• Javoblar: 1.
  • Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti




    Download 101.96 Kb.
    bet2/2
    Sana27.05.2023
    Hajmi101.96 Kb.
    #65578
    1   2
    Bog'liq
    1-topshiriq 011-19 Raxmatjonov A.S
    8ikFTfXe5QiUoLRTVfbRqEe8XLns2PAZAevDphu4, 16 SUNIY, so\'rovnoma, STEREOMETRIYA
    vazifa 3

    Savollarga javob bering.



    1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari

    1. Muloqotning ijtimoiy axamiyati.




    1. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi.





    Javoblar:
    1.
    Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:
    1) Kuzatish usuli;
    2) suhbat usuli;
    3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli;
    4) Test, so’rovnomalar usuli;
    5) Maktab hujjatlarini o’rganish;
    6) Eksperiment, sinov usuli;
    7) Matematik metod;
    8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari;
    Kuzatish - o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma‘lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob‘ektiga oid bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar ta‘siri natijasida pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab bo’ladi. Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi. Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e‘tibor berish kerak: Suhbat uchun oldindan savol tuzish. Vaqti va o’tkazish joyini belgilash. Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish. Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir. Maktab hujjatlarini o’rganish - o’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi. Eksperiment – so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi. Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti. 3) Amaliy tajriba. Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi

    2.
    Muloqotning ijtimoiy axamiyati diganda biz misol tariqasida ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo`lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o`rganadi. Bu masalalarni hal qilishda muloqot psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bo`lishi kerak, bunda ularga muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi. Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his - tuyg`ular, diniy guruhlar psixologiyasini o`rganishda albatta muloqot sirlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog`liq holda rivojlanadi. O`zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy o`zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan so`ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig`ilishdagi mahruzalar o`zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o`zbek tilining mo`saffoligi, aniq va lo`ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o`z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. Shuningdek, o`qitish jarayonida bo`lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o`zaro munosabatlarni muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini tahminlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o`z ifodasini topadi:
    • hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o`zaro ta‟sir va muloqot qonuniyatlarini o`rganish;
    • Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
    • yoshlarda faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini tahkidlab o`tish;
    • yoshlarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;
    • shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;
    • o`zaro ta‟sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
    Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning psixologik vazifalari turlichadir.

    3.
    Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas.. Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy sharoitda uning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish zarur. Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi. O’qituvchi-tarbiyachi yoshlarga bilim berish, ma‘lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta‘sir ko’rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog’langandir. Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonunqoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi. Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda sosiologiya, etika, estetika kabi fanlar katta ahamiyatga egadir. Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog'liqdir. Ularni xal etishda pedagogika ahloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi. Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini o'rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go'zallikni xis qila olish, tushunishga o'rganish vositalari va yo'llari belgilab beradi. Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijtimoiy fanlardagi ma'lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga bo'lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini o'rganadi. Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o'rganadigan boshqa fanlardan farqli o'laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug'ullanadi. Pedagogika psixologiya va fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog'liqdir. Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o'ziga xosligi, birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek sezgi organlarining, tayanch harakat apparatlarining, yurak. kon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga suyanadi. Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
    Download 101.96 Kb.
    1   2




    Download 101.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti

    Download 101.96 Kb.