• Xususiy ilmiy metodlar
  • Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi.
  • Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi
  • Eng umumiy ilmiy bilish metodlari




    Download 41.16 Kb.
    bet8/14
    Sana25.05.2023
    Hajmi41.16 Kb.
    #64367
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    3-mustaqil ish suniy
    1. Balansning tuzilishi va uning moddalari-fayllar.org, 19-mavzu Moliyaviy hisobotlar tuzish Moliyaviy hisobot to’g’ris, 11-mavzu. Moliyaviy hisobot mazmuni, funksiyalari va turlari Re, 6-Amaliy ish Mavzu Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganis
    Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo‘lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo‘lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
    Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bo‘lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to‘g‘ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o‘rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o‘rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.
    Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ilg‘or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo‘lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o‘sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o‘zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.
    Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi.
    Ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi uchun qo‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini,ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
    Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin.

    Download 41.16 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 41.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eng umumiy ilmiy bilish metodlari

    Download 41.16 Kb.