|
Komada tashxis qo‘yish va davolash tartib-qoidalari likvor tekshiruvi
|
bet | 2/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 27,9 Kb. | | #228589 |
Bog'liq KomalarDiabetik koma
Ketoasidoz og'ir dekompensasiyasida suv yo'qotish tana vazning 10 - 12
%ni tashkil etadi. To'qima turgorligi past, ko'z olmalari yumshoq, teri, shilliq
pardalar quruq, mushak tonusi past, pay reflekslari sust, tana harorati, arterial
bosim tushgan bo'ladi, jigar o'ng qovurg'a yoyidan pastroqda paypaslanadiadi.
Qorachiqning yorug'likka reaksiyasining buzilishi bosh miya stvolida strukturaviy
o'zgarishlar rivojlanganligini ko'rsatadi. Komatoz holat noaniq genezli bo'lsa,
glikemiya aniqlanishi zarur. Bemorda qandli diabet borligi aniq bo'lsa, davolash
muassasidan uzoqda laborator tekshiruvlaPH amalga oshirishning iloji
bo'lmaganda giperglikemik va gipoglikemik komalarningdifferensiyasi maqsadida
glyukoza 40% - eritmasini 40 ml miqdorda venaga yuborish orqali davo sinamasi
o'tkazish tavsiya etiladi. Gipoglikemiya holatida ahvol ijobiy tomonga
o'zgarishga olib keladi. Qandli diabet holati bo'lsa bu miqdordagi glyukoza
giperglikemik holatga deyarli zararli ta'sir etmaydi.
Davolash.
Ketoasidotik komadan chiqarishning asosiy prinsiplari:
• insulinoterapiya;
• regidratasion terapiya;
• asidozga qarshi ко'rash;
• dezintoksikasion terapiya;
• simptomatik davo (yurak - qon tomir, buyrak, jigar va boshqa
yetishmovchiliklar rivojlanganda);
Ketoasidotik komada insulinoterapiya uchun quyidagi qoidalar mavjud:
• insulin asosan venaga: bolyus dozada keyin perfuzor ravishda,
insulin perfuzori bo'lmaganda, qorin to'g'ri mushagiga chuqur qilib yuboriladi;
• Faqatgina qisqa muddat ta'sir qiluvchi insulin preparatlardan
foydalanish kerak (tana haroratigacha isitilgan bo'lishi zarur);
• Insulinning ilk bolyus dozasi davolashning birinchi soatida
venaga oqim bilan 10 halqaro birlikda yoki mushak orasiga chuqur qilib 16
halqaro birlikda qilinadi keyinchalik mazkur qoida bo'yicha har soatda 6 halqaro
birlikdan;
Ketoasidotik komada birinchi 24 soatda insulinoterapiyadan ko'zlangan maqsadlar:
1. har soatda glikemiyaning 2,8 mmol\l dan ortiqcha bo'lmagan
miqdorda pasayishi, miya shishining oldini olish maqsadida davolashning birinchi
soati davomida 14 mmolM va undan pastroq konsentrasiyagacha kamayishiga yo'l
qo'ymaslik;
2. glikemiya 14mmol\l dan pasaysa 10% li glyukoza eritmasi infuziyasi
boshlash;
Glikemiyaning keskin pasaytirilishidan ma'no yo'q deb hisoblanadi.
Lipoliz va glyukoneogenezni susaytirish uchun zarur bo'lgan nisbatan kichik
72
dozalar qo'llaniladi. Insulinoterapiyaning dastlabki soatlarida erta glyukoza
yuborish plazma osmolyarligining keskin pasayib ketishining oldini oladi.
Insulinning kichik dozalar rejimi ketoasidotik komada quyidagi afzalliklarga ega:
1. miya shishining rivojlanish havfi kamayishi;
2. qonda glyukoza miqdori oson boshqarilishi;
3. kechki gipoglikemiya rivojlanishi havfi kamaishi;
4.kaliy miqdorining oson boshqarilishi (yurak qorinchalari fibrillyasiyasi
va ichak tutilishi rivojlanishining oldi olinishi);
Regidratasion terapiya eng muhim tadbirlardan biridir . Birinchi soat
mobaynida Nacl 0,9% li eritmasi bir litr miqdorda quyiladi. Ikkinchi soatdan
boshlab soatiga 500 ml Nacl 0,9% li eritmasi, keyin qo'yish tezligi 300ml/soat
gacha kamaytiriladi. Glikemiya 14,4 mmol/ldan pasaysa, 10 % li glyukoza
eritmasini tomchilab qo'yishga o'tiladi.
Elektrolit buzilishlarini korreksiya qilish. Regidratasion terapiya va
gemodinamik ko'rsatkichlar stabilizasiyasi fonida plazmada kaliy miqdorining
quyidagicha o'zgarish dinamikasi kuzatiladi:
Regidratasion terapiya boshlanishi bilan qon suyuqlashib, kaliy
konsentrasiyasi kamayadi;
Buyraklarningqon bilan ta'minlanishi tiklanib kaliy ionlari chiqishi
kuchayadi;
Organlar va buyrak perfuziyasi yaxshilanib kislotalik kamayadi, PH
oshadi, ortiqcha protonlar xujayrani tark etadi, o'PHga kaliy ionlari kiradi;
Faqatgina natriy xlorid izotonik eritmasini qo'yish plazmada kaliy
miqdorining kamayishiga olib keladi. Insulinoterapiyani boshlash bu holatni
chuqurlashtiradi. Bunda glyukoza transporti prosessi uchun kaliy ionlari bo'lishi
talab qilinadi. Insulinoterapiyaning kaliy miqdori keskin tushib borishiga ta'sir
etishi, yurak aritmiyasini rivojlantiradi. Kaliy saqlovchi eritmalar qo'yish tezligi
plazmada kaliy miqdoriga ko'ra korreksiyalanadi, kaliy har soatda tekshiriladi.
EKG - monitoring ham giperkaliyemiya (T tishcha amplitudasi
kattalashib boradi), ham gipokalemiya (ST segmenti depressiyasi, U tishcha paydo
bo'lishi) belgilarini aniqlashtrishga yordam beradi.
|
| |