• 2-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Kombinatsion HAM, YOKI mantiqiy elementlarini o‘rganish va loyihalashtirish Ishdan maqsad
  • Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/16
    Sana12.12.2023
    Hajmi1,76 Mb.
    #116459
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    raqamli metodik ozbekshe (2)

    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    1.Birinchi va ikkinchi manba uzilgandagi holat tekshirilsin. 
    3.Ikkinchi manba uzilgandagi holatlarni tekshiring. 
    4.Birinchi manba uzilgandagi holatlarni tekshiring.. 
    5.Birinchi va ikkinchi manba ulangandagi holatlarni tekshiring. 
    2-LABORATORIYA ISHI 
    Mavzu:
    Kombinatsion HAM, YOKI mantiqiy elementlarini o‘rganish va 
    loyihalashtirish 
    Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarda HAM, YOKI mantiqiy 
    elementlari yordamida loyihalashtirishni o’rganish. 
    Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va 
    “yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta 
    ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi
    ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun
    maxsus matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi 
    yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni Irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.
    Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х
    1
    , х
    2
    , х
    3
    ,
    … х
    n
    mantiqiy o’zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar 
    mantiqiy o’zgaruvchilar soni n bo’lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2
    n
    ta


    12 
    kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo’lsa: x=0 va x=1; n=2 bo’lsa: х 1 , 
    х 2 =00,01,10,11 bo’ladi.
    Har bir o’zgaruvchilar majmui uchun u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin. 
    Shuning uchun n ta o’zgaruvchini turli mantiqiy funksiyalarga o’zgartirish mumkin,
    masalan, n=2 bo’lsa 16, n=3 bo’lsa 256, n=4 bo’lsa 65536 funktsiya.
    n o’zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy 
    amal yordamida hosil qilish mumkin:
    - mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o’zgaruvchi ustiga “–” belgi 
    qo’yish bilan amalga oshiriladi;
    - mantiqiy qo’shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo’yish bilan amalga 
    oshiriladi;
    - mantiqiy ko’paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo’yish bilan 
    amalga oshiriladi.
    Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo’yiladi.
    Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo’lishlari
    mumkin: algebraik, jadval, so’z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy
    funksiyalarni berish uchun mumkin bo’lgan argumentlar majmuidan talab 
    qilinayotgan mantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini
    ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi.
    Zamonaviy elektron hisoblash mashinalari va diskret avtomatika qurilmalarida 
    axborotlarni qayta ishlash uchun ikkilik sanoq tizimsi ishlatiladi. Ikkilik sanoq tizimsi 
    bo‘lmish “1” va “0” larni elektr zanjirlarda kuchlanishning potensiali bor yoki yo‘q 
    orqali ifodalanadi. Odatda “1” yuqori qiymatdagi potensialga mos kelishi, “0” esa 
    uning yo‘qligini (sxema kirishi yoki chiqishidagi kichik potensialni hisobga olmaslik 
    mumkin). Axborot signallarini bunday ifodalanishini raqamli deb ham ataydilar. 
    Raqamli texnika sxemasini qurishda XIX asr o‘rtalarida ingliz matematigi Dj. Bul 
    ishlab chiqqan, shu sababli bu usulni Bul algebrasi deb yuritiladi.
    Bul algebrasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Bul algebrasida faqatgina 
    ikkita tasdiqlangan fikrdan foydalaniladi: haqiqiy va xato. Haqiqiy fikrni tasdiqlashga 
    mantiqiy 1, xatoga esa mantiqiy 0 raqami beriladi. Bunday holatda mantiqiy algebra 
    qonunlari har qanday murakkablikdagi mantiqiy sxemani analizi va sintez talablariga 
    to‘la javob beradi. 
    Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza bu –narsa 
    va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir. 
    Mulohazalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Odatda murakkab 
    mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YOKI”, kabi bog’lovchilar, “EMAS” 
    shaklidagi ko’makchilar yordamida tuziladi.


