• Metodologiya termini
  • Hozirgi zamon fanlarida ilmiy bilishning quyidagi metodlari mavjud
  • Metod (yunoncha: «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, bilishning yo‘li degani) — ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usulidir




    Download 41.16 Kb.
    bet9/14
    Sana25.05.2023
    Hajmi41.16 Kb.
    #64367
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    3-mustaqil ish suniy
    1. Balansning tuzilishi va uning moddalari-fayllar.org, 19-mavzu Moliyaviy hisobotlar tuzish Moliyaviy hisobot to’g’ris, 11-mavzu. Moliyaviy hisobot mazmuni, funksiyalari va turlari Re, 6-Amaliy ish Mavzu Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganis
    Metod (yunoncha: «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, bilishning yo‘li degani) — ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usulidir.
    Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiyta’limot sifatida o‘zida kishilar dunyoqarashi prin siplarini, ularning bir butun amaliy va nazariyfaoliyatlariga tadbiq etishni o‘rganadi. Metodologiya termini falsafada ko‘p ma’nolidir. U bir o‘rinda borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning metodlari haqidagi nazariyani ifodalasa, ikkinchi o‘rinda u butun ilmiy bilish metodlarining yig‘indisi ma’nosini ifodalaydi. Uchinchi bir o‘rinda esa, metodologiya termini insonning borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishining eng umumiy metodi ma’nosida qo‘llanadi.
    Metodologiya (yunoncha: «metodos» va «logos» so‘zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, metod va ta’limot, degan ma’nolarni ifodalaydi) — metodlar haqidagi ta’limotdir.
    Hozirgi zamon fanlarida ilmiy bilishning quyidagi metodlari mavjud: kuzatish va eksperiment, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish va shu kabilar. Ilmiy bilishning bu metodlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bilishning qaysi bosqichi va qaysi darajasida qo‘llanishi, o‘zlarining tabiati va xarakterlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Biz bu metodlarning har biri bilan alohida alohida tanishib chiqamiz.

    a) Kuzatish va eksperiment metodlari.


    Kuzatish harakat, o‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu holicha diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko‘zdan kechirib borishdir.
    Eksperiment esa sun’iy yaratilgan sharoitda olib boriladigan kuzatishdir. Eksperimentda o‘rganilayotgan predmet yoki hodisa o‘z holida, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda ko‘zdan kechirib boriladi. Eksperi mentda tadqiqotchi o‘z o‘rganish obyektiga aktiv ta’sir qilishi, kuzatishning borishida, kuzatilayotgan jarayonni o‘zi xohlagan yo‘nalishga qarab o‘zgartirishi mumkin.
    Eksperiment kuzatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u kuzatishsiz mavjud bo‘lmaydi, ular bir-birlarini to‘ldiradi. Kuzatish va eksperiment metodlariasosida to‘plangan faktlar, ma’lumotlar ilmiy bi lishning empirik darajasini hosil qiladi.
    Kuzatish va eksperiment asosida hosil qilingan fakt va ma’lumotlar esa o‘z nabatida tadqiqotchidan ularni analiz va sintez qilishini taqozo qiladi.

    Download 41.16 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 41.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metod (yunoncha: «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, bilishning yo‘li degani) — ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usulidir

    Download 41.16 Kb.