Kirish. Yengil sanoat sohasida innovatsiyalar va tendensiyalar bichish jarayonidagi innovatsiyalar




Download 1.25 Mb.
bet2/3
Sana25.08.2023
Hajmi1.25 Mb.
#79537
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу
Документ Microsoft Word (2), 19. Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi, 1667628630 (1), KA mustaqil ish, 2-yigilish ANIQ VA TABIIY FANLAR , 3-yigilishTABIIY FAN , husan iqtisot, Usmonov tayyor, Шахсий варақа 01.02.2019, qvonch 1, Mavzu Man tarmog\'ida qo\'llaniladigan asosiy qurilmalar Reja, Korxonaning asosiy fondlari va ularning tarkibi., GLOBAL KORUPSIYA IJTIMOIY , Biologiya o‘qitishda muammoli texnologiyadan foydalanish reja, Ermatov Javohir
BICHISH USULLARI

Gazlamani bichishda me­xanikaviy, tok manbai, kimyoviy va issiqlik energiyalaridan foy­dalaniladi. Hozirgi vaqtda poyabzal korxonalarida gazlamalarni bichishning turli usullari qo‘llaniladi. Kesish mexanizmi mexanikaviy, termik va termomexanik xarak­terga ega bo‘lishi uchun materialga ta’sir ko‘rsatish jarayoniga qarab bichish usullarini 3 ta asosiy turga ajratish mumkin: mexanikaviy, termofizikaviy va termomexanikaviy. Gazlamalarni mexanikaviy bichish usulida material maxsus ishchi asboblar (katoklar, valiklar, keskichlar va qo‘zg‘aluvchan pichoqlar) yordamida ketma-ket deformatsi­yalanib qirqiladi.



1–sxema. Bichish usullari.
Termofizikaviy usulda bir xil ko‘rinishdagi energiya yordamida ta’sir ko‘rsatilib material qirqiladi. Termome­xanik usulda bir nechta energiyalar qo‘llanilib, materialga ta’sir ko‘rsatiladi. Gazlamalarning bichish usullarining asosiy xususiyat­lari to‘g‘risida to‘xtalamiz.

2–rasm Gazlamalarni bichish usullari
Gazlamani bichishning katokli usulida ishchi asbob sifa­tida keskichlar qo‘llaniladi (2-rasm,a).Bu usulda plita 4 usti­ga joylashtirilgan material 3 ning yuqorigi qismidagi keskichlar 1 ning ustki yuzasi bo‘ylab katok 3 lar bosim ostida harakatlantiri­ladi. Demak, bichish paralel ketma-ket usulda amalga oshiriladi. Bu usulning asosiy kamchiligi shundan iboratki, katoklarning hara­kati paytida keskichlar materialga nisbatan siljishi natijasida qirqish aniqligi pasayadi. Qirqish sifatini quyidagi usul qo‘llanil­ganda ancha oshirish mumkin, ya’ni katok 3 plita 4 ga (2-rasm,b) o‘rnatilgan keskich 1 larning ustiga joylashtirilgan gazlama 3 bo‘ylab harakatlantirilganda keskichning gazlamaga nisbatan siljishi ancha kamayadi.
Valikli usulida gazlamalarni qirqish kesish 2 va qisuvchi 3 vallari yordamida amalga oshiriladi (2-rasm, v). Gazlamalarni va­liklarda bichish usuli sirpantirib bichish usuliga bir qadar o‘xshay­di. Bunda bichiladigan gazlama aylanib turadigan ikkita valik orasidan o‘tkaziladi. Valiklardan biri qirqadigan, ikkinchisi esa gazlamani bosib turadigan bo‘ladi. Qirqadigan valikka bichiladigan detallarga mos shaklda pichoqlar teriladi. Valiklarda bichish usuli­ning afzalliklari nihoyatda ko‘p. Bunda texnologik jarayonlarni uz­luksiz qilish, bichishni avtomatlashtirish, bichilgan detallarni va chiqindilarni chiqarib olishni avtomatlashtirish, materiallar uzatish­ni mexanizatsiyalashtirish osonlashtiriladi.
Vallarining kesuvchi yuzalarini tayyorlash va qayta tiklash mu­rakkab bo‘lganligi uchun, bu usul ishlab chiqarishda keng tarqalma­gan.
SHtampovka usulida poyabzal detallari puanson 2 va matritsa 1 ko‘rinishidagi asboblar yordamida qirqiladi (2-rasm, g). Gazlama 3 matritsa va puanson orasida joylashtirilib, puanson 2 ga ta’sir ko‘rsatiladi. Bu usulda ham qirqish aniqligi pastligi va gazlama­ning deformatsiyalanishi, ishchi asbobni tayyorlash murakkabligi tufay­li engil sanoatda kam qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda gazlamalarni nihoyatda katta bosim kuchi bi­lan otilib chiqayotgan ingichka suv oqimida qirqish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Suv zarrachalari (suv bilan polimer aralashmasi) 0,075 - 0,3 mm diametrli soplodan 350 m/s tezlikda 70 - 350 MPa bosim ostida uzatiladi. Kesish tezligi 0,4 m/s. Bu usulda qirqish sifati oshirilgan bo‘lib, bichish jarayonini avtomatlashtirish mumkin.
Gazlamalarni kontaktsiz usulda ham qirqish mumkin. Ularning bir-biridan farqi shundaki, mexanik usulda qirqish asboblariga gazlama bevosita te­gib turishi shart bo‘lsa, mexanik bo‘lmagan usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi. SHuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi.



Download 1.25 Mb.
1   2   3




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Yengil sanoat sohasida innovatsiyalar va tendensiyalar bichish jarayonidagi innovatsiyalar

Download 1.25 Mb.