|
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 3/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 56,27 Kb. | | #145905 |
Bog'liq 1 Rahmatova MohinabonuMoslashuvchanlik – obyektda sodir bo‘ladigan holatlarga oson moslashishi mumkin;
Kompaktlilik – har qanday boshqariluvchi obyektga oson o‘rnatilishi mumkin;
Yuqori samaradorlilik – bir vaqtda bir necha boshqaruv funksiyalarini yuqori tezlikda samarali bajarishi mumkin;
Dasturiy boshqaruvchanlik – MP tizimlari dasturiy boshqariluvchan va qayta dasturlanuvchanlikni taʼminlaydi;
Boshqaruv axborotlarining himoyalanganligi.
Zamonaviy boshqaruv tizimlarini loyihalashtirishda bugungi kunda turli datchiklar va sensor qurilmalar keng qo‘llanila boshlandi. Ushbu qurilmalar atrof-muhitni to‘liq nazoratga olish imkoniyatini, obyektlarni ajratish va identifikatsiyalash imkoniyatlarini taʼminlamoqda. Shunday ekan, boshqaruv tizimlarida qo‘llanilayotgan sensor qurilmalariga ham qisqacha to‘htalib o‘tamiz.
Sensor qurilmalari asosida tashkillashtirilgan boshqaruv tizimlari sensorli boshqaruv tizimlari deb nomlanmoqda.
Sensorli boshqaruv tizimlari boshqa boshqaruv tizimlariga o‘xshab MP, MK va dasturlanuvchi apparat vositalari yordamida loyihalashtiriladi. Lekin, obyektlar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish uchun turli sensorlar va holat datchiklaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda sensor qurilmalari asosan ikki guruhga bo‘linadi:
Asosan analog sensorlar sanoatda ko‘p tarqalgan chunki, tabiatda ko‘plab obyektlar o‘zidan uzluksiz signal chiqaradi. Lekin ularni qayta ishlash bugungi kunda raqamli ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Sensorlar bugungi kunda telefonlar, kompyuterlarda, tibbiyot vositalarida, maishiy texnikalarda va metrologiya tizimlarida keng qo‘llaniladi.
Sensor qurilmalar obyektlar bilan ikki xil holatda ishlaydi:
Obyektlardan chiqayotgan turli nurlanishlarni qabul qilib, ularga asosan xulosa chiqaradi;
Obyektlarga signal yuborib, ulardan qaytgan signalni qayta ishlash orqali xulosa chiqaradi.
Sensor qurilmalari quyidagi xususiyatlarga ega:
Keng ko‘lamli kirishlik – bunda obyektlarga taʼsir yetish darajasi tushuniladi;
Aniqlilik – obyektdan qabul qilingan signalning aniqlilik darajasini belgilaydi;
Sezuvchanlik – sensor qurilmasining asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. U sensor qurilmasning ishlash samaradorligini ko‘rsatadi;
Ruxsat berish;
Takrorlanishlik va boshqalar.
Eng ko‘p tarqalgan analog sensorlar yorug‘lik sensorlari hisoblanadi. Yorug‘lik sensorlari eng ko‘p tarqalgan sensor qurilmalar hisoblanib, quyidagi joylarda foydalaniladi:
Avtomatlashgan yo‘l harakatini boshqarish tizimlari;
Nazorat va xavfsizlik kameralarida obyektlarni nazorat qilish va boshqarish uchun;
Signalizatsiya tizimlari.
Bugungi kunda yorug‘lik sensorlari ko‘chalarni yoritish tizimlarida keng qo‘llanilmoqda.
Keyingi keng tarqalgan sensorlar harakat va sezgi sensorlaridir. Sezgi sensorlari asosan turli obyektlarning xususiyatlarini, harakatlanish qonuniyatlarini o‘rganish uchun ko‘proq foydalaniladi. Maslan, inson organlarini tekshirish va o‘rganish uchun. Ularning ishlash prinsipi fizik qonuniyatlarga asoslangan. Aloqa vositalarida bugungi kunda sensorli qurilmalar keng qo‘llanilmoqda.
Ultratovushli sensorlar – masofaviy sensorlar sensor hisoblanib, bir necha metr masofadan signallarni qabul qilish qobiliyatiga ega. Ultratovushli sensor informatsiyani sezishda avvaliga o‘zidan yuqori chastotali tovush chiqaradi va ushbu tovush aks – sadosini qabul qiladi.
Yaqin masofadan obyektlar bilan sensor qurilmalar o‘rtasida o‘zaro taʼsirini satandartlashtirish uchun 802.15.4 stanadarti IEEE tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Bu standartda 0 dan 6 m gacha bo‘lgan masofada obyektlar bilan elektromagnit signallar orqali aloqa qilish xarakteristikalari tavsiflab berilgan. Ushbu standartda shuningdek, sensorli qurilmalar o‘rtasida WPAN texnologiyasi asosida maʼlumot almashish tamoyillari tavsiflanadi.
Sensorli aloqa qurilmalarining kommunikatsiyasini taʼminlash uchun WSN tarmoqlarini qurish aynan shu standartga asoslangan.
Bugungi kunda narsalar interneti konsepsiyasi asosida sensorli qurilmalar tarmog‘ini rivojlantirish yotadi. Ushbu tarmoqlar o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish tizimiga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|