʻta yuqori V. nasoslari ish-latiladi. Oʻta yuqori V. (magnitli) elektr zaryad nasoslar, gitterion nasoslar, adsorbsion nasoslar yordamida olinadi. V. manometr va vakuummetrlar bilan oʻlchanadi. Elektr vakuum asboblar (mas. radiolampalar, elektron-nur trubkalari, rentgen trubkalari, fotoelementlar va h.q.) ishlab chikarishda V.ning muhim ahamiyati bor. V. kimyo sanoati, metallurgiya, kvars shisha i.ch., oziq-ovqat hamda toʻqimachilik sanoati va boshqa sohalarda keng tatbiq qilinadi (qarang Vakuum texnikasi).
|
| |