Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/142
Sana08.04.2023
Hajmi4.35 Mb.
#49795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI OQUV QOLLANMA
Хуқуқий тарғибот, 111, ПФ-6191 23.03.2021, UFC kompaniyasi va uning biznes strategiyasi tahlili
 


15 
Nazorat savollari 
1. 
Axborot xavfsizligining xayotiy timsollari va ularning vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. 
Kiberxavfsizlik tushunchasiga izoh bering? 
3. 
Kiberxavfsizlik fan sifatida qanday tuzilishga ega? 
4. 
Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalarini aytib bering? 
5. 
Axborotni konfidensialligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz? 
6. 
Axborotni yaxlitligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz? 
7. 
Axborot uchun foydalanuvchanlikning muhimligi? 
8. 
Risk nima va uning kiberxavfsizlikdagi o’rni? 
9. 
Hujumchi kabi fikrlash nima uchun zarur? 
10. 
Tizimli fikrlash nima va u nima uchun zarur? 
11. 
Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash tushunchalarini bir-
biridan farqi? 
12. 
Aktiv nima? 
13. 
Tahdid va zaiflik tushunchalariga izoh bering. 
14. 
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalarining bir-biridan 
farqi nimada? 
15. 
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari va ularning asosiy xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
16. 
Kiberxavfsizlikda inson omilini misollar yordamida tushuntiring. 


16 
2 BOB. AXBOROTNING KRIPTOGRAFIK HIMOYASI 
2.1. Kriptografiyaning asosiy tushunchalari 
Kriptografiya – axborotni aslidan o’zgartirilgan holatga akslantirish 
uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug’ullanadi. Dastlabki kriptografik 
uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. 
Axborotni himoyalash masalalari bilan kriptologiya (kryptos - mahfiy, logos
ilm) fani shug’ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o’zaro qarama-qarshi bo’lgan ikki 
yo’nalishga ega [17]: – kriptografiya va kriptoanaliz
“Kripto”ning asosiy tushunchalari quyidagilarni o’z ichiga oladi [13]: 
Kriptologiya  - “maxfiy kodlar”ni yaratish va buzish fani va san’ati; 
Kriptografiya – “maxfiy kodlar”ni yaratish bilan shug’ullanadi. 
Kriptotahlil – “maxfiy kodlar”ni buzish bilan shug’ullanadi; 
Kripto – yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig’iga) sinonim 
bo’lib, kontekst ma’nosiga ko’ra farqlanadi. 
Shifr yoki kriptotizim ma’lumotni shifrlash uchun ishlatiladi. Haqiqiy, 
shifrlanmagan ma’lumot ochiq matn deb, shifrlash natijasi esa shifrmatn deb ataladi.
Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur bo’ladi. 
Kalitdan kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi. 
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko’rinishi 5 – rasmda keltirilgan [13]. 
Shifrmatn
Deshifrlash
Kalit
Kalit
Ochiq matn
Ochiq matn
Shifrmatn
5-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko’rinishi 
Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo’lgan, ma’lum bir alfavitda 
tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotni ifodalash uchun 
foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to’plami. Misollar sifatida:
− o’ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o’zbek tili alfaviti
− o’ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti


17 
− yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti; 
− ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti; 
− binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;
− sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni 
keltirish mumkin. 
Simmetrik shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan 
foydalaniladi. Bundan tashqari ochiq kalitli (assimetrik) kriptotizimlar mavjud 
bo’lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun turli kalitlardan foydalaniladi. Turli 
kalitlardan foydalanilganligi bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni 
uchun ochiq kalitli kriptotizim deb ataladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda shifrlash 
kaliti ochiq kalit deb atalsa, deshifrlash kaliti shaxsiy kalit deb ataladi. Simmetrik 
kalitli kriptotizimlarda esa kalit - simmetrik kalit deb ataladi. 

Download 4.35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish