• 1.1.4. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari
  • KIBERXAVFSIZLIK
  •  Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq




    Download 4.35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/142
    Sana08.04.2023
    Hajmi4.35 Mb.
    #49795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
    Bog'liq
    KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI OQUV QOLLANMA
    Хуқуқий тарғибот, 111, ПФ-6191 23.03.2021, UFC kompaniyasi va uning biznes strategiyasi tahlili
    1.1.3. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq 
    “Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, tez-tez o’rnilari 
    almashingan holatda, foydalaniladi. Ba’zilar kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligi, 
    axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish tushunchalariga 
    sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, xususan, hukumat sohasidagilar 
    kiberxavfsizlikka kompyuter jinoyatchiligi va muhim infratuzilmalar himoyasini o’z 
    ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan texnik tushuncha sifatida 
    qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o’z maqsadlariga moslashtirish holatlari 
    mavjud bo’lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi 
    muhim farqlar mavjud. 
    Axborot xavfsizligi sohasi axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar – qog’oz 
    ko’rinishdagi, elektron va insonlar fikrlashida, og’zaki va vizual aloqada intelektual 
    huquqlarini himoyalash bilan shug’ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi 
    axborotni (barcha holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo’lgan, o’zaro birga 
    ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) 
    himoyalash bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan 
    moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced persistent 
    threats, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda
    kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo’nalishi deb tushunish uni to’g’ri 
    anglashga yordam beradi [15]. 
    1.1.4. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari 
    CSEC2017 JTF manbasiga ko’ra kiberxavfsizlik 8 ta bilim sohasiga bo’lingan 
    bo’lib, o’z o’rnida ularning har biri qismsohalarga bo’linadi (3-rasm) [16]. 


    12 
    KIBERXAVFSIZLIK
    Ma’lumotlar 
    xavfsizligi
    Dasturiy ta’minot 
    xavfsizligi
    Tashkil etuvchilar 
    xavfsizligi
    Ijtimoiy xavfsizlik
    Tashkilot xavfsizligi
    Tizim xavfsizligi
    Aloqa xavfsizligi
    Inson xavfsizligi
    3-rasm. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari 
    Ma’lumotlar xavfsizligi” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlash, ishlash va 
    uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. Mazkur bilim sohasida himoyani 
    to’liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi.
    Dasturiy ta’minot xavfsizligi” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki 
    axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va 
    foydalanish jarayoniga e’tibor qaratadi. 
    Tashkil etuvchilar xavfsizligi” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan 
    tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga, tahlillashga va texnik 
    xizmat ko’rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar 
    xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi ularning qanday 
    loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga, boshqa tarkibiy qismlar 
    bilan bog’langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog’liq 
    bo’ladi. 
    Aloqa xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar o’rtasidagi aloqani 
    himoyalashga etibor qaratib, o’zida fizik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi. 
    Tizim xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy 
    ta’minotdan iborat bo’lgan tizim xavfsizligining jixatlariga e’tibor qaratadi. Tizim 
    xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ularning 
    bog’lanishini tushunish, balki yaxlitlikni hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni 


    13 
    to’liqligicha ko’rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi “Tashkil etuvchilar 
    xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar 
    bog’lanishining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish masalasini hal 
    qiladi. 
    Inson xavfsizligi” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog’liq inson hatti 
    harakatlarini o’rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot 
    sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi. 
    Tashkilot xavfsizligi” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan 
    himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun 
    risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.
    Ijtimoiy xavfsizlik” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir 
    ko’rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik, 
    qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir-biri bilan 
    munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.
    Demak, aytish mumkinki, kiberxavfsizlik sohasi axborot texnologiyalari 
    mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi. 

    Download 4.35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




    Download 4.35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq

    Download 4.35 Mb.
    Pdf ko'rish