    13 
    Mulohazalarni lotin alifbosi bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza 
    faqat ikkita: “rost” yoki “yolg’on” mantiqiy qiymatga ega bo’lishi mumkin. Qulaylik 
    uchun “rost” ni 1 raqami bilan, “yolg’on” ni esa, 0 raqami bilan belgilaymiz. 
    Biror shart yoki usul bilan bog’lanmagan hamda, faqat bir holatni ifodalovchi 
    mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, 
    murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.
    Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan ba’zi amallar 
    bilan tanishamiz. 
    Mantiqiy ko’paytirish amali 
    A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo’lgandagi rost o’ladigan 
    yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko’paytirish 
    amali deb ataladi.
    Mantiqiy ko’paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “VA” 
    bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A va B”, “A^B”, kabi ko’rinishlarda yoziladi.
    Mantiqiy funksiyani yoki mantiqiy funksiyalar majmuasini amalga oshiruvchi 
    mantiqiy elementlardan tashkil topgan sxema kombinatsion sxema (KS) deb ataladi.
    Kombinatsion sxemaning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
    - faqat mantiqiy elementlardan tashkil topadi;
    - xotirlash qobiliyatiga ega emas;
    - teskari bog‘lanish zanjirining bo‘lmasligi;- chiqish yo‘lining bitta va undan
    ortiq bo‘lishligi.
    Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishda mantiqiy elementlarning o‘rni juda 
    muhim. Ular boshqaruv tizimini ma’lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy 
    amallar(operatsiyalar) ko‘rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish 
    uchun mo‘ljallangan elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi. 
    Mantiqiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi elektr 
    sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar, kontaktsiz 
    elementlar, pnevmatik, gidravlik asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi. 
    Mantiqiy elementlar boshqaruv ob’ektining holatini unga kelaetgan signallar 
    ko‘rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (sakrab) o‘zgartira 
    oladigan moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab beradigan bunday 
    shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy elementlardan foydalanilgan 
    har qanday holatda ob’ektning holati uning ijrochi organlarini ulash eki o‘chirish yo‘li 
    bilan diskret o‘zgaradi. Ya’ni har qanday mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni 
    bajarish barobarida faqatgina ikkita holatda bo‘lishi mumkin: “nol” - agarda ob’ekt 
    tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa (signal yo‘q), “bir”- agar o’ekt tarmoqqa ulangan bo‘lsa 
    (signal bor). 


    14 
    Demak raqamli qurilmalarda boshqaruv ob’ekti, uning elementlari va signallar 
    diskret, ya’ni aniq bir holatda bo‘ladi. Masalan, lampochka L yoniq yoki o‘chgan, 
    knopka K bosiq eki bosilmagan, rele R ulangan eki ulanmagan va h.k. 
    Yuqorida ko‘rsatiganidek, har qanday ob’ekt yoki signalni mantiqiy 
    o‘zgaruvchilar ifodasida yozish mumkin. Ob’ekt holatiga ko‘ra ular ikkita, ya’ni 0 va
    1 qiymatda bo‘ladi. Agar, X mantiqiy o‘zgaruvchi biror bir R relening holatini ifoda 
    etsa, unda 
    1, rele ulangan , 
    X = { 
    0, rele ulanmagan. 
    Raqamli qurilmalarda mantiqiy element(signal)larining holati o‘rtasida ma’lum 
    mantiqiy bog‘liqliklar mavjud. Bu bog‘liqliklarni ifoda etish uchun maxsus simvollar
    - mantiqiy amal (operatsiya) lardan foydalaniladi. 
    Matematik jihatdan isbotlanganidek , har qanday, hatto eng murakkab mantiqiy 
    holatlarni ifoda etish uchun to‘rt xil amaldan foydalanish kifoya qiladi. Xuddi 
    shuningdek, mantiqiy amallarni bajara oladigan elementlar yordamida ham inson 
    ishtirokisiz, belgilangan algoritm asosida butun jaraenni boshqaradigan avtomatik 
    moslamalar yaratish mumkin. 

    Download 1,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1,76 Mb.
    Pdf ko'rish